ЭмваА кафедрасининг


Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизиминингиш режимлари: икки босқичли режим


Download 118 Kb.
bet7/10
Sana25.09.2023
Hajmi118 Kb.
#1687437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TVA-AEJvaET-YaN javoblari-2022-23 bahor

Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизиминингиш режимлари: икки босқичли режим;

Ikki bosqichli rejim (TWO – Stade Maxine) Bu rejimda yonilg‘i kiritish va siqish taktida purkaladi. U past aylanishlar chastotasida maksimal burovchi momentni ta’minlash uchun ishlatiladi. Kiritish taktida purkalgan yonilg‘i silindr ichidagi havoni sovitadi va o‘ta suyultirilgan aralashmani (1:60) hosil qiladi. Siqish taktida purkalgan yonilg‘ining asosiy ulushi esa o‘t oldirish shami atrofidagi aralashmani 1:12 gacha boyitadi vayengil o‘t olib aralashmaning qolgan qismini ham o‘i oldirib yuboradi.

  1. Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизиминингиш режимлари: юклама билан ишлаш режими;

Yuklama bilan ishlash rejimi (Superior Output Mode) Bu rejimda yonilg‘i kiritish taktida purkaladi va havo bilan aralashib, bir nuqtali taqsimlangan purkash tizimidagi singari, bir tarkibli (gomogen) aralashma hosil qiladi. Yonilg‘i havo – aralashmasi stexiometrik tarkibga yaqin bo‘ladi. GDI motorlari quyidagi afzalliklarga ega:  Quvvat va burovchi moment 10% ga yuqori;  Yonilg‘i sarfi 20% ga kam;  Zararli uglerod oksidi CO ni atrof muhitga chiqishi 20% ga kam.

  1. Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизиминингиш режимлари: ўта суюлтирилган аралашмада ишлаш режими;

O‘ta suyultirilgan aralashmani yondirish rejimi (Ultra–Lean Combustion Mode) Xorijiy adabiyotlarda bu rejim “qatlamli aralashma hosil qilish va yondirish” deb ataladi. Qatlamli aralashma hosil qilish va yondirish rejimida yonilg‘i siqish taktini oxirida porshen yo‘nalishida purkaladi. Yonilg‘i porshendagi o‘yimtaga o‘rilib o‘t oldirish shami tomonga qaytadi, katta tezlik bilan maydalanadi va porlaydi (6.19-rasm). Yonish kamerasining asosiy qismida aralashma o‘ta suyultiril-gan (1:30…40) bo‘lsada, o‘t oldirish shami atrofidayetarli darajada boyitilgan bo‘lib, elektr uchqunidan ishochli o‘t oladi.

  1. Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизимида босимни ташқарида ғосил қилиш услуби;

Bu usulning yonilg‘i uzatish tizimi past va yuqori bosim konturlariga bo‘lingan (6.20-rasm) . Past bosim konturi yonilg‘i uzatish tizimining benzin baki 1 da joylashtirilgan nasos 2 dan tortib, yuqori bosim nasosi 6 gacha bo‘lgan tarmoqni o‘z ichiga oladi. Bu konturdagi bosim odatda tahminan 3 bar ga teng bo‘ladi. Yuqori bosim konturi yuqori bosim nasosi 6 dan boshlanadi. U yonilg‘ini bosim ostida taqsimlash quviri 8 ga uzatadi. Taqsimlash quviriga bosim datchigi 9 o‘rnatilgan bo‘lib, u yonilg‘i bosimni rostlash klapani 10 yordamida 50...100 bar chegarasida ushlab turadi. Yonilg‘i silindrlarga yuqori bosim forsunkalari 11 orqali purkaladiYuqori bosim nasosi taqsimlash vali yuritmasining korpusiga o‘rnatilgan. Uchta radial plunjerga ega bo‘lgan nasos (6.21, 6.22-rasmlar) harakatni kiritish taqsimlash validan oladi. 1200 burchak ostida joylashgan nasos bo’linmalari taqsimlash quviriga bosimni o‘zgarishini me’yorida bo‘lishini ta’minlaydi. Nasos yonilg‘ini taqsimlash quviriga 100 bar bosim bilan uzatadi. Yuqori bosim nasosi harakatni kiritish taqsimlash validan oladi. Nasos valida ekssentrik bo‘lib, u aylanma harakatni plunjerlarning ilgarilama –qaytma harakatiga aylantirib beradi. Plunjer nasos vali tomon harakatlanganda yonilg‘i past bosim konturidan nasos bo’linmalariga so‘riladi. Va aksincha, plunjer teskari tomonga, ya’ni nasos validan yuqoriga harakatlanganda yonilg‘i siqiladi va yetarli bosim yuzaga kelganda taqsimlash quviriga uzatiladi. Nasos quyidagicha ishlaydi (6.23-rasm). Yonilg‘i yuqori bosim nasosiga past bosim konturidan keladi va plunjerning o‘qidagi kanal orqali kiritish klapaniga oqib o‘tadi. Plunjer nasos vali tomonga harakatlanganda uning ustidagi bo‘shliq xajmi ortadi va u yerda siyraklanish yuzaga keladi. Plunjer o‘qidagi kanal va uning ustidagi bo‘shliqdagi bosimlar farqi ta’sirida kiritish klapani ochiladi vayonilg‘i nasos bo’linmalariga o‘tadi. Plunjerning nasos validan yuqori tomonga harakati boshlanishi bilan nasos bo’linmasidagi bosim orta boshlaydi va kiritish klapani yopiladi. Yonilg‘i bosimi belgilangan qiymatga yetganda bosimni oshiruvchi klapan ochiladi va yonilg‘i taqsimlash quviriga uzatiladi.


  1. Download 118 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling