ЭмваА кафедрасининг


К-Jetronic механик ёнилғи пуркаш тизимининг таркибий схемаси ва ишлаш принципи


Download 118 Kb.
bet4/10
Sana25.09.2023
Hajmi118 Kb.
#1687437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TVA-AEJvaET-YaN javoblari-2022-23 bahor

К-Jetronic механик ёнилғи пуркаш тизимининг таркибий схемаси ва ишлаш принципи

  • КЕ-Jetronic механик ёнилғи пуркаш тизимининг таркибий схемаси ва ишлаш принципи

  • L-Jetronic ёнилғи пуркаш тизимининг таркибий схемаси ва унга кирадиган элементлар.

  • L-Jetronic ёнилғи пуркаш тизимининг ишлаш принципи: моторни қиздириш режимини изоҳланг;

  • L-Jetronic ёнилғи пуркаш тизимининг ишлаш принципи: мотор салт ишлаш режимини изоҳланг;

  • L-Jetronic ёнилғи пуркаш тизимининг ишлаш принципи: мотор ўрта юклама билан ишлаш режимини изоҳланг

  • Mono-Jetronic ёнилғи пуркаш тизимининг ўзига хос томонларини изоҳланг;

  • Mono-Jetronic ёнилғи пуркаш тизимининг таркибий схемаси ва ишлаши;

  • Пуркаш ва ўт олдириш жараёнлари биргаликда бошқариладиган тизимлар

    «Motronic» tizimi. Turli turdagi purkash va o‘t oldirish tizimlari birlashtirish asosida Bossh firmasi tomonidan umumiy “Motronic” nomi bilan bir qator dvigatelni kompleks boshqarish tizimlari ishlab chiqildi: “Mono- Motronic”, “Motronic-1.1-1.3”, “Motronic 1.7”, “Motronic 3.1- 3.2” va boshqalar. 6.18- rasmda «Motronic 3.1» tizimi bilan jihozlangan dvigatelni elektron boshqarish sxemasi keltirilgan. «Motronic 3.1» ning o‘t oldirish tizimida yuqori kuchlanishni qo‘zg‘almas qismlar orqali taqsimlash usuli ishlatilgan, ya’ni bu yerda uzgich-taqsimlagich yo‘q, har bir silindr uchun alohida o‘t oldirish g‘altagi 7 o‘rnatilgan. Bu usul yuqori kuchlanishni “statik” taqsimlash nomini olgan. Bu tizimda yuqori kuchlanish qiymati 32 kV gacha oshirilishi bilan birga zarurat bo‘yicha har bir silindrda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini tezkor o‘zgartirish imkoniyati mavjud. O‘t oldirishni ilgarilatish burchagining o‘zgarish chegarasi tahminan 100 ga oshirilib, 590 ni tashkil qiladi. «Motronic 3.1» dagi purkash tizimi quyidagi yo‘nalishda takomillashtirilgan: - elektron boshqarish blokining tezligi va unumdorligi oshirilgan; - termoanemometrik havo o‘lchagich ishlatilgan; - yonilg‘ini ketma-ket purkash rejimi tatbiq qilingan. Har bir forsunka EBB ning alohida chiqish kaskadi tomonidan boshqariladi. Bu purkalanayotgan yonilg‘ini yuqori aniqlik bilan me’yorlash va dvigatelning yuklamasi o‘zgarishiga tizimning tezkor aks ta’sirini ta’minlaydi. Avtomat uzatma qutisi bo‘lgan avtomobillarda, gidrotransformator ulanganda dvigatelning aylanishlar chastotasini pasayishini qoplash uchun, «Motronic 3.1» tizimining elektron bloki selektorning «I», «II», «III» yoki «D» holatga qo‘yilganligi to‘g‘risida signalni qabul qilib oladi va salt yurish rostlagichi uzatayotgan yonilg‘i ulushini oshiradi. Konditsioneri bor avtomobillarda, konditsionerning ishga tushiril-ganligi to‘g‘risidagi signal EBB ga uzatilgan daqiqasidan boshlab elektron blok motorning salt yurish rejimini nazoratga oladi va zarurat bo‘yicha unga tegishli tuzatish kiritadi. Chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarni ta’sirini kamaytiruvchi moslama o‘rnatilgan avtomobillarda kislorod datchigi (  - zond) signali bo‘yicha «Motronic 3.1» tizimining elektron bloki ishchi aralashmani o‘ta boyitilgan yoki o‘ta suyultirilgan holiga ko‘ra mos ravishda yonilg‘ini purkash davomiyligini va demak aralashma tarkibini o‘zgartiradi. Yonilg‘i bakini adaptiv (moslanuvchan) boshqarish yo‘li bilan shamollatadigan klapani 3 quyidagicha ishlaydi. Yonilg‘i bug‘i, yonilg‘i baki- dan aktivlashtirilgan ko‘mirli idish 1 orqali dvigatelning kiritish kollektoriga uzatiladi. Ko‘mirli idishdan motorning kiritish kollektoriga boradigan quvurga puflash klapani 3 o‘rnatilgan bo‘lib, u dvigatelning ish rejimiga ko‘ra yonilg‘i bug‘larini uzatilishini to‘xtatib turadi yoki to‘xtatmasdan o‘tkazib yuboradi. Klapan dvigatelning aylanishlar chastotasi va yuklamasiga ko‘ra EBB tomonidan boshqariladi.


    1. Download 118 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling