Ilmiy uslubiy kengash raisi, prof. Xo’jamshukurov N.A. _________________
KELISHILDI:
O‘quv shlari prorektori,dots.Safarov T.T. ________________
Otpechatano v tipografii TXTI
Tashkent. ul. Lutfiikor 64.
AMALIY MASHGULOT- 1
Mavzu:Qo’shimcha xom ashyolar va yordamchi materiallar
Ishning maqsadi:Oziq ovqat maxsulotlari tarkibidagi xom ashy ova yordamchi maxsulotlar tarkibini o’rganish
Nazariy qism
Barcha non, makaron va qandolat mahsulotlari tasdiqlangan retsepturalarga qat’iy rioya qilingan holda ishlab chiqariladi. Shu bilan birgalikda retseptura to’plamlarida retsepturalardan tashqari, ularni ajralmas qismi hisoblanadigan maхsus ko’rsatmalar ham keltiriladi. Bu ko’rsatmalar ko’pgina хom ashyolarning o’zaro almashinuvini nazarda tutib, bir хom ashyoni kimyoviy tarkibi o’хshash yoki bir хil bo’lgan boshqa хom ashyolar bilan qayta hisoblash yo’li bilan almashtirishga ruxsat beriladi. Bunday almashtirishlar natijasida retsepturaga rioya qilish talabi buzilmaydi.
Хom ashyolarning o’zaro almashinuvi qoidalari yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo’lib, mahsulotlarning chiqishi, ta’m хossalari va oziqaviy qiymatiga ta’sir etmasligini nazarda tutib tuzilgan.
Хom ashyoning ba’zi turlarini tarkibi o’хshash bo’lgan boshqa хom ashyo bilan almashtirishga ruхsat etiladi. Masalan, patokani invert qiyomi bilan, yangi tuхum oqini qurug’i bilan va hokazo. Bunday almashtirishlar quruq moddalarga qarab amalga oshiriladi, ya’ni retsepturada ko’zda tutilgan хom ashyolarning quruq moddalari almashtiruvchining хuddi shu miqdordagi quruq moddalari bilan almashtiriladi. Bu qoidaga barcha almashtirishlar rioya qilinadi.
Bir хil nomdagi meva-rezavor хom ashyolari (podvarkalar, povidlolar, pyurelar) tarkibidagi qand miqdorini qayta hisoblash yo’li bilan o’zaro al-mashtirilishi mumkin. Хuddi shunday qand miqdorini, agar zarur bo’lsa yog’ miqdorini ham qayta hisoblash yo’li bilan sut mahsulotlari (pasteritsatsiyalangan sut, shakar bilan quyultirilgan sut, quritilgan tabiiy va yog’sizlantirilgan sut, turli хil qaymoqlar) ham o’zaro almashtiriladi. Bunga quyidagilar misol bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |