Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
Download 4.29 Mb.
|
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
Sut mahsulotlari. Ular tarkibidagi qandlar va yog’ning miqdorini hisobga olib, quruq yog’sizlantirilgan sut qoldig’iga (QYOSQ) qarab almashtiriladi.
Non-bulka mahsulotlari retsepturasida yog’ bo’lishi yoki bo’lmasligiga ko’ra quyidagi almashinuvlar qabul qilingan. Tabiiy sut (yog’liligi 3,2%). Retsepturasida yog’ bo’lmagan non-bulka mahsulotlari uchun uning 1 kg miqdori qo’yidagi хom ashyolar bilan almashtirilishi mumkin: -1,07 kg yog’liligi 2,5% bo’lgan sut bilan; -0,87 kg yog’liligi 2,5% bo’lgan seroqsil sut bilan; -0,98 kg yog’liligi 1% bo’lgan seroqsil sut bilan; - 0,12 kg qurutilgan tabiiy sut bilan; -0,12 kg qurutilgan yog’sizlantirilgan sut bilan va hokazo. Yog’sizlantirilgan sut. Retsepturasida yog’ bo’lmagan non-bulka mah-sulotlari uchun uning 1 kg miqdori qo’yidagi хom ashyolar bilan almashtirilishi mumkin: -0,72 kg yog’liligi 3,2% bo’lgan sut bilan; -0,76 kg yog’liligi 2,5% bo’lgan sut bilan; -0,62 kg yog’liligi 2,5% bo’lgan seroqsil sut bilan; - 0,09 kg qurutilgan tabiiy sut bilan; -0,09 kg qurutilgan yog’sizlantirilgan sut bilan va hokazo. Quruq tabiiy sut. Retsepturasida yog’ bo’lgan non-bulka mahsulotlari uchun uning 1 kg miqdori qo’yidagi хom ashyolar bilan almashtirilishi mumkin: -2,33 kg quyultirilgan yog’siz sutga 0,3 kg yog’ qo’shish yo’li bilan; -0,74 kg quruq yog’sizlantirilgan sutga 0,3 kg yog’ qo’shish yo’li bilan va hokazo. Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda sut mahsulotlarini quyidagi o’zaro almashinuvi qabul qilingan. Shakar bilan quyultirilgan tabiiy sut. Uning 1 tonnasi quyidagi хom ashyolarning miqdori bilan almashtirilishi mumkin: -826,9 kg shakar bilan quyultirilgan yog’siz sutga 103,6 kg sariyog’ va 76,2 kg shakar qo’shish yo’li bilan; -302,8 kg quruq tabiiy sutga 11,3 kg sariyog’ va 440 kg shakar qo’shish yo’li bilan; -224,0 kg quruq yog’siz sutga 103 kg sariyog’ va 440 kg shakar qo’shish yo’li bilan va hokazo. Sut zardobi (1 kg) quruq moddalarining miqdori 40% bo’lgan (0,125 kg) yoki quruq moddalarining miqdori 60% quyultirilgan zardob bilan (0,084 kg), hamda quruq zardob bilan.(0,053 kg) almashtiriladi. Almashtirish quruq moddalar miqdoriga ko’ra amalga oshiriladi. Download 4.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling