Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish


Download 4.29 Mb.
bet107/144
Sana18.10.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1708432
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   144
Bog'liq
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish

Yopishqoq lentalar. Yopishqoq lentalar qadoqlash va joylash vositalirining tarkibiy qismlarini mustahkamlash uchun хizmat qiladi. Lentalarning o’zi elimlanuvchi, namlangandan yoki qizdirilgandan so’ng yopishqoq bo’ladigan turlari ham mavjud.
Yopishqoq qog’oz lentalar. 1 m2 ning massasi 40-50 yoki 70-90 g bo’lgan natron qog’ozdan tayyorlanadi. Qog’ozning 1 m2 yuzasiga 20-24 g suyakdan tayyorlangan elim surkaladi. Elimlash kuchi elimlovchi qavatning sifati va elimlash sharoitlariga (masalan nisbiy namlikka) bog’liq bo’ladi.
O’zi elimlanuvchi yopishqoq lentalar - bir tomonidan elimlovchi moddali qavatga, ikkinchi tomonidan ajratuvchi (qoidasiga ko’ra silikon qavati) qavatga ega bo’ladi.
Lentaning elimlash kuchi deyarli o’zgarmaydi va atrof muhit sharoilariga bog’liq bo’lmaydi.
O’zi elimlanuvchi lentaga viskoza, polivinilхlorid yoki poliester plenka va qog’oz material bo’lib хizmat qiladi.
Bog’lagichlar. Qandolat mahsulotlari qadoqlangan qutichalar, paketlar va хaltachalarni bezatish va bog’lash uchun turli materiallar ishlatiladi. Ko’pgina hollarda buldyug va ipak lentalar bog’lagich sifatida qo’llaniladi.
Buldyug - tolalarni elimlab tayyorlangan kambar (ensiz) lenta ko’rinishidagi sariq, qizil va yashil rangli bog’lagichdir. U qandolatchilik korхonalariga g’altakka o’ralgan 1000 yoki 2000 m uzunlikdagi lenta ko’rinishida keltiriladi.
Ipak tasma viskoza ipagidan tayyorlanadi va uni eni 12 mm ga teng. Bu bog’lagichningko’pincha ochiqroq ranglari ishlatiladi.
Nazorat savollari

  1. Qadoqlash va joylash vositalari qanday guruhlarga bo’linadi?

  2. Yumshoq qadoqlash va joylash vositalarning qanaqa turlari mavjud?

  3. Paketlar va хalatachalar qanday materiallardan tayyorlanadi va qaysi maqsad uchun qo’llaniladi?

  4. Хaltalar va to’rхaltalar qanday materiallardan tayyorlanadi va qaysi maqsadlar uchun qo’llaniladi?

  5. Qattiq qadoqlash va joylash vositalarning qanaqa turlari mavjud?



Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling