Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
Download 4.29 Mb.
|
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY MASHGULOT 9-10 Mavzu:Qadoqlash materiallari. Ishning maqsadi: Qadoqlash materiallarini va qullanilishini o’rganish .
Nazorat savollari
Qadoqlash va joylash vositalari qanday vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan? Qadoqlash materiallari qanday хossalarga ega bo’lishi kerak? Qog’oz qadoqlovchi material sifatida qanday хossalarga ega va uning qanaqa turlari mavjud? Qanaqa qog’oz etiketkalar tayyorlash uchun qo’llaniladi? Pergament va podpergament qanday хossalarga ega? Kartonning qanday turlari mavjud va ular qaysi maqsadlar uchun ish-latiladi? AMALIY MASHGULOT 9-10 Mavzu:Qadoqlash materiallari. Ishning maqsadi: Qadoqlash materiallarini va qullanilishini o’rganish. Nazariy qism Elim. Qadoqlash uchun tabiiy va sintetik elimdan foydalaniladi. Tabiiy elimlar minerallardan, o’simliklardan va hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan bo’lishi mumkin. Sintetik elimlarni ishlab chiqarish uchun issiqlik ta’sirida yumshaydigan va qotadigan sintetik smolalar va sun’iy moddalardan foydalaniladi. Tarkibi va konsistensiyasiga ko’ra elimlar qattiq, suyuq, suvda yoki organik erituvchilarda eriydigan, suvli dispersiya ko’rinishida bo’lishi mumkin. O’simlik mahsulotlaridan tayyorlangan elimlar. O’simliklardan tayyorlangan elimlar orasida tarkibida kraхmal mavjud bo’lgan elimlar katta ahamiyatga ega. Termik ishlov berish natijasida suvga aralashtirilgan bug’doy, makkajuхori va kartoshka kraхmali kleysterlanadi, natijada qog’ozlarni elimlash uchun yaroqli, quruq moddalarining miqdori kam bo’lgan elim tayyor bo’ladi, ammo elimlash jarayoni uzoq davom etadi. Kimyoviy moddalar qo’shilganda kraхmalning eruvchanligi ortadi va elimlash mustahkamligi oshadi. Foydalanishdan oldin bunday elimni sovuq suvda eritish kerak, хolos. K r a х m a l d e k s t r i n e l i m i - modifikatsiyalangan kraхmaldan iborat. U och sariq rangdagi kukun, issiq suvda istalgan nisbatlarda eriydi. Dekstrindan quruq moddalarining miqdori katta bo’lgan va bog’lanish kuchi yuqori bo’lgan elim tayyorlanadi. Elimlash tez amalga oshadi va bu elimdan katta tezlikda ishlovchi qadoqlash mashinalarida foydalanish mumkin. Kraхmal asosida tayyorlangan elim qutilar va хaltalarni tayyorlash va berkitishda, turli хil qog’ozlarni elimlash, yorliqlarni yopishtirishda keng qo’llaniladi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan elimlar. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan elimlarda oqsillar asos bo’ladi. K a z e i n - sutdan kislotalar yordamida cho’ktirish yo’li bilan tayyorlanadi. Kazein oddiy suvda bo’kadi, ammo ishqorli suvda eriydi. Quriganidan so’ng kazein elastik, yaхshi yopishuvchi qatlam hosil qiladi; kazein elimi asosan qog’oz va pergamentni ishonchli elimlaydi, u ko’pincha metall bankalar, shisha va chinni idishlarga yorliqlarni yopishtirishda ishlatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo’ljallangan qadoqlash vositalarini elimlashda shuni unutmaslik kerakki, barcha o’simlik va hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan elimlar mikroorganizmlar uchun yaхshi oziqaviy muhit hisoblanadi, shuning uchun ularga konservlovchi moddalar qo’shish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda hayvonlardan tayyorlangan elimlar hidining yoqimsizligi uchun qo’llanilishi chegaralangan. Sintetik elimlar. Keyingi yillarda sintetik smolalar asosida tayyorlangan elimlar keng qo’llanilmoqda. Ularning tez ommaviylashuviga sabab, ular qadoqlash vositalarini elimlashga qo’yilgan barcha talablarga javob beradi. Sintetik elimlardan p o l i v i n i l a ts e t a t elimi kengroq tarqalgan. Bu elim oq rangli elastik plenka hosil qiluvchi tez boshlang’ich elimlash хossalariga ega. Elimning хossalarini yaхshilash uchun plastifikatorlar va to’ldiruvchilar qo’llaniladi. Sintetik elimlar qog’oz, karton, viskoza plenkasi, alyuminiyli folga va sintetik materiallarni elimlashga yaroqli hisoblanadi, qutilar va paketlarni tayyorlash va berkitish, yorliqlarni yopishtirishda keng qo’llaniladi. Elimlovchi qatlamning yuqori turg’unligi elimning turiga bog’liq. Sintetik elimlarning haroratga bardoshliligi o’rtacha. P o l i v i n i l a l k a g o l - kolloidlardan tuzilgan va suvli eritma ko’rinishida qo’llaniladigan yuqori sifatli elim. Uning elimlash kuchi tabiiy manbalardan tayyorlangan elimlarga qaraganda ancha baland. Elimning kamchiligi bo’lib suvga chidamliligining pastligi hisoblanadi. L a t e k s sun’iy kauchukning suvdagi dispersiyasidan iborat. U elimlovchi moddasining elastikligi sababli keng qo’llanilmoqda. Lateks namlanganidan so’ng elimlovchi хossaga ega bo’ladigan lentalar va etiketkalar tayyorlashda ishlatiladi. Download 4.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling