Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
Preslangan novvoylik achitqilarini ishlab chiqarish
Download 4.29 Mb.
|
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
Preslangan novvoylik achitqilarini ishlab chiqarish. Presslangan novvoylik achitqilari – etishtirilayotgan muhitidan (mikroorganizmlar o’stiriladigan suyuq oziqaviy muhit) ajratilgan, yuvilgan va presslangan achitqi hujayralaridan iborat.
Achitqilarni o’stirish uchun eritilgan melassa oziqaviy muhit bo’lib xizmat qiladi. Melassa (lavlagidan shakar ishlab chiqarishdagi chiqindi) - konsistensiyasi qora rangli quyuq suyuqlikdir. Melassaning tarkibida 45-50 % saxaroza, 12 % azotli moddalar va 10 % mineral moddalar mavjud. Achitqi ishlab chiqarish korxonalarida melassa suv bilan aralashtiriladi, nordonlashtiriladi, achitqilarga kerakli bo’lgan azot va fosfor tuzlari (melassa tarkibida mavjud bo’lmagan) qo’shimcha tarzda qo’shiladi. Achitqilarni etishtirish ikki bosqichdan: ona va tovar achitqilarni tayyorlashdan iborat bo’ladi. Ekilgan achitqilarni olishda oziqaviy muhitga ekishda qo’llaniladigan achitqilar ona achitqilar deyiladi. Ekilgan achitqilar tovar achitqilarni olishda ekish materiali bo’lib hisoblanadi. Tovar achitqilar - standart talablariga javob beradigan va ishlatishga tayyor bo’lgan mahsulot hisoblanadi. Ona achitqilarni etishtirishda qo’llaniladigan achitqi avlodlari yaxshi ko’tarish kuchiga (45 min gacha) va maltozani yuqori faollikka bijg’itish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Tovar achitqilar ona achitqilarni o’stirish jihozlarida oziqaviy muhitlarda o’stirish yo’li bilan tayyorlanadi. Achitqilarni quyultirilgan muhitlarda (5-6 % qand mavjud bo’lgan) ko’paytirish achitqilarning sifatini va achitqi o’stirish jihozlarining unumdorligini oshiradi. Achitqilar 14-20 soat davomida oziqaviy muhitga uzluksiz havo berib (kislorod hujayralarning o’sishini tezlashtiradi) ko’paytiriladi. Achitqilar o’stirish tugallangandan so’ng o’stirish muhiti separatsiyalanadi. Quyukligi 150 g/l bo’lgan achitqi suspenziyasi birinchi separatsiyadan so’ng sovuq suv bilan yuviladi va ikkinchi separatsiyalashga, keyin uchinchisiga yuborilib 400-600 g/l gacha quyultiriladi. Keyin achitqi suspenziyasi 4-8 °C gacha sovutilib, filtr-presslarda yoki vakuumfiltrlarda namligi 75 % ga etgunicha quyultiriladi. Bundan keyin achitqilar shakl berish mashinasiga kelib tushadi. Ba’zi hollarda achitqilarga kerakli konsisitensiyaga ega bo’lish uchun biroz miqdorda suv yoki ularga elastiklik berish uchun 0,1 % miqdorda o’simlik moyi qo’shiladi. Avtomatlar yordamida presslangan achitqilarga 1000, 500, 100, 50 g massaga ega bo’lgan to’g’ri burchakli g’o’lachalar shakli beriladi. Achitqilar g’o’lachalari toza, quruq, begona hidga ega bo’lmagan yog’och yashiklarga taxlanadi. Tayyor bo’lgan mahsulotlar harorati 2-4 °C bo’lgan sovutgichlarga saqlashga yuboriladi. Ilg’or korxonalarda tarkibida 43 % qand bo’lgan 1 t melassadan namligi 75 % bo’lgan achitqilarning amaldagi chiqishi 750-760 kg ni tashkil qiladi. Presslangan achitqilarning sifatiga qo’yiladigan talablar. Maxsuslashtirilgan achitqi ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanayotgan achitqilardan tashqari, spirt ishlab chiqarishda melassa-spirt bijg’itmasidan ishlatilgan achitqilarni ajratish yo’li bilan olingan achitqilardan ham foydalaniladi. Spirt achitqilarining sifati novvoylik achitqilarining sifatidan ancha past. Ularning saqlashdagi chidamliligi past va maltoza bijg’itish faolligi ham yomon. Sifatli presslangan achitqilar qo’yidagi organoleptik ko’rsatkichlarga ega bo’lishlari kerak: rangi sarg’ish kulrang; konsistensiyasi zich, sindirilganda ushoqlanadigan bo’lishi, surkalmasligi kerak. Fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga ko’ra presslangan achitqilar qo’yidagi talablarga javob berishi kerak:
Achitqilarning namligi qanchalik past bo’lsa, ularning sifati va saqlash vaqtidagi chidamliligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Presslangan achitqilar xamirni etiltirish uchun un massasining 0,5-5 % miqdorida ishlatiladi. Presslangan achitqilarni saqlash havoning 1-4 °C haroratda va 80-95 % nisbiy namligida sovutish xonalarida saqlanadi. Sovutish xonasi ortiqcha namlikni olib ketish uchun shamollatilib turishi kerak. Namlikning pasayishi natijasida achitqi g’o’lachalarining massasi kamayishi mumkin. Achitqilar hujayralarning hayot faoliyatini susaytiruvchi past haroratlarda yaxshi saqlanadi. Muzlatilgan achitqilarni ishlatishdan 4-6 °C haroratda sekinlik bilan eritish kerak. Achitqilar uzoq masofalarga 2-4 °C gacha sovutilgan holda izotermik vagonlarda, 0-4 °C haroratgacha sovutilgan holda refrijeratorlarda tashiladi. Download 4.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling