Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish


Quruq achitqilarning sifat ko’rsatkichlari


Download 4.29 Mb.
bet26/144
Sana18.10.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1708432
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144
Bog'liq
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish

Quruq achitqilarning sifat ko’rsatkichlari

Ko’rsatkichlar

Oliy nav

I nav

Namligi, %, ko’p emas

8

10

Ko’tarish kuchi, minut, ko’p emas

70

90

Quritilgan achitqilarning saqlanish muddati, oy, kam emas






12

5

Quruq achitqilarni qadoqdash va saqlash. Quruq achitqilar gigroskopik (namlikni tortib oluvchan) bo’ladi. U havo kislorodi va namlik bilan to’qnashganda faolligini tez yo’qotadi. Shuning uchun ularni germetik idishlarga qadoqlash ma’qulroq. Agar achitqilar saqlanayotgan idish germetik bo’lmasa, ularning saqlanish muddati ikki marotaba qisqartiriladi.
Quruq achitqilar sig’imi 100-2000 g bo’lgan tunuka bankalarga, sig’imi 10-2000 g bo’lgan polimer materiallar yoki laklangan sellofandan tayyorlangan xaltachalarga qadoqlanadi.
Qadoqlanmagan achitqilar 10-25 kg dan qog’oz qoplarga yoki pergament va podpergament to’shalgan yashiklarga 10-20 kg dan joylanadi. Saqlash vaqtida achitqilarning fermentativ faolligi pasayadi, avtoliz jarayoni yuz beradi, ko’tarish kuchi yomonlashadi. Quruq achitqilarni quruq xonada 15 °C haroratda saqlanganda har oyda ularning ko’tarish kuchi 5 % ga pasayishi mumkin.

Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling