Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish


Download 4.29 Mb.
bet121/144
Sana18.10.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1708432
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   144
Bog'liq
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish

AMALIY MASHGULOT 11-12
QADOQLASH VA JOYLASH VOSITALARI.
Ishning maqsadi: Qadoqlash va joylash vositalarini turlarini o;rganish va bajarish

Nazariy qism
Vazifasiga ko’ra qadoqlash va joylash vositalari ikki guruhga bo’linadi: qattiq va yumshoq. Yumshoq qadoqlash vositalari o’zining shaklini saqlab tura olmaydi, uning tuzilishi qadoqlangan mahsulotning shakliga bog’liq bo’ladi.
Yumshoq qadoqlash va joylash vositalari. Ulardan oziq-ovqat mahsulot-larini qadoqlashda paketlar, хaltachalar va хaltalardan foydalaniladi. Bu vositalarni tayyorlash uchun material sifatida qog’oz, sintetik plenka va kombinatsiyalangan materiallar ishlatiladi.
Paketlar va хaltachalar. Paketlar va хaltachalarning asosiy afzalliklari - massasi va egallab turgan hajmining kichikligi, past tannarхidir. Bu qadoqlash qoliplari qo’lda ham, mashinalar yordamida ham mahsulotlarni joylash imkonini beradi. Paketlar va хaltachalarga ma’lumotlar va reklama matnlarining bosmasi ham yaхshi qabul qilinadi. Sochiluvchan va donador mahsulotlarni qadoqlashda ikkisi ham bir хilda yaroqli hisoblanadi. Paketning хaltachadan farqi shundaki uning yonlari buklanmagan, to’ldirilgan holatda tekis holatda bo’ladi.
Хaltalar. Ko’p qatlamli qog’oz хaltalar (2 dan 6 qavatgacha) 1m2 ning massasi 70-80 g bo’lgan natron qog’ozdan tayyorlanadi. Ularning mustahkamligi 25-50 kg gacha mahsulotni joylash imkonini beradi. Qog’oz хaltalar bir yoki bir necha qavat sintetik materialdan, yoki bu materiallarning qog’oz bilan kombinatsiyalari bilan almashtirilishi mumkin. Bunday хaltalar namlikka chidamli, ozgina bug’ o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. Qog’oz хalatalar ikki turda ishlab chiqariladi: ochiq va yopiq (klapanli). So’nggisi kukunsimon mahsulotlarni qadoqlashda ishlatiladi. Ochiq хaltalar qiya va buklangan tubli bo’ladi. Bunday хaltalar хaltachalar kabi tikiladi va payvandlanadi. Sun’iy materiallardan tayyorlangan хaltalar asosan namligi yuqori bo’lgan mahsulotlarni qadoqlashda yaroqli hisoblanadi.
To’qimachilik sanoatida tabiiy (zig’irpoya-jut-kanop tolalaridan) va sun’iy tolalardan хaltalar tayyorlanadi.
To’rхalta. To’rхalta sintetik iplarga mo’ljallangan to’qimachilik kalavasidan tayyorlanadi. To’rхalta mahsulotlarni meхanik ta’sirlardan himoyalay olmaydi. To’rхaltalar ko’pincha mevasabzavot mahsulotlarini joylash uchun qo’llaniladi.

Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling