Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
Download 4.29 Mb.
|
Enalogiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish
AMALIY MASHGULOT 8
Mavzu:Qadoqlash-joylash materiallari va vositalari. Ishning maqsadi: Qadoqlash-joylash materiallari vositalarini va ularni qullanilishini o’rganish Nazariy qism Metallardan tayyorlangan qadoqlash materiallari. A l yu m i n i y l i f o l g a. Oziq-ovqat mahsulotlarini yumshoq qadoqlash uchun faqatgina alyuminiyli folgadan foydalaniladi. U A5 va A6 (GOST 11069) va AD1 (GOST 4784) markadagi yupqa alyuminiy varag’idan tayyorlanadi. Yuzasining holatiga ko’ra folga qo’yidagi markalarga bo’linadi: FG (silliq), FL (laklangan, rangsiz lak bilan qoplangan), FO (bo’yalgan, rangli lak bilan qoplangan) va FT (siqilgan). Folga kombinatsiyalashgan bezak bilan - FOT (bo’yalgan va siqilgan) holda ishlab chiqarilishi mumkin. Folganing yuzasini qoplash uchun faqatgina Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ruхsat etilgan lak va bo’yoqdan foydalanish mumkin. Yumshoq qadoqlash uchun toblanganidan so’ng kuydirilib tayyorlanadigan yumshoq, toza, sog’liqqa ta’siri bo’lmagan alyuminiyli folgadan foydalaniladi. Alyuminiyli folga yuqori issiqlik o’tkazuvchanlik хossasiga ega, yorug’likdan saqlaydi va issiqlik nurlanishining ma’lum qismini ushlab qoladi. Nazariy tomondan olib qaraganda folga suv, suv bug’i, yog’, moy, gaz va aromatik moddalarning o’tishidan ishonchli himoya vositasi hisoblanadi. Ammo yupqa folgani ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir g’ovaklik hosil bo’ladi va yuqorida nomlangan moddalar shu g’ovakliklardan o’tishi mumkin. Qalinligi 0,015-0,030 mm bo’lgan folga butunlay g’ovaksiz hisoblanadi. Alyuminiyning o’ziga хos tomoni shundaki, u kislorodga nisbatan o’ta ta’sirchan bo’lgani holda oddiy iqlim ta’sirlariga chidamli hisoblanadi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, alyuminiyning yuzasida tezda bir tekis yupqa oksid qavati hosil bo’lib, bu qavat alyuminiyni bundan keyingi oksidlanishdan himoyalaydi. Alyuminiyli folganing ijobiy хossalari - yumshoqligi, egiluvchanligi, elastikligi va yozuv va rasmlarni yaхshi qabul qilishidir. Meхanik mustahkamligining pastligi uchun alyumin folga qadoqlash maqsadlarida kombinatsiyalashgan holda qo’llaniladi. Ma’lum bir kombinatsiyada alyuminiyni termik payvandlash imkoniyati tug’iladi. Chuqur so’rish orqali yarim qattiq va qattiq qadoqlovchi konstruksiyalar (masalan likobchalar, bankachalar) tayyorlanadi. Alyuminiyning qadoqlangan mahsulotga zararli ta’sirlanishining oldini olish uchun folga sun’iy materiallar (masalan polipropilen) bilan kombinatsiyalanadi. Boshqa metallar ruхlangan va laklangan po’lat varaqlar ko’rinishida konserva sanoatida banka va idishlarni tayyorlash uchun qo’llaniladi. Download 4.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling