Energatika va sa


Ahloqiy va odobiy himoyalash vositalari — bu hisoblash texnikasini rivojlanishi


Download 287.38 Kb.
bet16/26
Sana08.01.2022
Hajmi287.38 Kb.
#242616
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
exernet

Ahloqiy va odobiy himoyalash vositalari — bu hisoblash texnikasini rivojlanishi

oqibatida paydo bo’ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida bo’lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro’siga ziyon yetkazishi mumkin. Qonuniy himoyalash vositalari — bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy xujjatlar sanaladi. Ular bevosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy ban-ki tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarida axborotni himoyalash guruhlarini tashkil qilish, ularning vakolatlari, majburiyatlari va javobgarliklari aniq yoritib berilgan.

Xavfsizlikni ta’minlash usullari va vositalarining rivojlanishini uch bosqichga ajratish mumkin:


  1. dasturiy vositalarni rivojlantirish;

  2. barcha yo’nalishlar bo’yicha rivojlanishi;

  3. ushbu bosqichda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanishlar kuzatilmokda:

  • himoyalash funktsiyalarini apparatli amalga oshirish;

  • bir necha himoyalash funktsiyalarini qamrab olgan vositalarni yaratish;

  • algoritm va texnikaviy vositalarni umumlashtirish va standartlash.

Xozirgi kunda ma’lumotlami ruxsatsiz chetga chiqib ketish yo’llari quyidagilardan

iborat:


  • elektron nurlarni chetdan turib o’qib olish;

  • aloqa kabellarini elektromagnit to’lqinlar bilan nurlatish;

  • yashirin tinglash qurilmalarini qo’llash;

  • masofadan rasmga tushirish;

  • printerdan chiqadigan akustik to’lqinlarni o’qib olish;

  • ma’lumot tashuvchilarni va ishlab chiqarish chiqindilarini o’g’irlash;

  • tizim xotirasida saqlanib qolgan ma’lumotlami o’qib olish;

  • himoyani yengib ma’lumotlami nusxalash;

  • qayd qilingan foydalanuvchi niqobida tizimga kirish;

  • dasturiy tuzoqlarni qo’llash;

  • dasturlash tillari va operatsion tizimlarning kamchiliklaridan foylalanish;

  • dasturlarda maxsus belgilangan sharoitlarda ishga tushishi mumkin bo’lgan qism dasturlarning mavjud bo’lishi;

  • aloqa va apparatlarga noqonuniy ulanish;

  • himoyalash vositalarini qasddan ishdan chiqarish;

  • kompbyuter viruslarini tizimga kiritish va undan foydalanish.

Ushbu yo’llardan deyarli barchasining oldini olish mumkin, lekin kompbyuter viruslaridan xozirgacha qoniqarli himoya vositalari ishlab chiqilmagan.

Bevosita tarmoq bo’yicha uzatiladigan ma’lumotlami himoyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni bajarish lozim bo’ladi:



  • uzatiladigan ma’lumotlami ochib o’qishdan saqlanish;

  • uzatiladigan ma’lumotlami taxtil qilishdan saqlanish;

  • uzatiladigan ma’lumotlami o’zgartirishga yo’l qo’ymaslik va o’zgartirishga o’rinishlarni aniqlash;

  • ma’lumotlami uzatish maqsadida qo’llaniladigan dasturiy uzilishlarni aniqlashga yo’l qo’ymaslik;

  • firibgar ulanishlarning oldini olish.

Ushbu tadbirlami amalga oshirishda asosan kriptografik usullar qo’llaniladi.

EHM himoyasini ta’minlashning texnik vositalari

Kompbyuter orqali sodir etidadigan jinoyatlar oqibatida faqatgina AQSH har yili 100 mlrd. dollar zarar ko’radi o’rtacha xar bir jinoyatda 430 ming dol-lar o’g’irlanadi va jinoyatchini qidirib topish ehtimoli 0,004% ni tashkil etadi.

Mutaxassislarning fikricha ushbu jinoyatlarni 80%i bevosita korxonada ishlaydigan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.




Download 287.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling