Energatika va sa


Zamonaviy kompьyuterlar quyidagi asosiy bloklardan tashkil topadi


Download 287.38 Kb.
bet2/26
Sana08.01.2022
Hajmi287.38 Kb.
#242616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
exernet

Zamonaviy kompьyuterlar quyidagi asosiy bloklardan tashkil topadi.

Protsessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi.

Korpus va elektr ta’minoti bloki;

Asosiy plata;

Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler;

Tezkor xotira;

Vinchester turidagi tashqi xotira. Ulardan tashqari, protsessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o’qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar, videoprotsessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun’iy yo’ldosh televideniesini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o’xshash jihozlar joylanishi mumkin.

Kompbyuterga ulanadigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, joystik, ovoz kuchaytirgich, mikrofon, printer, skaner, foto va video kamera, mobilb telefon, flesh xotira, tashqi vinchester, mahalliy kompbyuter tarmog’i, internetga ulanish kabeli va boshqa shunga o’xshash qurilmalar protsessor blokiga uning old va orqa tomoniga chiqarilgan ulanish nuqtalariga ulanadi.

Kompbyuterga ulanadigan, to’g’rirog’i, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar joylashiga ko’ra to’rt toifaga bo’linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo’shimcha. Joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va kompbyuterning protsessor bloki ichida joylashgan bo’ladi. Tashqi qurilmalar deb kompbyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kiruvchi va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich kabi qurilmalarga aytiladi. Qo’shimcha qurilmalar deb kompbyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kirmaydigan va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: proektor, skaner, videokamera va boshqalarga aytiladi.

Funktsional vazifasi (ma’lumotlarni kiritishi va chiqarishiga) ko’ra qurilmalar uch toifaga ajratiladi: kirituvchi, chiqaruvchi, hamda kirituvchi va chiqaruvchi kirituvchi qurilmalar. Masalan, klaviatura kirituvchi, monitor chiqaruvchi, vinchester ham kirituvchi, ham chiqaruvchi qurilmadir



Korpus. Kompbyuter korpuslari odatda tik va yotiq ko’rinishda bo’ladi. Tik korpuslar Tower (minora) deb ataladi va ularning uchta turi bor: big (katta, balandligi 19 dyuym), midi (o’rta, 16 dyuym), mini (kichik, 13 dyuym). Ulardan birinchisi odatda serverlar va o’ta kuchli kompьyuterlar, ikkinchisi ommaviy kompьyuterlar, uchinchisi arzon kompьyuterlar uchun mo’ljallangan. Yotiq korpuslarning balandligi juda past bo’lib, ular odatda ustiga monitor qo’yishga mo’ljallangan.

Keyingi paytda super mini tower va monoblok deb ataluvchi korpuslar ommaviylashib bormoqda. Ularning ommaviylashuvining asosiy sababi birinchidan ular kam joy egallaydi, ikkinchidan ularning boshqalardan ajralib turuvchi dizaynidir. Super mini tower korpuslarining balandligi boshqa korpuslarning balandligidan 2-3 marta kam.

Monobloklarda esa tizim korpusidan butunlay voz kechilgan. Unda barcha qurilmalar monitor korpusiga joylanadi.

Kompbyuter korpusi mustahkam bo’lishi kerak. Unga bir necha ventilyatorlar o’rnatiladi va ular kuchli tebranishlarga sabab bo’ladi. Bu tebranishlar vinchester turidagi disklar uchun juda xavfli. Korpus karkasi kuchli bo’lsa, ventilyatorlarning tebranishi korpusning tebranishiga olib kelmaydi.

Korpusning yana bir muhim jihati uning qanday asosiy platalarga mo’ljallanganligidir. Korpuslarning bu jihati form faktor deb ataladi. AT deb atalgan korpuslar o’z o’rnini AT-X deb nom olgan korpuslarga bo’shatib berdi.

Korpuslar ularga o’rnatilgan elektr ta’minoti blokining quvvati bilan ham farqlanadi. AT korpuslaridagi ta’minot bloki quvvati 100 - 300 Vatt bo’lsa, AT-X korpuslarida bu ko’rsatkich 350 - 500 Vattga teng. Ta’minot bloklari 5 va 12 Volbt kuchlanishli elektr toklarini ishlab chiqaradilar.

Ilgarilari mikroprotsessorlarga ham 5 volbtli kuchlanishli elektr toki berilardi. Mikroprotsessorlarda tranzistorlar soni oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun 5 volbt kuchlanish avval 3 volbtgacha, so’ng 1,1 volbtgacha kamaydi.
Protsessor.

Protsessor esa asosiy qurilma bo’lib, unda mikroprotsessor, operativ xotira, qattiq disk, kontroller, disketalar bilan ishlash uchun qurilmalar va hokazolar joylashadi. Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi:

Mikroprotsessor - kompbyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo’lishi mumkin.

Operativ xotira protsessor uchun zarur bo’lgan programmalar va ma’lumotlarni saqlaydi. Kompbyuter o’chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o’chiriladi.

Qattiq diskdagi programma va ma’lumotlar o’chiriladi.

Qattiq diskdagi programma va ma’lumotlarni doimo saqlaydi.

Elektron sxemalar (yoki kontrollerlar) kompbyuterga kiruvchi (monitor, klaviatura va hokazolar) turli qurilmalar ishini boshqaradi.

Kiritish -chiqarish porti orqali protsessor bilan ma’lumot almashadi.

Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud.

Umumiy portlarga printer, "sichqoncha" ulanishi mumkin.

Umumiy portlar 2 xil bo’ladi: parallel - LPT1 - LPT4 bilan belgilanadi va ketma-ket COM1 - COM3 bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish chiqishni ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi.

Mikroprosessor

Mikroprosessor (MP) SHK ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha . ^mbloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy * amallami bajarish uchun mo’ljallangan.

Mikroprosessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.

Boshqarish qurilmasi (Bq): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.

Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallami bajarish uchun mo’ljallangan (SHK laming ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprosessor ulanadi). Mikroprosessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining yeng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprosessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Reg'str/лт—turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka yega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq,).

Mikroprosessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchunmo’ljallangan, u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP),boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.

Interfeys (interfase) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plani bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.

Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash apparaturasi bo’lib, mikroprosessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.

Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.

shimcha integral mikrosxemalar

SHK ning tizimli shinasiga va MP ga tipik tashqi qurilmalar bilan bir qatorda ba’zi bir qo’shimcha integral mikrosxemalar ulangan bo’lishi mumkin; ular mikroprosessorning ish imkoniyatlarini kengaytiradi va yaxshilaydi: matematik soprosessor, xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi, kiritish-cliiqarisli soprosessori, uzilishlar nazoratchisi va b.

Matematik soprosessor qayd qilingan va ко’chib yuradigan nuqtali ikkilik sonlar ustida, ikkilik kodlangan o’nlik sonlar ustida amallar bajarishni tezlashtirish uchun, ba’zi bir transsendent, shu jumladan trigonometrik funksiyalami hisoblash uchun keng ishlatiladi. Matematik soprosessor o’zining buyruqlar tizimiga yega va asosiy MP bilan parallel (vaqt bo’yicha kelishilgan holda), lekin MP boshqaruvi ostida ishlaydi. Amallami bir necha o’n martalab tezlashtiradi. MP ning oxirgi modellari, 80486 DX MP dan boshlab, soprosessorni o’z strukturasi ichiga olgan.

Xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi MP ni magnit disklardagi yig’uvchilarni bevosita boshqarishdan holos yetadi, bu yesa SHK ning samarali tezkorligini jiddiy oshiradi. Bu nazoratchisiz TXqva TEQQ orasidagi qiymatlarni almashish MP registri orqali ikki qadamda, nazoratchi bor bo’lganda yesa bir qadamda amalga oshiriladi qiymatlar bevosita, MP ni chetlab o’tib, TXQ, va TEQQ, o’rtasida uzatiladi. Kiritish-chiqarish soprosessori — MP bilan parallel ishlashi hisobiga, bir nechta tashqi qurilmalarga (displey, printer, QMDY, EMDY va b.) xizmat ko’rsatganda kiritish-chiqarish jarayonlarini bajarishni juda tezlashtiradi; MP ni kiritish-chiqarish jarayonlarini qayta ishlashdan ozod yetadi, shu jumladan xotiraga bevosita murojaat qilish rejimini amalga oshiradi.


Download 287.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling