Energatika va sa


Download 287.38 Kb.
bet7/26
Sana08.01.2022
Hajmi287.38 Kb.
#242616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
exernet

Tugun (uze—as) - tarmoqqa ulangan asbob (kompbyuter), u tarmoqda o’zining adresi bilan ajratiladi (Masalan, Internet tarmog’ida host-adres unikal 32-razryadli ikki hisoblash tizimidagi son).

Ma^/urnotfang' uzadsA tez/gg - kompbyuter tarmog’ida ma’lumotlarni uzatish tezligi bir daqiqada necha bit (v3ftax vseAundg bps - 3/tper seeond) sifatida o 7e3anadf yoki bod (bond).

Tna/t (rfc) - ma’lumotlarni uzatishda axborotlar to’plami. Bu uzatuvchi muxitning darajasini belgilovchi taxminiy ko’rsatkichdir (og’ir, o’rta va yengil trafiklar bo’ladi).

SrarESM-klient EHMda tushayotgan so’rovlarni bajaradigan, yuqori tezlikka va yetarli operativ va diskli xotira xajmga ega bo’lgan kompьyuter.



Fay/serer- klient EHMi foydalanuvchilari tomonidan ishlatiladigan ma’lumotlar va dasturlar saqlanadigan va alohida ajratilgan EHM.

Server dastm (аг/о/еа/е) - klent-dasturi tomonidan tashkil etilgan so’rovlarni bajarishga qodir bo’lgan dastur.

K/'eat EHM - cheklangan resurslarga ega va serverda bajarishga mo’ljallangan so’rovlar yuboradigan foydalanuvchi kompbyuteri.

Kfeat-dastim - alohida fuktsiyalarni bajarish maqsadida server-dasturga murojat etuvchi dastur.

JPotokoJ/BayoaJ -ikki va undan ortiq kompbyuterlarni bog’lashda ishlatiladigan qoida va kelishuvlar to’plami.

Toimoq topo/ogrya/' (topo/ogy) - tarmoqdagi mashinalarning fizik

konfiguratsiyasi



MasTtZ/ya -tarmoqda joylashgan ob’ektlar (kompbyuterlar) gacha bo’lgan optimal yo’lni aniklash jarayoni.

FaJtet (fatagrarnmaj - birlashtirilgan va bir vaqtda jo’natiladigan ma’lumotlar (xamma kommunikatsiya tarmoqlari ma’lumotlarni katta bo’lmagan qismlar - paketlar yoki datagrammalar orqali yuboradi).

Tarmoq strukturasi.

Hozirda informatsion oqimni ortib borishi kompbyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etishni taqozo qiladi. Buni butun dunyo kompbyuter tarmog’i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko’rish mumkin.

Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompbyuterlar majmuiga kompbyuter tarmog’i deyiladi. Bundan foydalanuvchilarni axborot almashuvi vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.

Kompbyuterlarni tarmoqqa birlashishi qimmatbaxo asbob uskunalar - katta hajmli disk, printerlar, asosiysi xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturiy vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompbyuterlarni apparat resurslaridan foydalanish mumkin bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib axborot tarqatish va qabul qilish jarayoni butunlay o’zgartirib yubordi, xizmat ko’rsatish tarmog’ining keng tarqalgan turi - elektron pochta orqali axborot almashuvini amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishni ta’minlash va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish. SHuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida

ma’lumotlarni uzatishnining qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Umumiy axborotlashgan davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global kompbyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumot-larning umumiy ba’zasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.

Ma’lumotlar ba’zasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab qayta ishlash borasida ko’pgina vazifalar mavjud. Bo’larga bir qancha misolar keltirish mumkin: Bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning ahvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi ("talab-taklif"); ijtimoiy ta’minot tizimi; soliq xizmati; orliq masofadan turib kompьyuter ta’limi. Ko’rsatilgan ushbu barcha qo’shimcha ma’lumotlarni to’planishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto’g’ri ma’lumotlar bo’lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan himoyalongan bo’lishi kerak. Ilmiy, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va ma’daniy hayot sohasidan tashqari global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg’ulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli sohadagi kishilarning dam olishini tashkil etish quroliga aylandi.

Kompbyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi jihatidan tasniflash mumkin bunga ko’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.

Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqlardan foydalanuvchi-larni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10 - 15 ming kilometr uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalaniladi.

Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10 - 1000 kilometrni tashkil qiladi.

EHM lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolardagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. CHunki 80 - 90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tuzilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompbyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha kompbyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo’lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson sochi tolasi qalinligida yasalgan. U o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel hisoblanadi.

Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km. gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki hisoblanadi vaulardan foydalanishni osonlashtiradi.

Kompbyuterni ishonchli va beto’xtov ishlashi uchun uni turli xil kutilmagan tasodiflardan himoya qiluvchi, uning elektr tarmog’idan ta’minlanishini maxsus tizimini ko’zda tutish kerak. Bu kutilmagan tasodiflar, birinchi navbatda elektr ta’minoti parametrlarini standartdan turlicha chetga og’ishlaridir.

Texnik nuqtai nazardan, bu:

• kuchlanishning yo’qolib qolishi (blackout — shubxasiz, barcha kompbyuterlardan foydalanuvchilar xatto kuchlanishning qisqa vaqtli yo’qolib qolishidan, shakllanishiga bir necha soatlab ish vaqti sarflangan asosiy xotiradagi ma’lumotlarni yo’qolishidan ma’naviy iztirob chekkanlar;


  • kuchlanishning o’tirib qolishi (brounout) — bir vaqtning o’zida bir nechta quvvatli elektr energiyasi iste’molchilarining ulanishi bilan kelib chiqqan kuchlanish amplitudasining juda qisqa vaqtga nominaldan pastga tushib ketishi;

  • kuchlanishning sakrashlari (strike) — elektr energiyasining quvvatli iste’molchilari ulanganda va o’zilganda, statik razryadlar va yashin urishlar bilan ham va elektr tarmog’idagi o’tkinchi jarayonlar bilan ham chiqariluvchi, amplitudasi bir necha ming voltlargacha yetadigan kuchlanishning qisqa vaqt oshib ketishi;

  • elektromagnit halaqitlar (electromagnetic interference) — turli xil jixozlarning ishlashidan kelib chiqadigan induktiv yoki galvanik oshib ketishlar natijasida kuchlanish shaklining sinusoidal shakldan og’ishi;

  • chastotaning og’ishi (frequency deviation) — kuchlanish manbai chastotasining doimiy emasligidan kelib chiqadi.

Bu barcha og’ishlar, odam uchun deyarli kuchlanishni to’liq yo’qolib qolishidan tashqari sezilmaydi, lekin kompbyuter ishini buzishi mumkin. Baholashlarga qaraganda, SHK ishlashidagi 75 % tushuntirib bo’lmaydigan buzulishlar (osilib qolishlar, dasturlar ishlashidagi uzulishlar, xotiraga murojaat qilishdagi xatoliklar) past sifatli elektr ta’minoti sababli kelib chiqadi.

SHuning uchun kompbyuterni hech bo’lmaganda kerakmas ruxiy zarbalardan saqlash uchun ham elektr tarmog’ining ko’ngilsiz ta’sirlaridan himoya qilish maqsadga muvofiqdir.

Kompbyuterni elektr ta’minoti qurilmasining ushbu ikki tipini ishlatishni tavsiya etish mumkin:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling