5 .7-masala.Agar E1=40v, E2=90v, E3=60v, R1=4om, R2=5om, r2=0,5om, r02=1om ga teng bo‘lsa, 5.7 – rasmda ko‘rsatilgan zanjirdagi tok kuchi topilsin. Birinchi va uchinchi manbalarning ichki qarshiliklari juda xam kichik bo‘lgani uchun ularni hisobga olmasa xam bo‘ladi.
5.7 – rasm
6-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Aktiv, induktiv va sig‘im elementlar ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjirlarini xisoblash va vektor diagrammalarini kurish.
R, L va S elementlar ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjirdan i=Imsinwt sinusoidal tok o‘tganda uning elementlarida pasaygan sinusoidal kuchlanishlarning algebraik yeg‘indisiga teng bo‘lgan kuchlanish hosil bo‘ladi. Krixgofning 2-qonuniga ko‘ra:
u=ur+uL+uc yoki U=UR+UL+UC
r qarshilikdagi kuchlanish faza jixatdan tok bilan mos, L induktivlikdagi kuchlanish tokdan 900 orqada bo‘ladi, S sig‘imdagi kuchlanish esa tokdan 900 orqada bo‘ladi.
XL=w*L - induktiv qarshilikni xisoblash
Xc - sig‘im qarshilikni xisoblash
w=2πf - burchak chastotasini xisoblash
Elementlari ketma – ket ulangan zanjir uchun umumiy qarshilikni topish quyidagicha ifodalanadi:
Z =
Aktiv qarshilik 45 Om ga teng induktivligi L= 0.35 G ga teng bo‘lgan istemolchilar o‘zgaruvchan tok zanjiriga ketma-ket ulangan zanjir kuchlanishi U=100 v va chastotasi f=50gs zanjirga berilgan tok kuchini aniqlang?
Aktiv qarshilik 12 Om ga teng kondensator sig‘imi S= 1 mkF ga teng bo‘lgan istemolchilar o‘zgaruvchan tok zanjiriga ketma-ket ulangan zanjir kuchlanishi U=60 v va chastotasi f=50gs zanjirga berilgan tok kuchini aniqlang?
Aktiv qarshilik 10 Om ga teng induktivligi L= 0.3 G va kondensator sig‘imi S = 0.03 mF ga teng bo‘lgan istemolchilar o‘zgaruvchan tok zanjiriga ketma-ket ulangan zanjir kuchlanishi U=150 v va chastotasi f=50 gs zanjirga berilgan tok kuchini aniqlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |