«energetika» fakulteti
TOPSHIRIQ LOYIXALAShNING VAZIFA VA MAQSADLARI
Download 0.61 Mb.
|
59, 60-20 ET va EA Workshop (qo\'llanma) SKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- I - BOB. ELEKTR TA’MINOTIGA TALABLAR VA XISOBLASH UCHUN TOPSHIRIQ
- 2 - BOB. ELEKTR YuKLAMALARI HISOBI 2.1. Yuklamalar hisobi uchun ishlatilgan hisoblash usuli
- 2.2. Sexlar bo`yicha kuch yuklamalari hisobi
- 2.3. Yoritish yuklamalarini hisoblash
- 2.4. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni hisoblash va tanlash
TOPSHIRIQ LOYIXALAShNING VAZIFA VA MAQSADLARI
Topshiriq loyihasi talabalarni elektr ta’minoti masalalarini yechishga, o`qish davomida olingan bilimlarni mustahkamlashga, ma’lumotnoma kitoblar, yagona normalar, davlat andoza (standart)lari, tipik loyihalar bilan tanishuvga imkoniyat beradi. Loyihada ishlab chiqilgan tizimni texnik–iqtisodiy asoslashga katta e’tibor beriladi. Bunda asosiy mezon bo`lib elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, normal va avariyadan keyingi rejimlarda ishonchli ishlash hamda elektr yuklamalarining kelajakdagi o`sishini hisobga olish xizmat qiladi. Topshiriq loyihalashda fan va texnikaning elektr ta’minoti sohasidagi so`nggi yutuqlari hisobga olingan holda yig‘ma va tipik qurilmalar ishlatilishi lozim. Topshiriq loyihalash davrida student mustaqil ishlashga, tashabbuskorlikka, texnik hisoblar qilishga, turli sxemalar tuzishga o`rganadi . I - BOB. ELEKTR TA’MINOTIGA TALABLAR VA XISOBLASH UCHUN TOPSHIRIQ Stanoksozlik kombinatining elektr ta’minoti Stanoksozlik korxonasidagi texnologik jarayon tomonidan quyidagi talablar qo`yiladi: korxonadagi nasos va kompressor stantsiyalari 1-toifaga, qolgan sexlardagi iste’molchilar 2-toifaga kiradi. Asosiy sexlarda portlash va yong`in chiqish xavfi yo`q. Kuchlanish sathi bo`yicha dvigatellar uchun Un dan +10% va -5%, yoritish uchun +5 va -2,5% kuchlanish og`ishiga yo`l qo`yiladi. Sexlarning nomi, qo`yilgan quvvatlari, talab koeffitsiyenti qiymatlari 1.1-jadvalida keltirilgan. Stanoksozlik korxonasi sexlarining variantlari bo`yicha qo`yilgan quvvatlari, Pqo`y, kVt 1.1-jadval
Iste’molchilarning talab koeffitsiyenti Kt, quvvat koeffitsiyentlar cos va tg bo`yicha ko`rsatkichlar ma’lumotnomadan [A-4] olinib, 1-2-jadvalida keltirilgan. 1.2.-jadval
1.3-jadval
Elektr energiya manbasi rayon podstantsiya bo`lib, unda 35 KV va 110 KV kuchlanishlar bor. Korxonadan manbagacha masofa 8 km. Topshiriq loyixasida quyidagi boblar bajariladi: Elektr yuklamalar hisobi Nominal kuchlanishlar tanlash Kuch tansformatorlarini tanlash Ichki elektr ta’minoti sxemasini tanlash 2 - BOB. ELEKTR YuKLAMALARI HISOBI 2.1. Yuklamalar hisobi uchun ishlatilgan hisoblash usuli Korxona sexlari uchun kuch va yoritish yuklamalarini aniqlash uchun talab koeffitsiyenti usulidan foydalanamiz. Sexlar bo`yicha aktiv va reaktiv kuch yuklamalari Ph.k. va Qh.k. qo`yidagi formulalar bilan topiladi: Ph.k. =Kt Pqo`y, kVt (1) Qh.k.= Ph.k. tg, kVAr (2) Sehlarning yoritish yuklamalari solishtirma quvvat zichligi Psol va talab koeffitsiyenti Kt.yo. qiymatlari bo`yicha topiladi. Ph.yo.=Kt.yo. Psol a b 10-3, kVt (3) bu yerda, K t.ye.=0,8 Lyumenitsent va DRL gazrazryadli lampalar ishlatilganda Qh.yo.= Ph.yo. tg, kVAr (4) bu yerda, - DRL lampalari uchun; - lyumenitsent lampalar uchun; Cho`g`lanma lampalar uchun Qhyo=0 2.2. Sexlar bo`yicha kuch yuklamalari hisobi 1. Ph.k1 =Kt1 Pqo`y 1= Qh.k.1= Ph.k1 tg1= ……………………… 10. Ph.k10 =Kt10 Pqo`y 10= Qh.k.10= Ph.k10 tg10= Kompressor stantsiyasida 80 % yuklama 10 kVli dvigatellar va 20 % 0,38 kV li dvigatellardan iborat. 2.3. Yoritish yuklamalarini hisoblash Sexlar bo`yicha solishtirma quvvat zichligi Psol ni ma’lumotnomadan [A-5] olish uchun normadagi yoritilganlik Yon, xonalarining o`lchamlari: bo`yi “a” va eni “b”, potolok, devorlar va ishchi yuzasining qaytarish koeffitsiyentlari p, s va r hamda yoritish tizimida ishlatiladigan yoritgichlar turi qabul qilinadi. p=50%, s=30%, r=10% qabul qilami. Yon ni aniqlash uchun sexlar xonalarida bajariladigan ishlarning aniqlik razryadlarini tanlaymiz. Stanoklar o`rnatilgan sexlarda va yig`uv sexida aniqlik razryadi IIIv, shtampovka sexida IVb, qolgan sexlarda VIIIa razryadi qabul qilinadi. Yoritish yuklamalarini hisoblash uchun qabul qilingan va tanlangan barcha ma’lumotlar 2.1.-jadvalda keltirilgan. Sexlar bo`yicha yoritish yuklamalarini aniqlaymiz. 1. Ph.yo1.=Kt.yo. a1 b1 Psol 10-3= Qh.yo.1= Ph.yo.1 tgyo= ………………………………. 10. Ph.yo10.=Kt.yo. a10 b10 Psol 10-3= Qh.yo.10= Ph.yo10. tgyo= 2.4. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni hisoblash va tanlash Kompensatsiyalovchi qurilmalarning kerakli quvvatini hisoblash quyidagi formula bo`yicha bajariladi. Qk.q.=Ph.ts.( tgh.ts.- tgnorm) bunda, Qk.q.- kerakli quvvat; Ph.ts.=Ph.k+Phyo – sexning umumiy aktiv yuklamasi; –sexning maksimal yuklamalari bo`yicha aniqlangan reaktiv quvvat koeffitsiyenti; Qh.ts.= Qh.k+Qhyo – sexning umumiy reaktiv yuklamasi kompensatsiya qurilmasini hisobga olmagan holda; tgnorm=0,33- normativ quvvat koeffitsiyenti- cosnorm=0,95 dan topilgan. Dastlab sexlarning umumiy aktiv va reaktiv yuklamalarini aniqlaymiz. 1. Ph.ts.1=Ph.k1 + Phyo1 = Qh.ts.1= Qh.k1 + Qhyo1 = …………………… 10. P.ts.10=Ph.k10 + Phyo10 = Qh.ts.10= Qh.k10 + Qhyo10 = Sexlar bo`yicha Qk.q ni aniqlaymiz. 1. Qk.q1.=Ph.ts1.( tgh.ts1.- tgnorm) = .................................................. 10. Qk.q10.=Ph.ts10.( tgh.ts10.- tgnorm) = Ma’lumotnomadan har bir sex uchun Qk.q. ga yaqin standart quvvatli, kuchlanishi 380 V li UKLN va UKPN turidagi komplekt kondentsator qurilmalarini tanlaymiz. Ularning nominal quvvatlari qatori quyidagicha: Qk. 110, 150, 220, 300 kVAr (TP transformatorlarining soni keyingi bobda tanlangandan keyin kondentsator batareyalar soni transformatorlar soniga teng yoki karrali qilib, qayta tanlanadi). Kondensator batareyalarini tanlash natijalari 2.2.-jadvalida keltirilgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling