Energetika fakulteti


Kichik va mikro gidroelektr stansiyalari


Download 180.1 Kb.
bet22/36
Sana30.10.2023
Hajmi180.1 Kb.
#1734939
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
Noan’anaviy elektr stansiyalari-hozir.org

Kichik va mikro gidroelektr stansiyalari. Noan’anaviy energetikani rivojlantirishning samarali yoʻnalishlaridan biri, bu kichik quvvatli GES yordamida katta boʻlmagan suv oqimlari energiyasidan foydalanishdir.
Bu yoʻnalishning muhimligi shu bilan belgilanadiki, bir tomondan salmoqli potensialga ega boʻlgan suv oqimlaridan foydalanish oson boʻlsa, ikkinchi tomondan, yirik daryolarning gidroenergetik potensiallaridan foydalanish potensiallarining amaliy jihatdan juda kam qolganligidir.
Elektr energiya ishlab chiqaruvchi kichik gidroenergetika obyektlari shartli ravishda uchta guruhga: 5000 kVt gacha quvvatli «mini» GES, 3÷100 kVt quvvatli «mikro» GES va oʻrnatilgan quvvati 25 MVt gacha boʻlgan kichik GESlarga boʻlinadi.
Mikro va mini GESlar qishloqlar, fermerlik xoʻjaliklari, shuningdek tegirmonlar, chekka hududlardagi katta boʻlmagan ishlab chiqarishlar, togʻli va borish qiyin boʻlgan joylar, yaqin oʻrtada elektr uzatish tarmogʻi boʻlmagan hududlar uchun ishonchli, ekologik toza, ixcham, oʻzini xarajatlarini tez oqlovchi energiya manbalaridir. Chunki ushbu hududlarda hozirda va keyinchalik ham elektr uzatish tarmoqlarini qurish mikro GESlarni qurishga nisbatan qimmatdir.
Katta boʻlmagan elektr stansiyalar tabiat landshaftini, atrof muhitni nafaqat ishlatish jarayonida balki qurilish jarayonida ham saqlab qolish imkonini beradi. Kichik"GESlarni ishlatish jarayonida suvning sifatiga salbiy ta’siri yoʻq boʻlib, suvning dastlabki tabiiy tarkibini saqlanib qoladi.
Boshqa ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻlmish quyosh, shamol energetikasiga qaraganda, kichik gidroenergetika ob havo sharoitlariga deyarli bogʻliq boʻlmay arzon va uzluksiz elektr energiya bilan taʻminlab bera olish imkoniyatiga ega.
Mikro-GESni deyarli barcha joylarda oʻrnatish mumkin. Gidroagregat energobloklardan, suv olish va chiqarish qurilmalardan hamda avtomatik boshqaruv qurilmalaridan iborat.
Energiya ishlab chiqarishning boshqa usullari kabi kichik GESlarning ham oʻziga xos afzallik va kamchiliklari bor.
Kichik GESlarni iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik afzalliklariga quydagilar kiradi: kichik GESlarni qurish hududning energetik mustaxkamligini taʻminlaydi, birlamchi yoqilgʻi manbasiga (koʻmir, gaz, mazut) bogʻlanib qolmaydi, organiq yoqilgʻi tanqisligini kamaytiradi, qurish jarayonida katta kapital mablagʻni talab qilmaydi, elektr energiyani ishlab
chiqarishda yonish jarayonidan hosil boʻluvchi issiq gazlarni va atrof- muhitni ifloslantiruvchi zaharli chiqindilarni ishlab chiqarmaydi.

    1. Download 180.1 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling