Energetika fakulteti


rasm. Oqimda ishlaydigan elektr stansiyasining ishlash


Download 180.1 Kb.
bet21/36
Sana30.10.2023
Hajmi180.1 Kb.
#1734939
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
Noan’anaviy elektr stansiyalari-hozir.org

rasm. Oqimda ishlaydigan elektr stansiyasining ishlash



prinsipi.
Avvaldan ma’lum boʻlgan oqim koʻpayishi hisobiga ishlaydigan elektr stansiyalari, dengiz suvlarini kelib tushishi bilan gidroagregatlar joylashgan binoni ajratib turuvchi toʻgʻondan iborat. Oqim koʻpayganda
suv gidroagregatlar yordamida koʻrfazga kelib tushadi, oqim kamayganda qaytib ketadi, ana shunda elektr energiyasi hosil qilinadi.
Sutka davomidagi elektr energiyasini ishlab chiqarishni bir maromda ushlab turish uchun koʻrfazni toʻgʻonlar bilan bir necha suv xavzalariga boʻlish mumkin, lekin amalda bu usul sarf-xarajatlarning yuqori ekanligi uchun qoʻllanilmaydi.
Suv toʻlqini energiyasi. Bu turdagi energiya aytarli yuqori solishtirma quvvatga ega ( okeanlar toʻlqini quvvati taxminan 15 kVt/m gacha boʻlishi mumkin).
Agar toʻlqin balandligi ikki metrga yaqin boʻlsa, bunda quvvat koʻrsatgichi 80 kVt/m gacha ortishi mumkin.
Albatta, bu ma’lumotlar shartli ravishda boʻlgani uchun, toʻlqin energiyasini butunlay elektr energiyasiga aylantirish imkoni yoʻq, shunday boʻlsa ham, boshqa energiyaga aylantirish koeffitsiyenti nisbatan yuqoridir
- 85%.
Qirgʻoq qanchalik tik, qiyalik va qirgʻoq boʻyi qanchalik chuqur boʻlsa, qirgʻoqqa yaqinlashayotgan toʻlqinlarda energiya shunchalik koʻp boʻladi (5.2 rasm).
Shamol okean va dengiz sathidan toʻlqinlarni harakatga keltiradi.
Toʻlqin va qirgʻoqqa uriladigan toʻlqinlar qatta zaxirali energiyaga ega. Balandligi 3 metr boʻlgan bir metrdagi har bir toʻlqin choʻqqisi oʻzi bilan 1000 kVt energiya olib keladi, har bir kilometrda esa 1 mln. kVt AQSH mutaxassislarining baholashicha dunyo okeani toʻlqinning umumiy quvvati 90 mlrd kVt ga teng.
Kichik gidroenergetika. Kichik GES larga quvvati 100 kVt dan 10 MVt gacha boʻlgan gidroenergetik agregatlar kiradi. Kichik agregatlar
mikro GES lar turkumiga tegishlidir. Bugungi kunda dunyo boʻyicha kichik GES laning umumiy quvvati 80 GVt ga yetdi.
Kichik gidroenergetika soʻnggi 10 yillikda dunyoning koʻpgina mamlakatlarida mustahkam oʻrin egalladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq aholisi yashaydigan joylarda alohida elektr energiya manbai sifatida kichik GES laming yaratilishi katta ijtimoiy ahamiyat kasb yetadi. Masalan, Rossiya davlatida kichik daryolarning energetik potensiali juda katta. Kichik daryolar soni 2,5 mln. dan ortiq boʻlib, umumiy oqim hajmi yiliga 1000 km3 dan oshadi.
Bugungi kunda mavjud boʻlgan vositalar bilan Rossiyadagi kichik GES larda yiliga 500 mlrd. kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish mumkin. Shu qatorda, mavjud boʻlgan kichik suv omborlaridan (ularning soni 1000 dan ziyod) ham energetik maqsadlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 180.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling