Energetika fakulteti


rasm Toʻlqin energiyasini olish prinsipi


Download 180.1 Kb.
bet23/36
Sana30.10.2023
Hajmi180.1 Kb.
#1734939
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
Noan’anaviy elektr stansiyalari-hozir.org

rasm Toʻlqin energiyasini olish prinsipi.

Kichik gidroenergetikaning yana bir muhim afzalliklaridan biri bu tejamkorligidir. Hozirgi vaqtda tabiiy energiya manbalari neft, koʻmir, gaz kamayib hamda qimmatlashib borayotgan bir vaqtda, kichik-kichik anhor va daryolarning energiyalaridan foydalanish arzon narxdagi elektr energiya bilan ta’minlash imkonini beradi. Kichik GESlarni qurish va montaj qilish ishlari ham ancha yenigl boʻlib, ularni qurilish boshlagan kundan boshlab 15-18 oyda toʻliq ishga tushirish mumkin.


. 5.3 rasm. Mikro GESdagi tashuvchi qurilmaning sxemasi



1-anhor; 2- suv chiqarish qurilmasi; 3- platina; 4- gidroturbina;

5- gidrogenerator; 6-bosim.



5.4- rasm.. Derivatsion GESning sxemasi.

1-suv chiqarish qurilmasi; 2-suv uzatish yoʻlini bosimsiz qismi; 3- suv uzatish yoʻlining tayanchi; 4-Bosimli hovuz; 5- suv uzatish yulining bosimli qismi; 6-gidro elektr agregati; 7-suv uzatish yoʻli bosimsiz qismining koʻndalang kesim yuzasi

Sinov savollari


1. GESlarning ishlash prinsipini tushuntirib bering? 2.GESlar quvvatiga bogʻliq holda necha turga boʻlinadi?
  1. Yuqori va qoʻyi beflar deganda nimani tushunasiz?


  2. GESning quvvati va bosim opasida qanday bogʻliqlik mavjud?


6. GEOTERMAL ENERGETIKASI Reja:

    1. Geotermal va gidrotermal energetika


    2. Petrotermal energetika


    3. Past potensialli issiqlik energetikasi


    4. Issiqlik nasoslarini (IN) turlari va ishlashi


    5. Geotermal issiqligida IN ishlashi.


Yer yuzasi quyosh singari issiqlik energiyasini nurlantiradi. Bu energiya geotermal energiya geotermal energiya deb atalib, u odamlarni issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Uni ishlab chiqarish atrof-muhitga tasir jihatdan ekologik toza hisoblanadi.


Geotermal energiya yerda yonuvchi gazlar va kosmik changlarning aralashishi jarayoni natijasida 4 milliard yil avval paydo boʻlgan. Yer yadrosining 6,5 ming kilometr atrofidagi chuqurligida harorat 5000°C gacha koʻtarilishi mumkinligi aniqlangan.
Qadimda odamlar yer ostidan otilib chiqqan qaynoq va issiqlik suv manbalardan davolash maqsadida foydalanganlar. Vaqt oʻtishi bilan bu shifobaxsh suvlardan boshqa maqsadlarda ham foydalana boshlangan. Qadimgi oʻsimliklar Pompey shahrida geotermal suv yordamida oʻz binolarini isitish tizimini yaratishgan.
Yerning issiqlik energiyasi cheksizdir, chunki ulkan energetik qozon boʻlgan yer kurrasi ostida radioaktiv izotoplarning parchalanishi natijasida yer qobigʻi va mantiyasida hosil boʻladigan juda katta issiqlik va energiya zaxiralari mavjud.
Energiyaning koʻpligi Yerning litosferik qatlamini yildan-yilga bir necha santimetrga surilishiga, bu oʻz oʻrnida vulqonlarning otilishi va yer silkinishlari hodisalariga olib kelmoqda.
Afsuski, insoniyat vulqon energiyasini turmushimizga tadbiq etib foydalanishini unchalik oʻzlashtira olgani yoʻq.
Yer qarida paydo boʻladigan yashirin energiya yer qobigʻi va mantiyasi haroratning yer yadrosiga yaqinlashgan sari oshishidan kelib chiqadi.
Bu harorat har bir kilometr chuqurlikka tushgan sayin oʻrtacha 20°C ga oʻsib boradi, bu esa oʻz oʻrnida katta chuqurlikdagi suvning sezilarli darajada qizishiga olib keladi. Vulqonli hududlarda bu suvni yer qobigʻidagi dars ketgan yoriq joylardan, seysmik jihatdan tinch joylarda esa burgʻilangan quduqlardan olish mumkin. Buning uchun quduqlarga sovuq suv yuborib burgʻilangan joy yonidan yuqoriga koʻtarilayotgan geotermal suv va undan ajralayotgan bugʻni olish mumkin (6.1-rasm).
Qizigan geotermal suvni va undan hosil boʻlgan bugʻni olish bir qarashda oddiy boʻlib koʻrinsada, uni turbogeneratorlar yordamida elektr energiyasiga aylantirish, bunday usul bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish texnikasini qoʻllash oʻziga xos yetarlicha ilmiy texnik muammo boʻlib hisoblanadi.
Geotermal energiyaning asosiy afzalliklari va kamchiliklari:
Geotermal energiyani qoʻllashda uning afzalliklari va kamchiliklari haqida unutmaslik kerak.

Download 180.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling