Energetika fakulteti


Energiyani bir turdan boshqasiga oʻzgartirish


Download 180.1 Kb.
bet3/36
Sana30.10.2023
Hajmi180.1 Kb.
#1734939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Noan’anaviy elektr stansiyalari-hozir.org

Energiyani bir turdan boshqasiga oʻzgartirish. Energiyani bir turdan boshqasiga oʻzgartirish toʻgʻridan-toʻgʻri, bir yoki koʻp bosqichli boʻlishi mumkin. Shulardan eng kam tarqalgani toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzgartirish tizimlaridir.
Energiyani bir turdan boshqasiga oʻzgartiruvchi tizimlarning koʻpchiligi uchun quydagi shartlar mavjud:
  • energiyani bir turdan boshqasiga oʻzgartirishda bir yoki bir necha turdagi koʻp bosqichli oʻzgartiruvchilar ishtirok etishi;


  • energiyani oʻzgartirish toʻgʻridan-toʻgʻri yoki toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzgartirishsiz tizimlar uchun koʻp bosqichli;


  • oʻzgartirishning asosiy turi mexaniq;


  • birlamchi energiya manbai - atrof-muhit;


  • oʻzgartiruvchilarning geometrik oʻlchamlari cheklangan;


  • oʻzgartirish va iste’mol qilishning vaqt masshtabi bir xil va bir oʻlchamli.


Masalan, bu shartlarga koʻra, mexaniq energiyani toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzgartirishli tizimlar, mexaniq energiyani tashqaridan iste’mol qiladi, uni shu holda iste’molchilarga taqsimlaydi va ishlatadi. Albatta, bu jarayonda energiyani bir turdan boshqasiga aylantirish shakli, masalan muhitning ilgarilanma, qaytuvchi-ilgarilanma yoki tebranuvchi harakati oʻzgartiruvchining aylanma harakatiga yoki aksiga oʻzgartirilishi mumkin. Buning asosida turli xil oʻxshash strukturali modelga ega qurilmalar yaratilishi mumkin.


1.1 rasm - Energiyani bir turdan boshqasiga oʻzgartirishning umumiy model koʻrinishi.



Issiqlik elektroenergetikasi. Bu sohada elektr energiyasi organiq yoqilgʻini yonishidagi kimyoviy energiyadan foydalangan issiqlik elektr stansiyalari (IES)da ishlab chiqariladi.
An’anaviy IES quyidagilarga boʻlinadi:
    • kondensatsion (ICES) - faqat elektr energiyasi ishlab chiqariladi;


    • issiqlik elektr markazlari (IEM) - elektr energiyasi bilan birga issiqlik energiyasini ham ishlab chiqaradi.


Qurilmalar turiga koʻra:


    • bugʻ turbinali qurilmalar yordamida enegiya hosil qilinuvchi bugʻ- turbinaji elektr stansiyalari;


    • gaz-turbinali bilan bugʻ-turbinali qurilmalar birgalikda energiya hosil boʻladigan bugʻ-gaz elektr stansiyalari.




IES larida yoqiladigan yoqilgʻilarning xususivatlari IES larda uch turdagi yoqilgʻi ishlatiladi:
      • gazsimon;


      • suyuq va qattiq holdagi (1.2-rasm)





Download 180.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling