"Energetika (Issiqlik enеrgеtikasi)" bakalavr ta'lim yo’nalishi


- jadval Bug' gaz qurilmasi o'rnatilishi loyihalashtirilgan stansiyalar


Download 0.49 Mb.
bet16/23
Sana08.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1441988
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi q

- jadval Bug' gaz qurilmasi o'rnatilishi loyihalashtirilgan stansiyalar

Ko’rsatgichlar

O’lchov birligi.

Stansiya

Toshkent
IES

Navoiy
IES

Toshkent
IEM

Mub
IEM

Quvvati

Elektr issiqlik
energiyasi

MVt Gkal/s

370
78

350
150

64
71

106
260

Yillik ishlab chiqarish

Elektr energiya issiqlik
energiyasi

Mln.kVt
/s Ming.G kal

288
267

2650
821

486
552

850
2000

Yoqilg’i o’rtacha
sarfi

Elektr issiqlik
energiyasi

kVt/soat GKg/Gk
al

225
170

232
170

152
170

158
155

Yoqilg’i iqtisodi



sh.yo. tonna
/yil

434

458

106

220

Emissiya koeffisenti

k/gVt/s

370

380

250

260

Emissiya kamayishi

sh.yo. tonna
/yil

710

750

175

362

Ishga tushirish yili




2008

2012

2010

2015




    1. - jadval 478-mVtli Bug’ gaz qurilmasi korsatgichlari.

Qurilma turi:

Kombinatsiyalashgan bug’ gazli qurilma ko’rsatgichi

Umumiy quvvati:

477.75 MVt

Generator gaz turbinasi

313.6 MVt

Generator va bug’ turbinasi

164.15MVt

Bug’ turbinasidagi bosim

138 bar

Bug’ning harorati

550 ̊C

Bug’ning birlamchi sarfi

330 T/soat

Bug’ning ikkilamchi sarfi

377 T/soat

Bug’ turbinasi kondensatordagi
vakum

0,96

Qo’shimcha yumshatilgan suv sarfi

7,5 m3/soat

Sovituvchi texnik suv sarfi

21762 m3/soat

Gazning sarfi

90000 nm3/soat

Shartli yoqilg’i o’rtacha sarfi

235 g/kVt soat




Shaxsiy ehtiyoji uchun elektr-
energiya sarfi

5,76 yoki 27,5 MVt

Bug’-gaz qurilmalarining asosiy parametrlarni taqqoslash

Bitiruv malakaviy ishida ko‘riladigan masalaga muvofiq hamda turbinasozlik korxonalari tomonidan tayyorlangan bug‘ turbinali qurilma nomenklaturasiga ko‘ra, shuningdek texnik adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib bug‘-gaz qurilmasi tarkibida ishlaydigan bug‘ turbinali qurilmaning quyidagi asosiy parametrlarini tanlaymiz:


Turbogeneratorning nominal quvvati:

Nэ = 400 MVt; (2.22)


Bug‘ning boshlang‘ich parametrlari o‘ta kritik parametrlar shaklida tanalanadi:


Р0=23,5 MPa; t0 =540 °C; (2.23)

Kondensatordagi bosim: Рк=5 kPа.


Oraliq bug‘ qizdirishdagi bosim va harorat:


Рoq=4,08 MPa; toq=565 °C (2.24)


Prototip sifatida LMZ (Sankt-Peterburg metall zavodi)da tayyorlangan K- 300-240 bug‘ turbinasini tanlaymiz. K-300-240 bug‘ turbinasining nominal quvvati 300 MVt, bug‘ning boshlang‘ich bosimi 23,5 MPa bo‘lib, ikki qutbli TVV-330-2 o‘zgaruvchan tok generatoriga uzatma shaklida ulanishga mo‘ljallangan, blokda o‘rnatilganda to‘g‘ri oqimli qozon agregati bilan ishlaydi, yoqilg‘i turi – organik. Mazkur ishda keltirilgan issiqlik sxemasida bug‘ generatori ko‘mirni gazifikatsiyalash mahsuli bo‘lgan sintez gazida ishlaydi.


Turboqurilmaning ikki xil ish rejimi ko‘zda tutilgan, ulardan biri hisobiy rejim (bazaviy ish rejimi) bo‘lsa, ikkinchisi esa energetik blokning samaradorlik
ko‘rsatkichlarini pasaytirmaydigan darajada hisobiysidan farq qiladigan rejim sanaladi. Birinchi hisobiy sanaladigan rejim bu – gaz turbinali qurilma va bug‘ turbinali qurilmalarning parallel ishlashidir, bu yerda issiqlikni regeneratsiyasi va ta’minot suvining qizdirilishi gaz-suv qizdirgichida amalga oshiriladi. Bunda bug‘ turbinali qurilmaning o‘zidan deaeratorga, turbonasos
uzatmasiga va drenaj to‘kilmasiga ega bo‘lgan ikkita past bosimli qizdirgichga bug‘ olinmasi olinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, gaz turbinali qurilma uchun sintez-gazi ishlab chiqaruvchi gazifikatorning qo‘shimcha ulanishi hisobiga bug‘ turbinali qurilma siklidan gazifikatordagi bosimni ko‘tarish uchun 3,5 MPa bosimli bug‘ olinmasi olinadi.
Ikkinchi ishlash rejimida (gaz turbinali qurilma o‘chirilgan, avtonom ish rejimi) bug‘ turbinali qurilma gaz-suv turidagi issiqlik almashingichida regeneratsiyalanishi lozim bo‘lgan issiqlikni o‘zida saqlab qoladi. Bu issiqlikdan foydalanish uchun sxemaga qo‘shimcha ravishda yutilizator qozoniori bosimli qizdirgichlar va ikkita past bosimli qizdirgichlar ulanadi. Shuning uchun ham biz gaz turbinali qurilma bilan birga ishlashga moslashtirilgan qurilmani to‘liq va alohida-alohida hisoblash ishlarini amalga oshiramiz.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda optimal issiqlik sxemasini tanlash masalasi ham alohida e’tiborga olingan. Ishda beshta prinsipial issiqlik sxemasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan ikkitasini issiqlik sxemasi to‘liq va bug‘ turbinali qurilma uchun alohida bajarilgan. Parallel ulanish sxemasiga ko‘ra gaz turbinali qurilmadan chiqayotgan gazlar issiqligidan to‘laqonli folydalanish imkoniyati mavjud bo‘lishi isbotlandi. Bunda bug‘ turbinali qurilma uchun ishlatilayotgan bug‘ning bir qismi qozon-utilizatorda hosil qilinadi va kombinatsiyalashgan ish rejimida nihoyaviy quvvat ishlab chiqarishini yaxshilash maqsadida bug‘ turbinasining o‘rta bosimli silindriga uzatiladi. Yarim bog‘lanishli ishlash sxemasida esa bug‘ turbinali qurilmaning o‘zini yutilizator qozoniori samaradorlik ko‘rsatkichiga erishtirish asosiy masala sanaladi, ya’ni bug‘
turbinasining alohida qismlaridagi bug‘ sarfi alohida va bug‘-gaz siklli rejimda ishlaganda bir xil qiymatni tashkil qilishi lozim.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling