"Energetika (Issiqlik enеrgеtikasi)" bakalavr ta'lim yo’nalishi
– rasm.Qozon utilizator qirqimi chizmasi
Download 0.49 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi q
– rasm.Qozon utilizator qirqimi chizmasi.1 – yonish kamerasi; 2 – Baraban o’rnatiluvchi karkas; 3,5,6 – Baraban; 7 – tirgaklar; 8 – Bug’ – suv aylanish quviri; 9 – Bug’ kollektorlari; Utilizator – qozonli bug’-gaz qurilmalarilarning asosiy ko‘rsatkichlari.Utilizator qozonili bug’-gaz qurilmalari energetikada keng tarqalgan va istiqbolli bug‘-gaz qurilmalaridan biri sanaladi va boshqa turdagi qurilmalardan sodda tuzilishi hamda elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi yutilizator qozoniori samaradorligi bilan ajralib turadi. Bu turdagi bug’-gaz qurilmalari – kondensatsion rejimda ishlaganda iste’molchilarga elektr energiyasi uzatish bo‘yicha foydali ish koeffitsiyenti (FIK) 55 – 60 % bo‘lgan jahonda yagona energetik qurilma hisoblanadi. Katta quvvatli zamonaviy bug’-gaz qurilmalarning ekspluatatsion xarajatlari qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan bug‘ turbinali IESlar xarajati bilan taqqoslaganda ikki marotaba kamdir. Bosqichma-bosqich ekspluatatsiyaga kiritilish xususiyatiga ko‘ra utilizator qozonili bug’-gaz qurilmalarining qurilish muddati boshqa turdagi barcha katta quvvatli IESlar bilan taqqoslaganda anchagina qisqa vaqt talab qiladi. Bug’-gaz qurilmalarining istiqbolliligini belgilaydigan asosiy sabablardan biri yoqilg‘i sifatida dunyoda zahirasi eng ko‘p deb hisoblanayotgan tabiiy gazdan foydalanilganligidadir. Qurilmaning asosiy elementi sanaladigan energetik gaz turbinali qurilmalari uchun tabiiy gaz eng maqbul deb topilgan yoqilg‘i turi sanaladi. Tabiiy gazni magistral gaz quvur yo‘llari orqali uzoq masofalarga yaxshi trasportirovka qilinadi. Uni siqilgan ko‘rinishda suyutilizator qozoni holatda ham yetkazib berish mumkin (LNG). Bunday gazda Yaponiya va Janubiy Koreyadagi bug’-gaz qurilmalarida keng foydalaniladi. Bug’-gaz qurilmalarining gaz turbinali qurilma lari uchun og‘ir uglevodorodli neft yoqilg‘ilaridan, neft xom-ashyosidan, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan, ko‘mirni gazifikatsiyalashda olinadigan sintetik gazlardan ham yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin. Oddiy bug’-gaz qurilmalarining issiqlik sxemalari Brayton-Renkin termodinamik sikliga ko‘ra ishlaydi. Energetik gaz turbinali qurilmalarning chiqish gazlari asosiy issiqligini boshqa ish jismiga berish uchun bug‘-suv sikli joylashgan utilizator qozoniga kiradi. Utilizator qozonida ishlab chiqarilgan bug‘ bug‘ turbinali qurilmaga uzatiladi va qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi. bug‘ turbinali qurilmada ishlatib bo‘lingan bug‘ qurilma kondensatorida kondensatsiyalanadi va kondensat nasoslari yordamida yana utilizator qozoniga haydaladi. Gaz turbinali qurilmaning chiqish gazlari issiqligi potensialidan foydalaniladigan utilizator qozoninining bug‘ ishlab chiqarish issiqlik sxemasi va gazlardan bug‘-suvli ish jismiga issiqlik uzatilishi utilizator qozoni uchun qabul qilingan harorat naporining minimal ko‘rsatkichi Θ (pinch point) sifatida bug‘latgichning sovutilizator qozoni uchidagi tashqi tomonlari qovurg‘ali tarzda tayyorlangan quvurlardan iborat qizdirish yuzalaridagi haroratdan foydalaniladi. Bu yerda gaz turbinali qurilmadan chiqish gazlari 80-130 °C gacha sovitilishi natijasida bug’-gaz qurilmalarining samaradorlik ko‘rsatkichini oshirishga erishiladi. Utilizator qozoniga ega bug’-gaz qurilmalarining issiqlik oqimlari sxemasi 2.5 – rasmda tasvirlangan va alog‘ida elementlar o‘rtasidagi texnologik bog‘lanishlar ajratib ko‘rsatilgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling