"Energetika (Issiqlik enеrgеtikasi)" bakalavr ta'lim yo’nalishi


Suv resurslarini ifloslanishdan saqlash va qayta tiklash chora tadbirlari


Download 0.49 Mb.
bet21/23
Sana08.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1441988
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi q

Suv resurslarini ifloslanishdan saqlash va qayta tiklash chora tadbirlari. Dunyoda axolining tez o’sishi va urbanizatsiya jarayoni sanoatning rivojlanishi qishloq xo’jalik ekinlari maydonining asosan sug’oriladigan yerlarning kengayishi chuchuk suvga bo’lgan talabni yanada kuchaytiradi, oqibatda iflos chiqindi suvlar miqdori ortib, ichki suv havzalari tobora ifloslanib boraverdi. Natijada chuchuk suv resurslarining sifatining yomonlashishdan tashqari suvning tabiatda aylanib yurish jarayoniga ham salbiy tasir etadi. Shu sababli zudlik bilan suv resurslarining sifatini tekshirish yuzasidan nazorat o’rnatish.Suv resurslarini ifloslanishdan saqlashda va uni qayta tiklashda quydagi tadbir choralarni amalga oshirish kerak.Dunyodagi barcha mamlakatlar chuchuk suvning sifati normativini yani suvlarda zararli moddalarning normadagi maxsimum konsentraksiyasining ishlab chaqarish va joriy etishiga qatiy rioya etilishi zarur.O’zbekiston sanoat korxonalaroda suvdan berk siklda foydalanib, chuchuk suvni iqtisod qilish boshqa davlatlar ko’rsatkichidan ancha past bo’lib, 45% ni tashkil etadi. Sanoat korxonalarida suvdan bak usulda qayta foydalanish Olmaliq kimyo zavodida yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bunda oqava suv ishlatilgan iflos suvlar va havzalarga chiqarib tashlanmaydi, ular tozalanib qayta ishlatiladi natijada har yili zavodda 10 million m3 suvni iqtisod qilib qolinmoqda. Shunday qilib sanoat korxonalarida suvdan berk va qayta usulda foydalanishga o’tib bir tomondan chuchuk suvni tejab qolsa ikkinchi tomondan ifloslangan suvning suv xavzalatga oqishiga chek qo’yadi,oqibatda daryo, ko’l, suv ombori, kanal suvlari toza saqlanadi. Suv resusrlarni ifloslanishdan saqlash va qayta tiklanishning yana bir chor tadbirlari, bu bir necha bir – biriga yaqin korxonalarning suvidan qayta foydalanilgan holda foydalanishga o’tishdir.
Iflos chiqindi suvlar miqdorini kamaytirib suv resurslarini toza saqlashda planli ravishda har bir korxona qoshida chiqindi suvlarni tozalovchi
inshootlarni qurish va tozalash usullarini takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Bu sohada O’zbekistonda ma’lum ishlar qilinayotgan bo’lsada lekin suvni ko’p ifloslovchi ximiya , neft – ximiyasi mikrobiologiya rangdor metallurgiya kabi sanoat korxonalari qoshidagi tozalovchi inshootlarning iflos chiqindi suvdagi moddalarni zararsizlantirish samarasi juda past.
Oqibatda o’sha iflos suvlar to’la tozalanmasligi tufayli “tozalangan suv” tarkibidagi zararli moddalarning miqdori normadagidan ortiqdir, buning ustiga jumhuriyatimizdagi yengil oziq – ovqat, sut – go’sht va boshqa qishlq xo’jalik korxonalarida iflos chiqindi suvning tozalovchi inshootlari kam, oqava suvdan foydalanishda maxsus qurilmalari qurilgan.
Suv xavzalar xisobidagi ifloslanishni baxolashida real gidrodinamik jarayonlar, soddalashtirilganlarga almashtiriladi. Vaqt davomida o’rnashgan jarayonda energetik qurilmadan suv xavzalarga o’rnatilgan issiqlikning hammasi atmosferaga o’tadi.
Shamol tezligi xisobidan, «issiqlik bulut» ko’tarilishining balandligiga bog’liqligi. Adiabatik kengayish jarayonida (suvli bug’ kondensatsiyalanishning xisobga olinmaganda) «issiqlik bulut» harorati taxminan 100m ga 1S o’zgarishi qabul qilinadi. Haqiqiy o’zatishlar, havo harorati va atmosfera bosimlariga bog’liq bo’lib, ancha farqlanishi mumkin.
Yakkali energetik qurilmalar ustidagi «issiqlik orollari» vaqt davomida shamol va boshqa faktorlar ta‘sirida bekaror bo’ladi. Shuningdek issiqlik chiqindilarining atmosferaga chiqarilishi mintaqaviy darajada bo’lib, bir nechta qurilmalar ishlagan holda va energiya istemollashida zamonaviy ilmiy texnikaviy inqilobning pog’onasi deb xisoblanadi. Yetarli darajali mahalliy issiqlik manbaning har qaysisi shamolsizlikda termik sirkulyatsiya paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi.
Bir necha yuz metrli balandliklarda bu xodisani nazorat etish mumkin.Elektr stansiyalarni zararli tashlamalarini atrof–muhitga ta’sirini baholash uchun vaqt birligida turli xil zararli moddalarni miqdoriy hisobini bajarish zarur. Tutun gazlari bilan birga tashlanadigan kul, qorakuya va
koksning zarrachalari uchib ketadigan deb nomlanuvchi bо‘lib, qorakuya ulushidan mikrondan о‘n va yuz mikrongacha о‘lchamiga ega.
О‘txona gazlari bilan uchib ketayotgan kul miqdori, qkul, kg, 1 kg yoqilgan yoqilg‘iga tо‘g‘ri keladigan, yoqilg‘ini mexanikaviy tо‘la yonmasligini inobatga olganda (q4, %) quyidagini tashkil etadi:
qkul=0,01uk(Au+ q4Qqu/Qyon), bunda: Qqu – yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi, Mj/kg;
Qyon =32,7 Mj/kg – uchib ketayotganlardagi yonuvchi moddalarning о‘rtacha issiqligi;
uk – gaz oqimi bilan uchib ketayotgan kul zarralarining ulushi;

uk= 0,9-0,95 о‘txonada qattiq shlak xalos qilinishida va 0,7-0,85 suyuq shlak xalos qilinishida.


Vaqt birligida atmosferaga kul zarrachalarini massaviy tashlanishi MKUL, g/s, elektr stansiyalardagi kul tutgichlar bilan ularni ushlab qolinishi inobatga olinganda quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin bо‘ladi:
Mkul= qkulV(1- k.t.)103,
bu yerda: V – elektr stansiyaga sarflangan yoqilg‘i, kg/s;

k.t – kul tutgichlardagi qattiq yoqilg‘ilarni ushlab qolish darajasi, odatda


k.t=0,98-0,99 ga teng.

Masalan, 2400 MVt quvvatli elektr stansiyalar uchun AU=17-20%li yoqilg‘ining о‘rtacha kullanishida mо‘ri quvurlari orqali uchuvchan kulning yalpi tashlanishi 700 g/s (2,5 t/soat) ga yaqinni tashkil etadi. Ishchi massasidagi dastlabki kullanishi ancha yuqori bо‘lgan yoqilg‘ilarni yoqishda kulni ushlab qolishni samarali ta’minlanishi eng qiyin masalalardan biri bо‘lib qoldi.


Hududning atrof–muhitini sanitar normasini ta’minlash maqsadida tutun gazlarining oqimidagi kul zarrachalarini ushlab qolish darajasi k.u=0,995 ni
tashkil qilishi kerak, k.u=0,98 dan о‘tishiga qaraganda kulning о‘tib ketish ulushini 4 marta kamayishiga tо‘g‘ri keladi, elektr filtrlarning kul ushlab qolishining foydalanish sarflari 2 martaga yaqin oshib boradi.Yoqilg‘i tarkibidagi oltingugurtning Su asosiy miqdori SO2 gacha yonishga ulguradi. Uni atmosferaga yalpi tashlanishini quyidagi tenglamaga kо‘ra aniqlash mumkin:

M SO2 =2103 V (Su/100)(1-q)(1-q),


bu yerda: q - qozonning gaz yо‘llarida ishqorli xususiyatlariga ega kul zarrachalarining yuzasidagi oltingugurt oksidlarini betaraflash darajasi; q – kul tutgichlarda ushlab qolingan oltingugurt oksidlarining ulushi.


Kulni quruq holda tutgichlar (siklonlar, elektr filtrlar)da oltingugurt oksidlari deyarli ushlab qolinmaydi (q=0). Shuning bilan bir vaqtda kulni hо‘l holda tutgichlar (skrubber)da ularni ishqorli eritmalar Sa(ON)2 va Na2CO3 bilan yuvilishda SO2ni yuqori yutish darajasiga erishish mumkin bо‘ladi:
q=0,8-0,9. Bu, SO2ni atmosferaga tashlanishining eng samarali kamaytirish usulidir. Oxirgi ifodadagi koeffitsiyent 2, SO2 (M=64) ni molekulyar og‘irligini oltingugurt massasiga S (M=32) ga kо‘ra ortishini inobatga oladi. 2400 MVt quvvatli elektr stansiyada mazutni yoqishda (SU=2%), SO2ni mо‘ri quvurlari orqali yalpi tashlanishi 9300 g/s (33,5 t/soat)ni tashkil etadi. Bu havo havzasini zararli moddalar bilan kо‘p ifloslanishning asosiy omillaridan biri bо‘ladi.
Azot oksidlarining tashlamalari NO2 miqdorlari bilan hisoblanadi. Barcha о‘txona va gaz yо‘llarida azot oksidining asosiy qismi azot (II) oksidi NO kо‘rinishida bо‘lsa ham, atmosferada u ozon O3 bо‘lishi tufayli azot (IV) oksidi NO2 gacha oksidlanadi. Mash’ala yadrosida azot oksidlarini hosil qilish miqdorini aniqlash qiyin, chunki NO2ni chiqishi kо‘p omillarga bog‘liq bо‘ladi, shu jumladan yonishning harorat darajasiga, yonish zonasidagi ortiqcha havoga, yuqori harorat zonasidagi yonish mahsulotlarini bо‘lish vaqtiga, dastlabki yoqilg‘i massasidagi NYO, % azot borligiga, о‘txonaga gazlarni qaytib kelish ulushi va boshqalarga. О‘rtacha, gaz va mazutni yoqishda chiqib ketayotgan
gazlarda NO2 ni miqdori 0,6 – 0,8 g/m3ni tashkil etadi, qattiq yoqilg‘ini yoqishda esa 1 g/m3 ga yaqin. Masalan, 2400 MVt quvvatli elektr stansiya uchun kam ortiqcha havo (о‘t1,05) bilan mazutni yoqishda yondirgich zonasiga gazlarni qayta aylanishida r=7%, NO2 oksidlarining yalpi tashlanishi 2100 g/s (7,56 t/soat)ni tashkil etadi. Bu raqam elektr stansiyalarning mо‘ri quvurlari orqali SO2ning yalpi tashlanishidan kam bо‘lsa ham, havodagi azot oksidlarning ruxsat etilgan eng kо‘p bir martalik konsentratsiyasi undan olti baravarga kam. Shuning uchun NO2 tashlamalari, ayniqsa, boshqa zararli moddalar bilan birgalikda, odatda, atmosferaga asosiy xavf tug‘diradi.Issiqlik elektr stansiyalarning zararli tashlamalarini atrofdagi hududga baland mо‘ri quvurlari (200 m yuqori balandlikda) orqali sezilarli ta’siri IES atrofidagi 20-50 km diametrdagi hududga tarqaladi. О‘txona gazlaridagi zaharli moddalar о‘simlik va hayvonot dunyosiga, insonlarga hamda bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalariga salbiy ta’sir etadi. Azot (IV) oksidi NO2 kо‘z, nafas yо‘llarini shilliq pardalarini о‘ta yallig‘lantiradi. U suyuq muhitlarda yomon eriydi, shuning uchun о‘pkaga chuqur kirishi mumkin. Undan tashqari, azot oksidi quyoshning tabiiy radiatsiyasini spektrning ultra binafsha va kо‘rinadigan qismida yutib atmosferani tiniqligini kamaytiradi. Inson organizmiga ta’sir qilish darajasiga kо‘ra zararli moddalar qator turkumlarga bо‘linadi. О‘ta xavfli moddalarga vannadiy (V) oksid V2O5 va benz (a) piren S20N12 kiradi. Birinchi birikma oz miqdorda mazutning yonishidan hosil bо‘ladi. Benz (a) piren esa ayrim yonish zonalarida kislorodning yetishmasligi hollarida turli xil yoqilg‘ilarni yoqishda о‘txona gazlarida paydo bо‘lishi mumkin. Yuqori xavfli moddalarga azot (IV) oksidi (NO2) va oltingugurt angidridi SO3 mansub. Oltingugurt (IV) oksidi SO2 va azot (II) oksidi (NO) о‘rta xavfli moddalarga taalluqlidir.

  1. Download 0.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling