"Energetika (Issiqlik enеrgеtikasi)" bakalavr ta'lim yo’nalishi


Download 0.49 Mb.
bet5/23
Sana08.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1441988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi q

Gaz xo’jaligi. Tabiiy gaz Shurtan va Buxoro gazi 2 trubadan keladi, bosimi 1,6 MPa GRP 1 va GRG orqali stansiyaga o’tadi.1 GT punktida 4 ta bir xil nominal ishlab chiqarish quvvati 150000 nm3/soat piraml ulangan. GT punkti 2 da esa uchta parallel quvurlar bor. Gaz taqsimlash punkti 2 tasi ham bir xil ishlaydi. Quvurlar 3 qismida MPa sarf o’lshash diagramma 7 ga uzatadi. Har qaysi gaz taqsimlagich quvuridan 4 tadan qozonga yoqilg’i uzatadi.
Elektr stansiyaga gaz 0,7-1,3 MPa bosimli gaz taqsimlash stansiyasi yoki magistral gaz quvurlari orqali keladi. Elektr stansiyalar gaz saqlovchi omborga ega emas. Yondirgichlarda yonadigan gazni kerakli 0,13-0,2 MPa bosimgacha tushirish uchun gaz taqsimlash markazi (GTM) da drossellanish hosil qilinadi. Portlash xavfi bо‘lganligi va drossellash vaqtida qattiq shovqin chiqqanligi uchun bu GTM lar issiqlik elektr stansiyalar chetida alohida joylashadi. Gaz yoqilg‘isini uzatishning texnologik chizmasi 4.2-rasmda kо‘rsatilgan.
Har bir GTM da bir nechta (kо‘pincha uchta) bosim rostlagichlari о‘rnatilgan gaz quvurlari mavjud, ammo bularning bittasi doimO zahirada
turadi. Bundan tashqari rostlagichlardan alohida baypas tizimi ham bor. Gazni har xil chiqindilardan tozalash maqsadida rostlagich klapanlar oldida filtrlar (tozalagichlar) bor.
Rostlagich klapanlar “о‘zidan keyingi” kerakli bosimni ushlab turishga xizmat qiladi. Favqulotda (avariya) holatlarda gaz bosimi keragidan ortiqcha kо‘tarilib ketganda, saqlovchi klapanlar ishlab, gazni havoga chiqarib yuboradi va gaz quvuridagi kerakli bosimni saqlab qoladi. Qozonga kelgan gaz quvurining asosiy qurilmalari gaz sarfining avtomatik rostlagichi va tez ishlaydigan kesuvchi klapandir.
Gaz sarfining avtomatik rostlagichi bug‘ qozondagi doimiy issiqlik quvvatini ta’minlab turadi. Gaz kelishida portlash xavfi tug‘ilganda impulsli rostlagich qozonga gaz kelishini avariya holatda (о‘txonada mash’al о‘chib qolsa, yondirgich oldida havo bosimining kamayishi, tutun sо‘rgich va havo uzatuvchi ventilyatorlar tо‘xtab qolishi va hakozolar) tо‘xtatadi.




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling