Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat
Download 248.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat
Gaz sanoati. Bu mamlakat yoqilg‘i-energetika sanoatining eng rivojlangan va iqtisodiyotda
salmoqli tarmog‘idir. Uni qazib olish va ishlatish miqdori katta tezlik bilan o‘sib bormoqda (masalan, mamlakatimda 1990-yilda 40,7 mlrd. m 3 , 1995-yilda 48,6 mlrd. m 3 , 2002 yilda 58,4 mlrd. m 3 ). Hozirda 0‘zbekiston gaz zaxiralari va qazip shig’ariwda dunyoda birinchi o‘ntalikga kiradi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarida Rossiya va Qozog‘istondan keyin 3-o‘rinda turadi. Mamlakatimizda neft bilan birga uchraydigan tabiiy gazni qazib olish 1940-yildan oldin boshlangan. Yilma-yil mamlakatimiz gaz sanoatining geografiyasi kengayib borgan. Dastlab Farg‘ona vodiysida, 1960-yillarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 1970- yillardan boshlab Qashqadaryoda gazning g‘oyat katta zaxiralari topilgan. Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududlaridan ham ko‘pgina gaz konlari topilgan. 1958 - 1960- yillarda Jarqoq-Buxoro-Toshkent gaz quvuri qurildi. Ushbu magistralning qurilishi shahar va ko'pgina qishloqlarni gazlashtirishga imkon berdi. 1962-yilda katta zaxiraga ega bo‘lgan gazli kon ishga tushirildi. Natijada 0‘zbekistonda birinchi marta gaz katta quvurlarda boshqa hududlarga, Rossiya (Ural), Qozog‘iston, Tojikiston va boltiqbo‘yi davlatlariga yetkazib berildi. Shu maqsadda, mamlakatimizda 3 ta ulkan (gigant) gaz quvurlari (Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida) tezlik bilan qurilgan. Ushbu quvurlar orqali yiliga Rossiya (Ural)ga 21 mlrd. m 3 , “0‘rta Osiyo - Markaz” va “Buxoro-Toshkent-Bishkek- Olmota” deb nomlangan quvurlar orqali Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalariga 30 mlrd. m 3 gaz jo‘natib turilgan. 1960 — 1970-yillarda 0‘zbekiston gaz sanoatida keskin o‘zgarish ro‘y bergan. Shu yillarda mamlakatda gaz qazib olish 71 79 martaga o‘sgan. Mamlakat sanoati faqatgina yangi konlami topish va ishga tushga tushirish hisobiga rivojlanib brogan. 1972- yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushilgan. Eng yirik gaz va neft konlari Janubiy-g‘arbiy Hisor va Buxoro- Xiva, Ustyurt, Surxondaryo va Farg‘ona hududlarida joylashgan. Eng yirik gaz, neft gaz kondensant konlaridan Gazli, Muborak, Shurtan, Ko‘kdumaloq, Qorovulbozor, Mingbuloq hisoblanadi. Mamlakatimizning 98 % gaz konlari oltingugurtli gazdir. 2002- yilda tabiiy gaz 54,8 mlrd. m 3 , neft va gaz kondensanti 7,2 mln. tonna va 321 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarishga erishilgan. Shunday qilib, mamlakatimizning neft va gaz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z resurslari hisobiga qondirish dolzarb masalaga aylangan. Download 248.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling