Energetika va konchilik ishi


Download 203.92 Kb.
bet10/18
Sana04.02.2023
Hajmi203.92 Kb.
#1165341
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
ANGREN KO\'MIR

3. Iqtisodiy qism.
3.1 “Qalin” kompleksni (qatlamni) potok texnologiyasida qazib olishga tayyorlashning maqbul usulini aniqlash
Angren ko‘mir konining geologik tuzilishi o‘zining murakkabligi bilan xarakterlanadi. Buning asosiy sababi Angren daryosi va irmoklari ta’sirida tog‘ jinslarining erroziyaga uchraganligi hamda Angren vodiysida tektonik surilmalarning vujudga kelishidir. Geologik kon qidiruv ishlari 1934 yildan boshlangan. Aniqlangan zaxirasi 860 m chuqurlikkacha 1,9 mlrd tonna (O‘rta Osiyodagi barcha ko‘mir zaxirasining qariyb ¼ qismi).
Ko‘mir razrezining maydoni shimoliy g‘arbiy va g‘arbiy tamonga 4 - 120 burchak ostida yotadi. Qo‘shimcha qiya yumshoq qatlamlar kenglik bo‘yicha joylashgan.
“Angren” razrezining loyihaviy chegaralarida ko‘mir yotqiziqlari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, “Yuqori” va “Qalin” komplekslariga bo‘linadi.
“Yuqori” kompleksi va “Qalin” kompleksining sifatsizlangan zonasi o‘rtacha qalinligi 0,1-1,4 m bo‘lgan glina, alevrolit, qumtosh, ikkilamchi kaolin qatlamlari bilan bir-biridan ajratilgan, o‘rtacha qalinligi 0,2-2,5 m ko‘mir pachkalari ko‘rinishiga ega. Komplekslarning qalinlik va ko‘mirdorlik darajasi bo‘yicha tavsifi 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval

Komplekslar nomi

Komplekslarning o‘rtacha qalinligi, m.

Umumiy

Ko‘mir

Jins

m

%

m

%

m

%

“Yuqori” kompleks

21,65

100

12,45

58

9,20

42

“Qalin» kompleks

31,81

100

28,99

91

2,82

9

“Qalin” kompleksining
sifatsizlangan zonasi

42,61

100

28,12

66

14,49

34

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, razrez maydonidagi ko‘mir zaxirasining qariyb 70 % “Qalin” kompleksning kompakt qismiga, 30 % esa “Yuqori” kompleks va “Qalin” kompleksning sifatsizlangan zonasiga joylashgan. Razrezdan qazib olingan ko‘mirning 61 % “Qalin” kompleksidan, 39 % esa “Yuqori” kompleksi va sifatsizlangan zonadan saralab qazib olingan.


“Qalin” ko‘mir kompleksi yaxlit ko‘ng‘ir ko‘mir qatlami ko‘rinishiga ega (sifatsizlangan xudud bundan mustasno) bo‘lib, konning barcha maydonida joylashgan. Ko‘mir kompleksining umumiy qalinligi konning chekka qismlarida 2-5 metr bo‘lib, markaziy qismida esa 50 metrgacha etadi “Qalin” kompleksining umumiy o‘rtacha qalinligi 31.81 m bo‘lib, ko‘mir sof holda va kon jinslariga aralashgan holda, umumiy massaning 85-95 % ni tashkil qiladi.
“Qalin” kompleksning sifatsizlangan zonasida aralash qazish tizimi qo‘llaniladi va yiliga bir mln hajmdagi ichki ochish jinslari ESH-10/70 rusumli draglayn bilan qazib olinib, ichki ag‘darmaga transportsiz sxema bo‘yicha joylashtiriladi, qazib olingan ko‘mir esa konveyerga yuklanadi va “Shtolnya” stansiyasiyasida saralab, temir yo‘l transportiga qayta yuklanadi.
Angren razrezining ko‘mirlari va ochish jinslari portlovchanlik
xususiyatiga ko‘ra 2 va 3 sinflarga to‘g‘ri keladi, ya’ni jinslarning qattiqlik koeffitsienti prof. M. M. Protodyakonov shkalasi bo‘yicha 3-7 ni tashkil qiladi. Umumiy kon jinsining taxminan 4 % ni bevosita qazishga tayyorlash ishlarisiz qazib olish mumkin.
Tadqiqotlarda murakkab strukturali ko‘mir yotqiziqlarini saralab qazib olishning 3 texnologiyasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ular bir-biridan ko‘mir va jins qatlamlarini qazishga tayyorlashda qo‘llanadigan usullari bo‘yicha farqlanadi. Angren ko‘mir razrezi sharoitida ko‘mir qatlamini rotor kompleksi bilan qazib olishga tayyorlashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
• burg‘ulash-portlatish;
• tirkama maydalagichlar yordamida qatlamni yumshatish;
• suv shimdirish bilan qatlamni yumshatish.
» Olib borilgan tadqiqotlar “Qalin” kompleksning ko‘mir pachkalarini burg‘ulash-portlatish usulida qazishga tayyorlab rotor kompleksi bilan qazib olishning mehnat talablik darajasi va harajatlarining katta bo‘lishi tufayli boshqa usullar bilan raqobatlasha olmasligini ko‘rsatadi.
» Kon jinslarini mexanik usulda yumshatish (maydalash) buldozerlar, ekskavatorlar va maxsus tirkama yumshatgichlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Mexanik yumshatgichlar odatda tortuvchi-traktorga tirkalgan uskuna ko‘rinishida bo‘ladi va mustaxkamlik koeffitsienti to‘rt-besh gacha bo‘lgan jinslarni yumshatishda qo‘llaniladi. Tortuvchi traktorning quvvati va jinslarning mustaxkamligiga ko‘ra yumshatgichga o‘rnatiladigan tishlar soni bittadan beshtagacha bo‘lishi mumkin. Tishlarning massivga botib kirish chuqurligi bir necha santimetrdan ikki metrgacha bo‘lishi mumkin, unumdorligi esa 1000-1500 ga teng. Mexanik usulda qazishga tayyorlangan kon massasi blokidagi ko‘mir pachkasi yoki jins qatlami buldozer bilan sidirilib, balandligi uch-to‘rt metr bo‘lgan uyum hosil qilinadi va ekskavator yordamida qazib olinib, transport vositasiga yuklanadi yoki uyum hosil qilmasdan katta unumdorlikka ega bo‘lgan skreper bilan qazib olinib, belgilangan qabul qilish punktlariga eltib beriladi. Bu usul bilan qalin qatlamli ko‘mir pachkalarini qazib olishda mexnattalablilik darajasi yuqoriligi tufayli boshqa usullar bilan raqobatlasha olmasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun bu usuldan murakkab tuzilishli ko‘mir konlarini saralab qazib olishning ana shu texnologiyasini “Angren” razrezi “Yuqori” kompleksi va “Qalin” kompleksining sifatsizlangan zonasini qazib olishda qo‘llanishi ko‘mir yo‘qotilishi va sifatsizlanishini keskin kamaytirishni, shuningdek, rentabillik darajasini yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Chunki ushbu texnologiya kichik qalinlikdagi (10-20 sm) ko‘mir pachkalarini saralab qazib olishga imkon yaratadi.
» Dastlabki tadqiqotlar natijalari bo‘yicha “Qalin” kompleksni oldindan suv shimdirish bilan xo‘llash usulida qazishga tayyorlash boshqa usullarga nisbatan, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jixatdan maqsadga muvofiq ekanligi aniqlangan. Chunki ko‘mirga suv shimdirish asosida qazishga tayyorlash bo‘yicha o‘tgan asrning 70 yillarida sanoat miqyosida o‘tkazilgan tajribalar bu usulning qo‘yidagi afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Qatlamga suv shimdirish yordamida uni qazishga tayyorlanganda chang bostirish samaradorligi 62-84% ni tashkil qilgan; ko‘mirning o‘z-o‘zidan yonishga moyillik darajasi 38% ga kamaygan; ko‘mir molekulalarini o‘zaro bog‘lovchi sementni erishi oqibatida ko‘mirning qattiqligi 31% gacha yumshagan.



Download 203.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling