Energetika va sanoatni axborotlashtirish


Avtomatika elementlarning tasniflanishi


Download 0.7 Mb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1619192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4 kurs ishi Boyxonov.M BN

Avtomatika elementlarning tasniflanishi
Avtomatika elementi deb kirish x signalini chiqish y signaliga aylantirib beradigan eng oddiy avtomatik moslamaga aytiladi.
Kirish va chiqish bir nechta bo'lishlari mumkin. Signallarni o'zgartirish miqdoriy (sonli), sifatli yoki axborotli bo'lishli mumkin.
Miqdoran o'zgartirishda, x va y signallar bir xil o'lchamga ega, ammo ko'rsatkichlari (amplituda, chastota, faza va sh.o'. lari) bo'yicha farq qilishadi. Miqdoran o'zgartirgich elementlarga–kuchaytirgichlar, transformatorlar, stabilizatorlar va boshqalar kiradi.
Sifatni o'zgarishda, х va y signallarni turi o'zgartiriladi va ana shu sababli, ular har xil o'lchamga ega bo'lishadi. Bunday o'zgartirishni datchiklar, dvigatellar, generatorlar va boshqalar bajarishadi.
Axborotli o'zgartirish–element kirishlaridagi holat haqidagi qandaydir axborot (ma‟lumot), uni chiqishida aks etganida (namoyon bo'lgan) yuzaga keladi. Bunday o'zgartirishni mantiqiy elementlar bajarishadi. Ikkita diod va rezistorda bajarilgan element (2.1-rasm), yoki mantiqiy funksiyani amalga oshiradi. Chiqishda manfiy y potensial bo'lganida, ya'ni qachonki K1 yoki K2 knopka bosilgan, ya'ni x1 yoki x2 kirishlardan birida manfiy potensial paydo bo'lsa, faqat shundagina chiqishda manfiy y potensial paydo bo'ladi.

2.1-rasm.
у=f(х) funksional bog'lanishni xususiyatiga qarab, uzluksiz va diskret ishlaydigan elementlarni ajratishadi. Uzluksiz ishlaydigan elementlarda kirish x signali uzluksiz o'zgarganda, chiqish y signali uzluksiz o'zgaradi (2.2,a-rasm). Ayrim elementlar gisterezislik xossasiga, yani x kattartirib-kichraytirganda, y qiymati bir xil bo'lmaydi. Diskret (uzlukli) ishlaydigan elementlarda, x uzluksiz o'zgarganda, chiqish y signalini sakrab o'zgarishi kutiladi (2.2,c-rasm). Bunda x ning ma'lum uzluksiz o'zgarish chegaralarida, y ni o'zgarmas (yoki deyarli o'zgarmas) qiymati mos keladi.
Shunday qilib, bunday elementlarning holatlar to'plami diskret bo'lsa, uni ko'p turg'unli deb atashadi. Ikki turg'un holatga ega elementlar (2.2,d-rasm), eng ko'p tarqalgandir. (2.2,d-rasm) y=f(x) bog'lanishlik, gisterezis xossasiga ega va u releli ta'sir deb ataladi. Bu bog'lanishlikni xususiy holatiga bo'lib, xotiraga ega bog'lanishlik (2.2,e-rasm) bo'lib, u releli tavsif hisoblanadi. Bu holatda, kirish signali olib tashlanganda (x=0), element o'zining avvalgi holatini eslab qoladi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling