Energetika va sanoatni axborotlashtirish


-rasm. Funksional bog'lanishlar


Download 0.7 Mb.
bet5/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1619192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4 kurs ishi Boyxonov.M BN

2.2-rasm. Funksional bog'lanishlar
ABT tuzilmasida (1.1-rasmga qarang) bajaradigan vazifasiga qarab, elementlar boshlang'ich yoki dastlabki (o'lchagich), oraliq (boshqaruvchi) hamda so'nggi (ijrochi) elementlarga bo'linishadi. Avtomatik tizimni kirishida joylashgan o'lchagich elementlar, axborotga dastlabki ishlov beradigan va o'lchovchi qurilmalarni qurishida qo'llaniladigan elementlarning ko'pchiligini tashkil etadi. Bular qatoriga tashqi va ichki ko'rsatkichlar o'zgarishidan ta‟sirlanadigan turli datchiklar kiradi.
ABT ning ko'pchilik elementlarini, boshqaruvchi elementlar tashkil etadi. Ular, o'lchagich elementlardan signallar olib, ushbu tizimning ishlash algoritmini amalga oshirishadi. Boshqaruvchi elementlar signallarni kuchaytirishadi va o'zgartirishadi, xotirada saqlashadi, mantiqiy bog'lanishlar va hisoblashlarni bajarib, ijrochi elementlarga tasir o'tkazishadi. Ulardan dasturiy qurilma, boshqaruv buyruqlarini shakllantiradigan va kuchaytirib o'zgartiradigan qurilmalar yaratiladi.
ABT tuzilmasida tashkil etadigan ijrochi elementlar boshqariladigan ob‟ektlarga ta‟sir o'tkazishadi. Bularga elektr, pnevmatik va gidravlik yuritmalar, turli klapanlar, elektromagnit mexanizmlar va boshqalar kiradi.
Bir xil funksiyani bajaradigan avtomatika elementlari turli xil energiya ishlatadigan qilib bajarilgan bo'lishi mumkin. Elektr elementlar–elektr magnitli, elektr dinamikli, elektronli, yarim o'tkazgichli, magnitli va sh.o'.lar amaliyotda eng ko'p ishlatiladi. Amaliyotda, shuningdek, gidravlik, pnevmatik, akustik (tovushli), optik va issiqlik elementlar ham ishlatiladi.
II Bob Ijrochi mexanizmlar
2.1 Elektrik va elektromagnitli ijro mexanizmlari.
Ijrоchi mеxаnizmlаr hаqidа umumiy mа`lumоtlаr.
Ijrоchi mеxаnizmlаr (sеrvоmоtоr) аvtоmаtik bоshqаrish sistеmаlаridа rоstlоvchi tа`sirni qаbul qilib оlib, rоstlоvchi оrgаnni hаrаkаtgа kеltirish uchun xizmаt qilаdi.
Rоstlоvchi оrgаn sifаtidа mаgistrаl, tеxnоlоgik quvurlаr, аppаrаtlаr, rеzеrvuаrlаr vа bоshqаlаrdа o„rnаtilib, bоshqаruv оb`еktlаri kirishigа bеrilаyotgаn suyuqlik, gаz vа enеrgiya оqimlаrini rоstlаb turish uchun xizmаt qiluvchi hаr xil bеrkitgichlаr, qopqоqlаr, drоssеllаr, zоlоtniklаr, rеоstаtlаr vа bоshqаlаr ishlаtilаdi. Ijrоchi qurilmа vа rоstlоvchi оrgаn birgаlikdа ijrоchi qurilmаni tаshkil etаdi. Ishlаtilаdigаn enеrgiya turigа qarab ijrоchi mexаnizmlаr elеktrik, pnеvmаtik vа gidrаvlik turlаrgа bo‟linаdilаr.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling