Energetika va sanoatni axborotlashtirish


Elеktrik ijrоchi mеxаnizmlаr


Download 0.7 Mb.
bet6/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1619192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4 kurs ishi Boyxonov.M BN

Elеktrik ijrоchi mеxаnizmlаr.
Elеktrik ijrоchi qurilmаlаr (EM) elеktrmоtоrli vа elеktr mаgnitli guruhlаrgа bo‟linаdi. Birinchi guruh EM lаr elеktr mоtоr, uzаtmа, hаmdа bоshqаruv, blоkirоvkа, ishgа tushirish vа to„xtаtish, tеskаri bоglаnish elеmеntlаridаn tаshkil tоpаdi. Аvtоmаtikа sistеmаlаridа ko„p hоllаrdа ichi bo„sh yoki kiskа tutаshuv rоtоrli bir fаzаli vа ikki fаzаli аsinxrоn mоtоrlаri hаmdа quvvаti bir nеchа vаttdаn ming vаttgаchа, bа`zi hоllаrdа bir nеchа kilоvаtgаchа bo„lgаn o„zgаrmаs tоk mаshinаlаri qo„llаnilаdi.
Elеktr mоtоrli IM gа quyidаgi tаlаblаr qo„yilаdi: tеz ishgа tushish, singаl оlingаndаn so„ng tеz to„xtаshlik, аylаnish chаstоtаsini kеng ko„lаmdа bоshqаrish vа rеvеrs qilish imkоni bоrligi. kаttа ishgа tushirish mоmеntigа egаligi vа bоshqаlаr.
Avtomatika tuzilmalaridagi ijrochi elementlar boshqariladagan ob‟ektga bevosita ta‟sir etishadi. Temir yo‟l transportidagi strelkalar, svetoforlar, vagonni sekinlashtiruvchilar, poezdlarni tormozlari va boshqa ob‟ektlarni boshqarishlik zarur bo‟ladi. Ijrochi elementlar sifatida: elektr dvigatelli, elektr magnitli, pnevmatikli va gidravlikali yuritma mexanizmlar ishlatiladi.
Elektr magnitli mexanizmlar keng tarqalgan va ular boshqariladigan ob‟ektni qandaydir qismini biror joyga sil-jitishlik uchun katta kuchlar talab etilganda masofadan turib boshqarishda ishlatiladi. Bunda o‟zgarmas va o‟zgaruvchan tok dvigatellaridan foydalaniladi. Odatda, elektr dvigatel ob‟ekt bilan mexanik reduktor yordamida ulanadi. Elektr yuritma (3.7-rasm), o‟zgarmas yoki o‟zgaruvchan tok elektr dvigateliga ega bo‟lib, uni vali 2, oraliq 4 val bilan reduktorning birinchi pog‟onasi yordamida bog‟langan (3, 12 shesterna va friksion 13 ilashma orqali).

3.7-rasm. Elektr yuritmaning mexanik uzatmasini sxemasi
Reduktorni ikkinchi pog‟onasi (5 va 11 shesternalar-tishli g‟ildiraklar orqali), 4 val va bosh 6 valni ishchi 7 shesterna bilan bog‟laydi. Oxirgi 7 shesterna esa, tishli uzatma yordamida 8 shiber bilan o‟zaro birgalikda harakatlanadi. Natijada, bosh valni aylanma harakati shiberni ilgarilanma harakatiga aylantiriladi. Ishchi tortqilar yordamida, 9-shiber, shiber bilan birga siljishadigan strelka o‟tkazgichini 10-ostryaklariga (relsli yo‟naltirgich) bog‟langan.
Elektr magnit mexanizmlarni chunonchi, klapanlar, zulfinlar (zadvijka), muftalar, kontaktorlar uchun katta bo‟lmagan kuch va kichik siljishlar kerak bo‟lganda ishlatiladi. Agar yuritmadan katta kuch va uzunroq siljishlar talab etilsa, unda gidravlikali va pnevmatikali mexanizmlar ishlatiladi. Bularni ustunlik tomoni, ularning tuzilmasini soddaligi va ishonchliligi, kuchli zarbalarning yo‟qligi va past narxligidir.
Vagonni pnevmatikli sekinlashtirgichi, saralash tepaligi do‟ngligidan vagon tushirish paytida tormozlanish uchun ishlatiladi. Sekinlashtirgich 3.8-rasm), tormozlovchi silindr-2 ga, 3 va 7 richag-larga, 5 tormozlash shinalariga o‟rnatilgan ikkita tormozlash 4 to‟siniga ega.

3.8-rasm. Vagon sekinlatgichni kinematik sxemasi
Silindrga siqilgan havo berilganda, 1 shtok yordamida 3 va 7 richaglar ajralishadi va 6 g‟ildirakni yon yuzalariga yaqinlashib, zich siqilib yopishishadi.
KV turdagi qisqich vaznli sekinlatgichda tormozlash kuchi faqat siqilgan havoga bog‟liq bo‟lmasdan, ma‟lum darajada vagonning vazniga bog‟liq ham bo‟lib, avtomatik ravishda o‟rnatiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling