Energitika va radiotexnika


Download 0.8 Mb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1503800
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarix SSSR


O'zbekiston Respublikasi
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi.
Jizzax Politexnika instituti.
Energitika va radiotexnika” fakulteti
452-22 TJA va B guruhi.
Ibodullaeva Sevaraning O`zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
HEMIS Onlayn Platforma
Topshiriq Ishi


Fan o`qituvchisi: TURSUNOVA D.

JIZZAX-2022.


8-tartib raqami_Ibodullayeva Sevara Vali qizi.

Mavzu: Xalqning asrlar davomidagi orzusi - davlat mustaqilligi ro‘yobga chiqishi

REJA;

  1. Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi


  2. Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, OʻzSSR
  3. OʻzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raislari

  4. Mustaqillik




Xalqning asrlar davomidagi orzusi - davlat mustaqilligi ro‘yobga chiqishi

Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi

Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi XIX asrning ikkinchi yarmida sodir boʻla boshladi. Ammo ungacha bir qancha harakat amalga oshirilgan edi. XVIII asrda Rossiya imperiyasi Qozoq juzlari ustidan nazoratni kuchaytirgandi. Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishi bir necha oʻn yillar davomida amalga oshirildi. 1834-yil oʻzbek xonliklariga olib boruvchi yoʻl chorrahalarida Novo-Aleksandrovsk qoʻrgʻoni (Mangʻishloq shahri) barpo etildi. 1839-yilda Rossiya Orol dengizi janubidagi Xiva xonligini zabt eta olmadi. 1839-yil oxiri va 1840-yil boshlarida Orenburg general-gubernatori graf Perovskiy Xiva xonligiga qarshi qishki harbiy yurish uyushtirdi va u muvaffaqqiyatsiz boʻldi. 1847-yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻini zabt etdi va Raim (Kazalinsk shahri) qoʻrgʻoniga asos soldi. 1847-1853-yillarda ruslar Orol dengizining shimoliy tomonidan sharqiy Sirdaryo boʻylab bir qator qalʼalar qurishdi. 1847-1864-yillarda ular sharqiy Qozoq choʻllarini kesib oʻtib, Qoʻqon xonligining shimoliy chegarasi boʻylab qalʼalar qurdilar. Nikolay va Konstantin paraxodlardan iborat Orol flotiliyasi tashkil etdi. 1850-1855-yillarga kelib Qoʻqon xonligiga qarashli Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqmachit (Qizil Oʻrda) qalʼasi, keyinchalik hududida Verniy qoʻrgʻoni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. 1864-1868-yillarda Qoʻqon xonligidan janubga harakat qilibToshkent va Samarqand egallandi, Buxoro amirligi protektoratga aylantirildi. Shu tariqa janubiy nuqtasi Sibirdan 1600 km janubga va Volga daryosidan 1920 km janubi-sharqda boʻlgan hududlarni oʻz nazoratiga olishdi. 1865-yilda general-mayor M. G. Chernyaev Toshkentni bosib oladi va shahar oqsoqollarini sulh tuzish xususidagi shartnomani imzolashga majbur etadi. Imperator Aleksandr II Orenburg general-gubernatoriga farmon berib, agarda Toshkent ahli Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohish etsa, ularning bu istagini qondirish lozimligini qayd etdi. 1866-yilda rus qoʻshinlari Xoʻjand va Jizzax qalʼasini zabt etdilar. Chinoz qoʻrgʻoni barpo etildi. Xoʻjand va Chirchiqorti oʻlkalari Rossiya tasarrufiga oʻtdi. 1867-yilning iyul oyida imperator farmoniga binoan, general-gubernator boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. 1868-yilda general-adʼyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari Buxoro xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshladilar. May oyida rus qoʻshinlari Samarqandga yaqinlashdilar va shaharni jangsiz ishgʻol etdilar. Iyun oyida Buxoro amiri sulh xususidagi shartnomaga imzo chekdi. Zarafshon okrugi tashkil etildi. General Abramov boʻlinmasi Qarshini bosib oladi va uni Buxoro amiriga qaytaradi. General-mayor Abramovning 1870-yilda amalga oshirgan harbiy harakatlari natijasida Shahrisabz va Kitob ishgʻol etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari Buxoro amiriga topshiriladi. 1873-yilda keng qamrovli harbiy harakatlar natijasida Turkiston, Mangʻishlok va Orenburg tarafidan Xiva xonligiga yurish uyushtiriladi. Harbiy harakatlarga 49 ta rota, 32 ta yuzlik, 34 ta zambarak va 2 ta paroxod jalb etildi. May oyiga kelib, Hazorasp qalʼasi zabt etildi, koʻp oʻtmay Xiva, Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Mangʻit qalʼalari va Gurlan bekligi taslim boʻldi. Avgust oyida Xiva xonligi bilan sulh shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi Rossiya vassalligini qabul qilib, Muhammad Rahim Bahodirxon (Feruz) hukmronligi saqlab qolindi. 1873-yilning kuzida Buxoro xonligi bilan yangi siyosiy shartnoma imzolandi. 1875-1876-yilgi harbiy harakatlar natijasida Fargʻona vodiysida Xudoyorxon va rus hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirildi. Soʻngra Qoʻqon xonligi tugatilib, Rossiya tarkibidagi Fargʻona viloyati tashkil etildi. 1881-yilda Axal-Tekin vohasi rus qoʻshinlarining ayovsiz hujumlari ostida taslim boʻldi, Ashxobod zabt etildi. Rossiya va Eron oʻrtasida chegara belgilashga qaratilgan konvensiya imzolandi. 1884-yilda Marv taslim boʻldi. 1885-yilda Pendin va Murgʻob vohasida yashovchi turkman qabilalari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. Kushka Rossiyaning eng janubiy chegara maskaniga aylandi. Shunday qilib, XIX asrning 80-yillariga kelib Rossiyaning Markaziy Osiyodagi chegaralarining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi. 1893-95-yillarda ruslar janubi-sharqdagi baland Pomir togʻlarini egallab oldilar.1895-yilda Rossiya va Britaniya hukumatlari oʻrtasida Pomir togʻlarida boʻlinish chizigʻi oʻtkazilishi bilan taʼsir doiralarini tasdiqlash xususidagi shartnoma imzolandi.









Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling