to`planadi, 60% i esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.
3. Uchinchi bosqich. Bu bosqich kislorodli, aerob parchalanish nomlari bilan ham
yuritiladi. Bu bosqich fermentlar yordamida tezlashtiriladi va hujayraning
mitoxondriyasida kechadi. Oldingi bosqichda hosil bo`lgan barcha moddalarning
kislorod ishtirokida parchalanishi kuzatiladi. Oksidlangan moddalarning barchasidan
oxirgi mahsulot sifatida karbonat angidrid va suv hosil bo`ladi. Bu bosqichda 2600 kj
energiya hosil bo`ladi. Bu energiyaning 44,6 % miqdori issiqlik energiyasi sifatida
tarqalib ketadi, 55,4 % miqdori esa hujayrada ATF hujayrasida to`planadi.
Bu jarayonda 36 mol ATF hosil qiladi:
2C
3
H
6
O
3
+ 6O
2
+ 36ADF + 36H
3
PO
4
→ 36ATF + 6CO
2
+ 42H
2
O ;
Anaerob va aerob parchalangan glukoza molekulasining umumiy tenglamasi quyidagicha:
C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
+ 38ADF + 38H
3
PO
4
→ 38ATF + 6CO
2
+ 44H
2
O ;
Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab ikkita katta guruhga bo`linadi:
1. Avtotroflar – anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarur bo`lgan organik
moddalarni hosil qiluvchi organizmlar.
2. Geterotroflar – tayyor oziq moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar.
Avtotrof organizmlarga deyarli barcha yashil o`simliklar, suv o`tlari va ayrim bakteriyalar
(tugunak bakteriyalar, temir bakteriyalar, oltingugurt bakteriyalar, nitrifikator
bakteriyalar, xemosintetik bakteriyalar) kiradi. Avtotrof organizmlar qaysi energiya
manbaidan foydalanishiga qarab ikki guruhga bo`linadi: fototrof va xemotroflarga
bo`linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa kimyoviy reaksiyalar
natijasida ajralib chiqqan energiyadan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |