Energiya tamirlash sexida transformatorlarni tamirlash va sinash ishlarini tashkil etish
Download 1.82 Mb.
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
XULOSA
XULOSA Men IV kurs malakaviy bitiruv ishim OKMK AJ ga qarashli Elektr tarmoqlari boshqarmasi(ETB) “Tyagovaya-3” pasaytiruvchi podstansiyasi kuch transformatorlarini himoyalash masalalarini ko’rib chiqishdir. Amaliyot davomida "110/36/6 kV "Tyagovaya - 3" pasaytiruvchi podstansiyasi kuch transformatorlarini himoyalash masalalarini ko'rib chiqish" mavzusi bo'yicha ma'lumotlar to'plash, podstansiya tarixi, vazifasi, unda joylashgan elektr qurilmalar, releli himoya va avtomatika, boshqaruv, signalizatsiya qismlarini o'rganish, elektr, prinspial, funksional sxemalarini o'qishni o'rganish bilan shug'ullandim. Tyagovaya-3 Tyagovaya-3 podstansiyasi hozirgi kunda Qolmaqir karyerini 100 % elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Ushbu podstansiya Tyagovaya-1 podstansiyasidan 35 kV AC-120 kabel havo liniyasi orqali kuchlanish qabul qiladi. Podstansiya ikkita seksiya shinasidan iborat. Seksiyalarga kuchlanish 2 ta C-35 tipli o’chirgich orqali TM-7500 kV li parallel ulangan transformatorlariga keladi. Bu tansformatorlar 35 kV ni 6 kV kuchlanishga pasaytiradi. Kuchlanish kabel liniyasidan 6 kV taqsimlash qurilmalariga boradi. 6 kV TQ da ham 2ta seksiyadan iborat bo’lib, umumiy 15 ta yacheykalar mavjud. Yacheykalar ichi shina ajratgichi, o’chirgich, liniya ajratgichi va zaminlash pichog’idan tashkil topgan. Yacheyka tashqarisida tokli kesim, maksimal tokli himoya, yerdan himoya, vaqt relesi va ko’rsatgich relelari mavjud. Taqsimlash qurilmasida Ism/tel va Bb/tel tipli vakummli o’chirgichlar qo’llanilgan. Elektr energiyasi LEP tarmog’i orqali iste’molchilarga yetqaziladi. Podstansiyada 3,3 kVli yopiq taqsimlash qurilmasi ham mavjud. Bu yerga kuchlanish 8 ta TMPU-4689 35/3 kV transformatorlari orqali keladi. O’zgaruvchan tok PEV tipli diodli ko’prokdan o’zgarmas tokka aylanadi. Bu yerda minusli, asosiy, yordamchi shinalar mavjud. Umumiy 11 ta iste’molchi liniyalardan iborat. 3,3 o’zgarmas kuchlanish kontakt tarmog’i bilan elektrovozlarga boradi. TDNS 250/35 kuch transformatorlari himoya zanjiri sxemalari bilan tanishib chiqdim. Himoya elementlari, turlari, o'rnatmalari, vazifalarini, ushbu transformatorlarda yuz beradigan asosiy shikastlanishlarni o'rgandim. Podstansiya himoya operativ sxemalarini ko'rib chiqdim. Va yakunda ushbu kuch transformatorlari uchun zamonaviy mikroprossesorli himoya qurilmalarini o'rnatsih kerak degan fikrga keldim. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling