Energiyaning erkinlik darajasi bo’yicha taqsimlanishi
Haroratni molekulyar-kinetik izoxi
Download 138.39 Kb.
|
Molekulalarning kinetik va potensial energiyasi (2)
2.3.Haroratni molekulyar-kinetik izoxi
Haroratni molekulyar kinetik izohi. • Haroratni o`zgarishi barcha fizik hossalarga ta’sir qiladi. Bunda jismlarning uzunligi, xajmi, zichligi, elastikligi, elektr o`tkazuvchanligi harorat ta’sirida o`zgaradi. • Harorat gaz molekulalarining ilgarilanma harakati o`rtacha kinetik energiyasining o`lchovidir. Bunda Wk haroratga proporsional ravishda o`zgaradi. Harorat - Makroskopik tizimlarning muvozanat holatini xarakterlovchi fizik kattalik bo`lib, jismlar orasidagi issiqlik almashish yo`nalishini aniqlaydi. Haroratni miqdoriy jihatdan aniqlash uchun odatda moddalarning xajmiy kengaishini haroratga bog`liqligiga asoslanib ishlaydigan termometrlar keng qo`llaniladi. Selsiy gradusi bo`yicha termometr shkalasi chizishda hisob boshi qilib normal bosimda (p=1,01325105 Pa) muzning erish harorati 0 C, ikkinchi nuqta sifatida suvning qaynash harorati (100 C) olingan. Bu nuqtalar orasi 100 ta teng bo`laklarga bo`lingan va bunday shkala bir bo`lagining qiymati 1 C. Тermodinamik harorat shkalasida harorat Kelvinda ifodalanadi va Т orqali belgilanadi. Kelvin shkalasini tuzishda normal atmosfera bosimidagi muzning erish harorati 273,15 K deb qabul qilingan. Shuning uchun termodinamik harorat bilan Selsiy orasidagi munosabat Т= t+273,15 C Т=O K (Selskiy shkalasi bo`yicha t=- 273,15 C) harorat absolyut nol harorat deb ataladi. Molekulyar-kinetik nazariya nuqtai nazaridan muvozanatli termodinamik tizim harorati shu tizimni tashkil etgan atom, molekula va bosha zarralar issiqlik harakati intensivligini xarakterlaydi. 2.4.Energiyaning erkinlik darajasi bo’yicha taqsimlanishi Molekulalarning barcha tur harakatlariga to‘g‘ri keladigan energiyani hisoblash uchun erkinlik darajasi tushunchasini kiritamiz. Jismning fazodagi vaziyatini aniqlash uchun zarur bo‘lgan erkli koordinatalaming soniga jismning Erkinlik darajasi deyiladi. Chunki moddiy nuqtaning erkinlik darajasi uchga teng. Moddiy nuqtalaming fazodagi vaziyati, uchta koordinata bilan, masalan to‘g‘riburchakli to‘g‘ri chiziqli koordinatalar sistemasida x, y, z, koordinatalar bilan aniqlanadi. Qattiqjismning rasm vaziyatini aniqlash uchun: 1. Og'irlik markazi С ning fazodagi vaziyati; 2. Ma’lum bir 0 0’ o‘qning yo‘nalishi; 3. Qattiq jismning manashu o‘qda biror boshlang‘ichvaziyatga nisbatan burilish, burchagi berilgan bo‘lishi kerak. С - og‘ irlik markazining vaziyatini aniqlash uchun x, y, z, uchta koordinata berilishi kerak. 0 0 ' - o‘qning fazodagi yo‘nalishini aniqlash uchun yana ikkita koordinata, masalan uchta koordinata o‘qidan ikkitasining o‘q bilan tashkil qilgan О va cp burchaklari berilishi kerak. Nihoyat, jismning 0 0 ' o‘qda burilish burchagi Download 138.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling