Energiyaning erkinlik darajasi bo’yicha taqsimlanishi
Fizik jismlar diskret tuzilishga ega, Ular zarralardan
Download 138.39 Kb.
|
Molekulalarning kinetik va potensial energiyasi (2)
1.Fizik jismlar diskret tuzilishga ega, Ular zarralardan
(molekula, atom, ionlardan) tuzilgan. Zarralaming real mavjudligi ko'p sonli tajribalarda aniqlangan omillar: moddalarning erishi, suyuqlik va qattiq jismlaming bug'lanishi, modda hidining tarqalishi bilan tasdiqlanadi. Bulaming hammasi fizik jism va moddalarning diskret tuzilishga ega ekanligidan dalolat beradi. Zamonaviy usullar yordamida olimlar ko'pgina moddalarning molekulalarini suratga olishga muvaffaq bo'ldilar. Makroskopik jismda molekulalar (atomlar) soni qanchalik ko'p bo'lsa, bu jismda shunchalik ko'p modda jamlangan bo'ladi. Modda miqdorini o'lchash uchun mol birligi kiritilgan. Mol grammlar hisobida olingan, massasi nisbiy molekulyar massaga teng bo'lgan modda miqdoridir. Har qanday moddaning bir molidagi molekulalar soni bir xildir. Bir mol moddalar soniga Avogadro soni deyiladi va NA bilan belgilanadi: molekula/mol ga teng. Normal sharoitda har qanday gazning bir moli yoki 22.4l ga teng hajmni egallagan. Demak, Avogadro qonuni bo'yicha birday bosim, birday haroratda teng hajmda olingan turli gaz molekulalarining soni bir xildir. Atom va molekulalar murakkab tuzilishga egadir. Har qaysi molekula intensivligi masofa oshishi bilan kamayadigan elektromagnit maydon bilan o'ralgan. Qandaydir masofada maydon juda kichik bo'lib qoladi. Bu masofa molekula radiusi deb atalib, molekula shar shaklida deb tavsiflanadi. Hozirgi kunda jism xossalarining o‘zgarishiga bog'liq bo‘lgan hodisalami o‘rganishning ikki usuli mavjud: makroskopik va molekulyar kinetik. Makroskopik usul yana fenomenologik ham deyilib, u makroskopik jismlaming xossalarini ulaming ichki tuzilishini hisobga olmagan holda o'rganadi. Bunda energiyaning saqlanish qOnuni (termodinamikaning 1-qonuni), doirniy kuzatish natijalari, yetarlicha katta (makroskopik) jismlar ustida olib borilgan eksperimentlar katta rol o'ynaydi. Bu borada qattiq jism bikrligining makroskopik nazariyasini misol qilishimiz mumkin. XIX asming birinchi yarmida issiqlik va ishning o‘zaro bog'liqligini o‘rganuvchi termodinamika yuzaga keldi. Shu asming oxirlarida bu bo‘lim kengayib, bunda bug1, suyuqlik va qattiq jisftilarnirig xossalarini o‘rganish asosiy bo‘lib qoldi. Molekulyar kinetik yoki mikrofizik usulning maqsadi, moddaning ichki tuzilishiga qarab, modda xossalarini chuqurroq o‘rganishdir. Moddalar molekulalardan tuzilganligi haqidagi fikr moddaning uch holati (bug‘, suyuqlik, qattiq jism) orasidagi farqni tushuntiradi. Molekulyar kinetik nazariyada jismning makroskopik xossalari (bosim, hajm, harorat, bikrlik, qovushoqlik, issiqlik o‘tkazuvchankik va h.k.) molekulalarning natijaviy ta’siri kabi qaraladi. Bu nazariyada statistik usul qo‘llaniladi. Bu usul birgina molekulaning harakatini emas, ko‘p sonli zarralar yig‘indisining o‘zaro ta’sirini va harakatini tavsiflovchi kattaliklaming qiymatini aniqlash imkonini beradi. Shuning uchun ham molekulyar kinetik nazariya statistik fizika deb ham yuritiladi.: Statistik fizika ilmiy yo'nalish sifatida rivojlanishning uzoq tarixiga ega, lekin uning zamonaviy strukturasi XX asming boshlarida Maksvell, Bolsman va Gibsning ishlari natijasida rivojlandi. Fizik hodisalami o‘rganishning ikkala usuli (makroskopik va mikroskopik) bir-birini to'ldiradi. Molekulyar fizika savollariga termodinamika tushunchalariga yondjshmay turib javob berib bo‘lmaydi, shu bilan birga, termodinamikada u yoki bu hodisalaming tabiatini molekulyar tasawurlarsiz bayon etib bo‘lmaydi. Molekulyar fizika qonunlarining mexanika qohunlaridan farqi shundaki, ular statistik ma'noga ega bo4lgan qonunlardir. Shu sababli molekulyar fizika masalalarini hal qilishda asosan statistik fizika usullari qollaniladi. Molekulyar tizimga kiruvchi har bir zarrachaning harakati turli sabablarga bog’liq bo‘lib, bu harakatlar mexanika qonunlari asosida ro‘y beradi. Ammo, zarraning harakat yo‘nalishi uning boshqa molekulalar va idish devorlari bilan to‘qnashuvi natijasida qisqa vaqt ichida shunchalik ko‘p o‘zgaradiki, natijada uniftg oniy holati boshlang‘ich shartlarga bog‘liq bo‘lmay qoladi. Biindan shu narsa kelib chiqadiki, statistik qonuniyatlar dinamik qoriuniyatlar kabi boshlang‘ich shartlarga bog4liq emas. Agar idishga biror miqdor gaz kiritsak, u holda muvozanat qaror topgandan keyin idishdagi gazning bosimi gaz molekulalarining boshlang‘ich tezliklari va harakat yo‘nalishlariga bog‘liq bo’lmaydi. Ko‘p sonli zarrachalar ichidan bittasini tanlab olib, uning harakatini kuzatib bo4lmaydi. Biz faqat moddani tashkil qilgan zairalaming kollektiv harakati bilan bog4liq bo’lgan hodisalamigina kuzata olamiz. Molekulyar fizika va termodinamika issiqlik hodisalari qonuniyatlarini yoki materiya harakatining issiqlik shaklini o‘rganadi. Bu bo4limlar issiqlik hodisalar tabiatini va makroskopik jism fizik xossalarini o’rganishda turli usullami qo’llash bilan farqlanadi. Molekulyar fizika issiqlik hodisalar, modda yoki jismning fizik xossalarini ulaming molekulyar tuzilishi, o‘zaro ta’siri va zarralarining harakati asosida o‘rganadi. Moddalarning ko'pgina fizik xossalari termodinamik (fenomenologik) usul bilan ham o‘rganiladi. Bu usul makroskopik jismlar xossalarini ulaming ichki tuzilishiga bog'liq bo‘lmagan holda o'rganadi. Termodinamikaning asosida tajriba faktlariga tayanib o'matilgan prinsiplar yoki fundamental qonunlar yotadi. Birinchi qonun energiyaning bir turdan ikkinchisiga miqdoriy o‘tishini o'rgatsa, ikkinchi qonun bu o‘tishning sharoitlarini aniqlaydi. Bu qonunlar yordamida issiqlik hodisalaming mohiyatlari va turlari, agregat holatlardagi makroskopik jismlaming xossalari o‘rganiladi. Download 138.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling