Энг қадимги халқ ОҒзаки ижоди намуналари. Миф, афсона, ривоят


Bahorgi mavsum bilan bog‘liq marosimlar


Download 0.53 Mb.
bet8/40
Sana19.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1102381
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
ЭНГ ҚАДИМГИ ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИ

Bahorgi mavsum bilan bog‘liq marosimlar. Bahor kirishi bilan dehqon va chorvadorning dala ishlari boshlanadi.
Shox moylar marosimi. Shox moylar-dalaga qo‘sh chiqarish marosimini o‘tkazish vaqti, odatda, qishloq oqsaqollari tomonidan belgilangan. Ushbu marosimga qishloqning erkagu ayoli baravar tayyorgarlik ko‘rishgan. Har bir xonadon imkoniyatiga qarab xilma-xil taomlar pishirgan, qishloqning obod yerlari supurib-sidirilgan, sholcha-gilamlar to‘shalgan.
Marosim o‘tkazilgan paytda kishilar tayyorlangan taomlarni qo‘sh chiqarilgan joiga olib keladilar. Mana shundan keyin ish pishirilgan narsalarni qishloq ahliga taqsimlab beradilar.
Navro‘z. Bu O‘rta Osiyo xalqlarida juda qadimdan keng nishonlanib kelinadigan bahor bayrami. U bahorda kun va tun tengligi paytida, ya’ni 21-22 mart kunlari nishonlanib, bayram 25 martga qadar davom etgan.
Demak, navro‘z hech qanday bayram bo‘lmay, u bahor bayrami, tabiat va jamiyatdagi jonlanishning boshlanishidan darak beruvchi bayramdir.
Yomg‘ir chaqirish marosimlari folklori. Lalmikor dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi kishilar bahor oylarida bo‘ladigan yog‘ingarchilikning miqdoriga qarab yil bo‘yi olinadigan hosilning barakatini oldindan chamalab bilganlar.
O‘zbeklarning qadamdan yomg‘ir chaqirish maqsadida o‘tkaziladigan ikkita marosimgina saqlanib qolgan. Ulardan biri yada (jada) toshi vositasida o‘tkaziladigan marosim bo‘lsa, ikkinchisi yomg‘ir tangrisi Sust xotinga iltijo qilish orqali yomg‘ir charqishdan iborat.
Yada (jada) toshi vositasida yomg‘ir chaqirish marosimi. Yada toshining ham yomg‘ir chaqirish, ham ayrim kasaliklarni davolashda qo‘llanuvchi sehrli predmetligi haqida XI asrning buyuk tilshunos olimi Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Ibn al-Faixning «Kitobi axbor» kabi asarlarida ma’lumot berilgan.
Yada (jada) so‘zi qadimgi turkiy tildagi jat-jodugarlik so‘zidan olingan bo‘lib, u sehrli kuch-qudratga ega bo‘lgan predmetlarga nisbatan qo‘llanilgan. Keyinchalik bu so‘z ob-havoga ta’sir ko‘rsata olish xususiyatiga ega bo‘lgan muayyan tosh turiga nisbatan qo‘llanilgan..

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling