Энг қадимги халқ ОҒзаки ижоди намуналари. Миф, афсона, ривоят


Download 0.53 Mb.
bet11/40
Sana19.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1102381
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
ЭНГ ҚАДИМГИ ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИ

Moli senga qolibdir.
Bolang suvga oqibdir,
Shamolingni qo‘yvor.
Xullas, o‘zbeklarning yozgi mavsumiy marosimlari va ularda ijro etiladigan qo‘shiqlar rang-barang bo‘lib, ularning aksariyati saqlanib qolmagan.
Qishki marosimlar folklori. Gap-gashtak marosimi erkaklar tomonidan mahallalardagi choyxona eski bo‘sh xonadonlardan birida o‘tkaziladi. O‘tirish, asosan, kechki payt boshlanib, erta tongga qadar davom etgan. Gap-gashtakni boshqaruvchi oqsoqol va uning yordamchisi saylangan. Ular ziyofat berishning navbati, ziyofatning me’yori, o‘tirishda o‘tkaziladigan o‘yinlarning xarakteri, tartib-intizom kabilar ustidan nazorat olib borganlar.
Yas-yusun marosimi. Mazkur marosim, asosan, ko‘chmanchi chorvadorlar o‘rtasida qimizxo‘rlik marosimi sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, uning ma’nosi davrada o‘tirish qoidalari demakdir. Yas-yusun o‘ttiz-qirq kishining qo‘shilib, sherda (mehmonxona) uyushtirish oraqali tashkil etiladi. Sherdaning ikki xil shakli mavjud. Birinchisi-xarajat harpana (harifona), ya’ni barcha ishtirokchilar tomonidan umumiy to‘plash orqali tashkil etilsa, ikkinchisi-har kun bir kishining harajat qilishi yo‘li bilan tashkil qilinadi. Sherdaning raisi, raisning o‘ng va chap otaliqlari (o‘rinbosarlari) butun marosimga rahbarlik qiladilar. Bulardan tashqari eshik og‘asi (sherda o‘tadigan uy xo‘jayini), biy va uning o‘rinbosarlari beradigan buyruqlarni bajartiruvchi yasavul, kosagul (soqiy) kabi javobgar shaxslar ham marosimda muhim vazifa bajaradilar.

Marosim folklorining katta qismini oilaviy-maishiy marosimlar folklori tashkil etadi. Chunki insonning yovvoyi yashash tarzidan madaniy yashash tarziga o‘tishi oila degan muqaddas narsaning yuzaga kelishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Insonning tug‘ilishidan tortib to vafotigacha bo‘lgan hayoti bevosita oila doirasida kechadi.


To‘y marosimlari folklori. «To‘y» atamasi «to‘ymoq», «el yurtga ziyofat bermoq», «yor-do‘stlar diydoriga to‘yinmoq» kabi ma’nolarni anglatadi. Demak, to‘y ham moddiy, ham madaniy oziqlanish marosimidir.
Beshik to‘ylari folklori. To‘yning bu turi oiladagi to‘ng‘ich farzandga bag‘ishlab tantanali o‘tkaziladi. Oilaning moddiy turmush darajasi bilan bog‘liq holda beshik to‘yi keyingi farzandlarga ham o‘tkazilishi mumkin. Marosim so‘ngida isiriq tutatilib, beshik atrofidan uch marta aylantiriladi va quyidagi aytim aytiladi:
Isiriq, isiriq,

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling