Энг қадимги халқ ОҒзаки ижоди намуналари. Миф, афсона, ривоят


Download 0.53 Mb.
bet12/40
Sana19.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1102381
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
ЭНГ ҚАДИМГИ ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИ

Chatnasin isiriq,
Tutasin isiriq.
Bolamga ko‘z tegmasin,
Kim qo‘zimga ko‘z qilsa,
Ko‘zlari oqib tushsin!
Nihoyat, chaqaloq beshigi bilan alohida xonaga o‘tkazilib, onasining ixtiyoriga topshiriladi. Barchaga osh tortiladi. Osh yeyilgach, keksa bir ayol olqish aytadi va beshik to‘yi yakunlanadi.
To‘y marosimi Nikoh to‘yi marosimi udumlarida tunda kuyovni kelinnikiga olib borish yoki kelinni bo‘lajak umr yo‘ldoshining xonadoniga olib kelish chog‘ida bajariladigan adadlar alohida o‘rin tutadi.
Kiyovnarkarlar oldida borayotgan jarjilar yo‘l bo‘yi to‘y bo‘layotganligini, kelin xonadoni tomon kiyov borayotganligini elga ma’lum qilish uchun jo‘shib-hayqirib qo‘shiq aytishadi. Professor O.Saforovning aniqlashicha, «kiyov eltish» udumi chog‘ida aytiladigan qo‘shiq Karmana, Toshrabot, Arabsaroy qishloqlarida «Huy bale», Shofirkon tumanining Dodbog‘ni, Qumbosdi, Talisafed, Qal’ai Mirarab, Yo‘xsun qishloqlarida «Antalho» deb ataladi. Bu qo‘shiqlar asosan lirik xarakterdagi to‘rtliklardan iborat bo‘lib, har band yoki misradan keyin naqorat (Huy bale, Antalho) qaytariladi. Ayrim qishloqlarda kelinni kiyovnikiga olib borayotganda ham kuyov jo‘ralarning jarchilari tomonidan «Huy bale» qo‘shig‘i aytiladi.
Sen qachon gul deb yubording,
Men senga yo‘l bemadim,
Sen qachon shahzoda bo‘lding,
Men senga gul bo‘lmadim
Dutoringni qo‘lga olib,
Qomatingday tutmading.
Huy-huy-huy, huy bale!
O‘zbek xalq nikoh to‘yi marosimining tarkibiy qismi sanaladigan «Qiz uzatish» kechasi yor-yor aytiladi. Bu janr o‘zining ijro etilish o‘rni, usullari, ijrochilar tarkibiga ko‘ra hududiy farqlanishlarga ega. Xususan, ayrim joylarda yor-yorni kelin tomonning chechan ayollari ijro etishsa, ba’zan qudalashayotgan har ikki tomon vakillari birgalikda, aytishuv tarzida kuylashlari kuzatiladi.
Yor-yor mavzu jihatidan ham g‘oyat sermazmun. Unda to‘y bo‘layotgan xonadonning sifatlari ulug‘lanadi, qiz o‘stirib, o‘g‘il uylantirish, ya’ni farzandlar kamolini ko‘rish har bir ota-ona hayotining mahiyatini tashkil etishi tarannum etiladi. Yor-yorda kelin va kiyovning go‘zalligi, odobli aqlli ekanligi alohida ta’qidlanadi. Yoshlarga uzoq umr, yaxshi farzandlar tilash baxtli hayot kechirishga undash yor-yorning yetakchi yo‘nalishidir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling