Yor-yor aytib kelamiz
Avval boshlab aytinglar,
Yo bismillo, yor-yor.
Bu olamni bor qilgan,
Olloh taolo, yor-yor.
Bizdan burun payg‘ambarlar,
O‘tibdikan, yor-yor.
Ummatlarga yo‘l solib,
Ketibdikan yor-yor,
Ummadlarni umid bog‘lab,
To‘y qilibdi, yor-yor.
Ostonasi tillolik
Uy qilibdi, yor-yor.
“Oydinda sovchi keldi”, ” Oy oldida bir yulduz”, “ Singlim qoshi qarodir”, “Osmondagi yulduzlar oy bolasi”, “Bu dunyoda bormikan”, “Sakkiz qizning sardori” kabi yor-yorlar xalq orasida sevib ijro etiladi.
Xatna (sunnat) to‘ylari folklori. Xalq o‘rtasida bu to‘y «xatna to‘yi», «sunnat to‘yi», «chukron», «qo‘lini halollash» kabi atamalar bilan yuritiladi.
Xatna to‘yi, odatda, bolaning toq yoshlarida o‘tkaziladi. Tasavvurlarga ko‘ra, xatna bolaning juft yoshlarida o‘tkazilsa, baxtsizlik keltirar emish. Hozir xatna to‘yi bola maktabga borgunga qadar o‘tkaziladi.
Motam marosim folklori. Motam inson umrining oxirini qayd etuvchi mungli marosimdir. Shu boisdan ushbu marosim ijro etiluvchi folklor janrlari, marosim ishtirokchilari, ularning kiyim-boshlari hamma-hammasi motamsaro va mungli xarakter kasb etadi.
O‘zbek motam marosimida, asosan, ikkita folklor janri ijro etiladi. Bular: yig‘i-yo‘qlovlari va motam yor-yorlaridan iborat.
Yig‘i-yo‘qlovlarning tematik doirasi keng bo‘lib, bu narsa yig‘ichilarning hayotiy tajribasi va ruhiy dunyosi bilan shartlangan. Biroq hamma vaqt ham yig‘i yo‘naltirilgan ob’ekt bilan yig‘ida ifodalangan tematika to‘la mos kelavermaydi. Masalan, yig‘i marhum farzandga qaratilgan bo‘lsa ham, biroq unda yig‘ichining shaxsiy dard-alami, ruhiy izrtiroblari keng maishiy-falsafiy planda ifodalanishi, ya’ni yig‘i tematikasi uning ob’ekti doirasidan tashqariga chiqib ketadi.
Motam marosimi folklorida ona vafoti bilan aytiladigan yig‘ilar talaygina. Ularda onaning mehribon siymosi, farzandlar uchun fidoyi qalbi ulug‘lanadi:
Mozor yo‘li andadur, voy onam,
Do'stlaringiz bilan baham: |