Энг қадимги халқ ОҒзаки ижоди намуналари. Миф, афсона, ривоят
Tuproqlari maydadur, voy onam
Download 0.53 Mb.
|
ЭНГ ҚАДИМГИ ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Tuproqlari maydadur, voy onam,
Shirin-shakar onamni, voy onam, Endi ko‘rmoq qaydadur, voy onam. So‘zning sehr-jodu qudratiga asoslangan marosimlar folklori. So‘z sehriga asoslanuvchi, o‘zbek marosim folklori janrlari o‘zida xalqning qadimgi e’tiqoddiy tasavvurlarini obrazli tarzda aks ettirgan. Demak, ularni amaliy vazifa ado etuvchi badiiy janrlar sifatida tadqiq etish mumkin. O‘zbek xalq afsun-duolari qadimgi ajdodlarimizning tabiati hodisalari, kishilarning sehr-jodu qudratlariga ishonch-e’tiqodlari natijasida vujudga kelgandir. Shu bois afsun-duolarga kishilar estetik lazzat olish istagi bilan emas, balki kundalik maishiy ehtiyoj tufayli murojaat etganlar. Masalan, kimdir qo‘ziqib qoldi, kimnidir biror zaharli jondor chaqib oladi va x.k. Mana shunday paytlarda kishilar chorasizlikdan ota-bobolari qachonlardir kashf etgan va sehr-jodu qudrati bor deb taxmin etilgan aytimlarga, xatti-harakat va narsalarga murojaat qilganlar. Ma’lum bo‘ladiki, xalq afsun-duolari estetik vazifa bajaruvchi janrlar bo‘lmay, balki sof maishiy-amaliy vazifa o‘tovchi janrlar hisoblanadi. Xalq afsunlari. «Afsun» arabcha sehr-jodu ma’nolarini anglatadi va folklorshunoslikda duo, aytimlar ma’nosida qo‘llaniladi. Turli xastaliklarda aytiladigan afsun-duolar. Ular tarixiy asoslari hamda tili jihatidan ikki xildir: A) diniy afsun-duolar. Bu xildagi afsun-duolar xalq orasida keng tarqalgan bo‘lsalar ham, biroq ular tarixan xalq afsun-duolaridan farqlanib turadilar. Diniy afsun-duolar «qur’on» va boshqa muqaddas manbaalardan olingan bo‘lib, asosan o‘qimishli kishilar-mullalar, eshon va otinbibilar tomonidan o‘qilgan. B) sof xalqona afsun-duolar. Bular o‘z ildizlari jihatidan xalqning ruhlar, dastlabki ajdodlar haqidagi e’tiqodiy qarashlari bilan aloqadorlikda vujudga kelganlar. Ruhiy xastaliklarda o‘qiladigan afsunlar. Bu xildagi xalq afsunlari unitilgan bo‘lib, hozir xalq o‘rtasida mullalar tomonidan o‘qiladigan afsunlarning aksariyati islomga aloqador va ularni o‘zbek xalq og‘zaki ijodi doirasida olib qaraganda to‘g‘ri emas. Badik badaniga suvchechak, qizilcha, eshakemi kabi toshmalar chiqqanida o‘qiladigan afsun bo‘lib, u qaltiramoq, titramoq ma’nolarini anglatuvchi turkiy «baz» so‘zidan olingan demak, badaniga yuqorida aytilgan toshmalar toshganda o‘tkaziladigan marosim va o‘qiladigan afsun turi badik deb ataladi. Kinna atamasi suq, xasad, kek, o‘ch, xusumat kabi ma’nolarni anglatuvchi kin so‘zidan olingan. Uzoq ajdodlarning tasavvuricha, kinna manbai baxil, kek saqlovchi, o‘zgalarning muvaffaqiyatini ko‘ra olmaydigan shaxslarning ko‘zidan kiradi. Shuning uchun bunday kishilarga nisbatan xalq orasida «ko‘zi bor», «ko‘zlik», «kinnasi bor» kabi iboralar ishlatiladi. O`zbek marosim folklori o`zining rang- barang, serqirraligi bilan butun jahon ahlini o`ziga mafun etib kelmoqda. Shu boisdan marosimlarga alohida e`tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi “Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi 28-son qarori hamda 27 apreldagi 73-sonli Bayoniga muvofiq joriy yilning 13-14 may kunlari Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida “Boysun bahori” folklor festivali o‘tkazilishi belgilandi va yil mobaynidagi turizm tadbirlari kalendari yana bir katta voqea bilan boyidi. Ta’kidlash joizki, UNESCO tashkiloti 2001 yilda ushbu mintaqaning boy madaniy va folklor merosi “Boysun madaniy muhiti” nomi ostida “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari” qatorida tan olingan va 2008 yildan boshlab Boysun UNESCOning Umumjaxon Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Bunday xalqaro miqyosdagi e’tibor va e’tirofdan kelib chiqib, 2002 yilda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini o‘tkazish boshlangandi. Festival doirasida xalq tarixi va madaniyatini o‘rganish, uning boy merosini saqlab qolishga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar tashkil etilgan edi. Ana shunday forum va konferensiyalarda tarixchi, arxeolog, etnograf, filolog va san’atshunos olimlar hamda hunarmandlar ishtirok etib, natijada, 50ga yaqin yodgorlik aniqlandi, san’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti UNESCO homiyligida olib borgan xalqaro ekspeditsiyada mahalliy aholi orasida tarqalgan yuzga yaqin ijrochilik san’ati namunalarini yozib olishga ham erishildi. Shunga qaramay, bunday ulkan amaliy ahamiyatga ega tadbir 2004 yilga kelib to‘xtab qolgan edi. Qayta tashkil etilayotgan mazkur festival boshqa bir qator festivallar, jumladan, Samarqanddagi “Sharq taronalari”, Buxorodagi “Ipak va ziravorlar”, Marg‘ilondagi “Atlas bayrami”, Xorazmdagi “Raqs sehri” va turizm ko‘rgazmalari kabi ulkan madaniy tadbirlar ro‘yxatiga kiritiladi. Nazorat savollari Mavsumiy va oilaviy marosimlarning xalq hayotidagi amaliy ahamiyati nima? Navro‘z bayrami va xalq taqvining o‘zaro uyg‘unligi siz yashayotgan hudud folklor namunalarida ham aks etganmi? Xalq lirikasining marosim bilan bog‘liq bo‘lmagan janrlarida yetakchi motiv sifatida nimani ko‘rsatasiz? Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling