Eng chuqur g`or – Jan Bernar. Fransiyaning Alp tog` tizmasida joylashgan. Chuqurligi – 1535 metr.
Eng chuqur joy – O`lik dengiz yaqinida joylashgan. Ushbu hudud Isroil va Iordaniya hududida joylashgan. Dengiz sathidan chuqurligi –405 metr.
Eng, Eng, Eng… (Gidrosfera bo`yicha)
Eng uzun daryo – Nil. Uzunligi – 6671 km. Daryo Sharqiy Afrika tog`liklaridan boshlanib (Kagera daryosidan) shimolga tomon harakatlanadi va O`rta dengiziga quyiladi.
Eng qisqa daryo – 17,7 metrni tashkil etadi. Ushbu dunyodagi eng qisqa daryo AQSHning Montana shtatidagi Greyt-Fols degan manzilidan oqib o`tuvchi va Missisipi daryosiga quyiluvchi Rou-River daryosining bir irmog`i aynan shu uzunlikdagi masofaga ega xolos.
Eng sersuv va katta havzali daryo – Amazonka. Janubiy Amerikada joylashgan. Havzasi maydoni 7 180 000 km2. Uzunligi – 6400 km. Suv sarfi sekundiga 220 000 m.kub. Suv hajmi 340 ming m.kub gacha yetadi. Daryoning 500 irmog`i mavjud va daryo Peru, Braziliya davlatlari hududidan oqib o`tadi.
Eng katta ko`l – Kaspiy. Maydoni 371 000 km.kv va suv hajmi 78 200 km.kub. Kaspiy ko`li shimoldan janubga 1200 km ga, g`arbdan sharqqa 435 km ga cho`zilgan. O`rtacha sho`rlik darajasi 13‰. Ko`l atrofida quydagi davlatlar joylashgan: Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon.
Eng chuqur ko`l – Baykal. Bu ko`l dunyodagi eng chuqur ko`l bo`lib, Tinch okeani flotining gidrogeografiya xizmati 1974-yili o`lchash ishlarini olib borganda eng chuqur joyi 1637 metrni tashkil etgan.
Eng sho`r ko`l – O`lik dengiz. Sho`rlik darajasi 270 ‰.Eng balanddagi yirik ko`l – Titikaka. Peru va Boliviya davlatlari o`rtasida, dengiz sathidan 3812 metr balandda joylashgan. Maydoni 8,3 km.kv, chuqurligi 304 metr.
Do'stlaringiz bilan baham: |