Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi va fashistlashtirilishi
Download 109.5 Kb.
|
Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi va fashistlashtirilishi.
Birinchi jahon urushidan keyin kapitalistik mamlakatlarda jismoniy tarbiyani to`gridan-to`gri keng ko`lamda harbiylashtirish ayrim mamlakatlarda esa uni fashistlashtirish boshlanib ketdi. Chet el mamlakatlari o`quv yurtlarida olib borilayotgan jismoniy tarbiya dasturlari qayta ko`rib chiqildi. Mehnatkashlarning sport tashkilotlariga kirishini yengillashtirdi, ularni korxona egasiga qarashli fabrika-zavod sport klublariga, skaut tashkilotlariga, jismoniy tarbiyaning katolik hamda xristian uyshmalariga jalb etish ishlarini avj oldirib yubordi. Chet el mamlakatlari sport tashkilotlarida yoshlarni jismoniy jihatdan har tomonlama o`stirish emas, balki ularga harbiy bilimlar, ko`nikma va malakalar berish, o`z g’oyalarini majburan singdirishga uringan. Germaniyada agressiv doiralar nemis harbiy imkoniyatlarini qayta tiklash planlarini ko`tarib chiqa boshladilar. Ular nemis yoshlarini jismoniy jihatdan baquvvat, «Buyuk Germaniya»ni tiklashni hamda nemis militaristlarining «Germaniya hammadan yuqori» degan chaqirig`ini amalga oshirishni to`la istaydigan qilib tarbiyalashga intildilar. Fashistlar qattiq terror qilish natijasida keksa nemis sport tashkilotlarining qarshiligini yengishga hamda sport harakatini fashistlar yo`lga solishga muvaffaq bo`ldilar. Fashistlarning «sport» tarbiyasi «Quvonch tufayli kuch» tashkiloti yonida tuzilgan «mehnat fronti» (fashist kasaba soyuzlari) vositalari ham amalga oshirildi. 1936-1939 yillarda sportni fashistlashtirish yanada kuchaydi.1938 yilda ta`sis etligan Jismoniy mashqlar millatchilik imperiya soyuzida o`z ifodasini topdi. Fashistlar Italiyasida ham jismoniy tarbiya va sport ishlari keng miqyosda harbiylashtirildi va fashistlashtirildi. 1922 yilda xokimiyat tepasiga kelgan Italiya fashizmining siyosati «Buyuk Italiya»ni tuzish uchun yangi imperialistik urushga tayyorlanishga qaratildi. Italiyada maktab yoshidagi bolalar hamda yoshlarning jismoniy jihatdan o`sishi va ularga fashistlar tomonidan beriladigan tarbiya ishlariga maorif ministrligining jismoniy tarbiya departamenti va maxsus ijtimoiy tashkilot «Opera natsionale Balilla» rahbarlik qildi. «Balilla» asosan 8-13 yoshlardagi o`g`il bolalarni birlashtirgan. 14-18 yoshdagi o`smirlar «Avangardisti» tashkilotiga kirganlar. 8-13 yoshdagi qizlar «Pikoli italiyane» («Kichik yoshdagi italiyan qizlar»), 14-18 yoshdagi qizlar esa «Djivaniye italiyani» («yosh italiyan qizlar») tashkilotlariga birlashtirilganlar. «Opera natsionale Balilla»ning 93 ta bo`limi bo`lgan. Fashistlar «sekretarlari» rahbarligidagi bu bo`limlarning 4000 ga yaqin mahalliy tashkiloti bor edi. «Balilla» faoliyati davlat tomonidan ajratilgan yirik mablag`, kapitalistlar va burjua tashkilotlarining yordami bilan ta`minlandi. «Balilla» tashkilotlarida yengil atletika, qilichbozlik, gimnastika, eshkak eshish va hakazo keng qo`llaniladi. Shu bilan bir qatorda har bir joyda geografik va iqlim sharoitlariga qarab, maxsus sport turlari: Alpda tog` chang`i sporti, dengiz bo`yida suzish, yelkan sporti, daryolarda suzish, eshkak eshish, tekislikda ot sporti, hamma joyda sport o`yinlari (regbi, futbol, basketbol, voleybol), otish, velosiped sporti va sportning motorli turlari ham taraqqiy ettirildi. Bularda sportning avtomobil, mototsikl, aviatsiya, planer va parashyut turlari, qilichbozlik, kurash, boks, og`irlik ko`tarish va gimnastikani taraqqiy ettirishga katta ahamiyat berildi. Italiyada fashistlar armiyasiga rezervlar tayyorlash maqsadida «Opera natsionale dopolivora» nomi bilan juda ko`p tashkilotlar vujudga keltirildi. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling