Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport


Sportning rivojlanishi va xalqaro sport uyushmalarini tuzish


Download 109.5 Kb.
bet5/9
Sana16.01.2023
Hajmi109.5 Kb.
#1095380
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport

Sportning rivojlanishi va xalqaro sport uyushmalarini tuzish.

Xalqaro sport va olimpiya harakatining vujudga kelish sabablaridan eng muhimi sportni rivojlantirish va xalqaro sport uyushmalarini (XSU) tuzish harakati bo'ldi. Hozirgi davr sporti XX asrlardagi yirik ijtimoiy o'zgarishlar, ishlab chiqarish jarayonidagi inqiloblar, harbiy ishlar, fan, madaniyat va san'atdagi taraqqiyot mahsulidir.


XX asrning ikkinchi yarmida juda ko'p hozirgi zamon sport turlari va o'yinlari rivojlandi. Turli mamlakatlarda sport klublari tashkil etildi, musobaqalar o'tkaziladigan bo'ldi, sport inshootlari qurildi. Jahonda Olimpiya o'yinlari xalqaro miqyosida o'tkazishiga asta-sekin zamin tayyorlangan.
1920 yilda birinchi jahon urushdan keyingi davrdagi olimpiada o`yinlari bo`lib o`tdi. Bu o`yinlar Belgiya poytaxti Antverpen shaxrida o`tkazildi. Urush natijasida yetkazilgan zarar iqtisodiy qiyinchiliklar o`yinlarni tayyorlash va o`tkazishga ta`sir qildi. Belgiya hukumati zarur bo`lgan sport inshoatlarini qurishga yetarli darajada mablag` olmagani uchun ham sport inshootlari ayrim metsenat- kapitalistlar bergan yordam va sportchilar ortasida yig`ilgan mablag` hisobiga qurildi.
1920 yilda bo`ladigan Olimpia o`yinlari xalqaro ahvol keskinlashib ketgan bir vaqtda tayyorlanildi. Dunyoning oltidan bir qismi jahonda birinchi ishchi-dehqonlar davlati vujudga keldi. Birinchi marta VII olimpiada o`yinlarida besh qit`a sportchilarining birligi va do`stligining simvoli - beshta xalqaro olimpiada bayrog`i hirpiradi. Ammo, bunga qaramasdan, Germaniya va uning jahon urushidagi ittifoqchilarining sportchilari olimpiada o`yinlariga qo`yilmadi.



14-rasm. Zamonaviy Olmpiada o’yinlarining ramzi


VII Olimpiada o`yinlarida 29 mamlakatdan 2606 sportchi qatnashdi. Urushda qatnashmagan yoki undan kam zarar ko`rgan mamlakatlarning sportchilari yaxshigina muvaffaqiyatlarga erishdilar. O`yinda 13 ta yangi rekordlar o`rnatildi, shundan 6 tasi jahon rekordidan yuqori edi. Qo`lga kiritilgan medallarning g`ayri rasmiy hisobi va hisoblab chiqilgan ochkolar (bu 1912 yildagi olimpiada o`yinlardan boshlab yuritilgan) bo`yicha birinchi o`rinni AQSh, ikkinchi o`rinni Shvetsiya, uchinchi o`rinni Angliya, to`rtinchi o`rinni Finlyanda sportchilari egalladilar (14-rasm).

Download 109.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling