Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport
-rasm. 1-qishki Olimpiada o’yinlaridagi mashalasi
Download 109.5 Kb.
|
Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- I qishgi Olimpiada
15-rasm. 1-qishki Olimpiada o’yinlaridagi mashalasi.
XI Olimpiada o`yinlarida 49 mamlakatdan 4069 sportchi qatnashdi. Sport musobaqalarida, ayniqsa yengil atletika musobaqalarida negr sportchilari ustunlik qildilar. Keyinchalik XOQ «o`yinlarda qayg`uli o`qibatlarga olib kelgan harbiylashtirish va natsizmning kuchli ruhi hukmronlik qilganligini» tan oldi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari o`rtasidagi davrda qishki olimpiada o`yinlari ham o`tkazila boshlandi. I qishgi Olimpiada 1924 y. Fransiyada Shamoni degan joyda bo`lib o`tdi. Olimpiada dasturiga chang`ida yugirish, slalom, tramplinkida figurali yugirish kiritildi (15-rasm). II Qishgi olimpiada 1928 yili Shvetsiyada Sent-Moritseda o`tkazildi. Bu olimpiada 1932 va 1936 yillardagi olimpiada o`yinlarida g`alaba qozongan novregiyalik figurachi Soniya Xeni katta yutuqga erishdi. Oq olimpiada 1932 y. AQSHda, Leyk Plesidada o`tkazildi. Bu olimpiada 1936 yilda Germaniyada, Garmish-Partenkirxenda bo`ldi. Barcha qishki olimpiada o`yinlarida Skandinaviya mamlakatlari, ayniqsa Norvegiya sportchilari katta muvaffaqiyatga erishdilar. Urushdan keyingi yillarda Olimpiya o'yinlari yana davom ettirildi. 1948-1952 yillarda Olimpiya o'yinlarida AQSH g'olib chiqdi va keyingi o'yinlarda esa ikkinchi o'ringa tushib ketdi, ya'ni Melburn (1956), Rim (1960), Myunxen (1972), Barselona (1992) olimpiadalarida ikkinchi o'rinni egallaganlar. Uchinchi o'rinlarni esa 1976-yilgi qishki (Insburg) va yozgi (Monreal), 1988-yilda Seulda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida oldilar. Amerika sportchilari ko'proq yengil atletika, suzish, o'q otish, basketbol, boks, figurali uchish kabi turlarda doimo ustun bo'lib kelmoqda. Olimpiya sporti urushdan keyingi yillarda chet el mamlakatlarida keng miqyosda rivojlanib ketdi. Bunga, asosan, bu mamlakatlarda ikki yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishi sabab bo'ldi. Shu asosda gimnastika, dzyu-do hamda qishki sport turlari Yaponiyada; konkida uchish va chang'i sport turlari, xokkey Kanada, Skandinaviya mamlakatlari va Finlyandiyada; konkida figurali uchish, tog' chang'i sporti Fransiya, GFR va Avstraliyada; futbol-Braziliya, Angliya, GFR, Gollandiya, Italiya, Argentina va boshqa mamlakatlarda rivoj topdi. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling