Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport


Download 109.5 Kb.
bet9/9
Sana16.01.2023
Hajmi109.5 Kb.
#1095380
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport

Germaniya. Nemis sportchilarining xalqaro sport va Olimpiya maydonlariga chiqish yo'li oson kechmadi. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) qaroriga binoan Birinchi jahon urushining asosiy sababchisi sifatida Germaniya 1920 y. (Antverpen) va 1924-yilgi (Parij) Olimpiya o'yinlariga qo'yilmadi. Lekin Germaniya hukumati va jamoatchi sport tashkilotlari mamlakatda sportni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalandilar. 1926 yilga kelib, nemis sportchilari og'ir atletika, ot sporti, yengil atletika, yunon-rum kurashi, suv polosi kabi turlari bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egalladi. 1928 yilda Amsterdamdagi o'yinlarda nemis sport­chilari paydo bo'lib, birdaniga yuqori natijalarga erishdi. Ular olgan medallari soniga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. AQSH sportchilari birinchi o'rinda edi.
1930 yilda Germaniya 1936-yildagi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish huquqiga ega bo'ldi. Shu tariqa XI Olimpiyada Berlinda va IV qishki Olimpiyada o'yinlari Gormish - Partenkirxenda o'tkazildi.
1933 yilda Gitler mamlakatda fashistik va militaristik tartiblarini o'rnatib, Olimpiya o'yinlari bayrog'i ostida o'zining qabih siyosatidan foydalandi. Bunday sharoitda Olimpiya o'yinlarini o'tkazishga qarshi demokratik kuchlar qanchalik harakat qilmasin, o'yinlar Berlinda tashkil qilindi. Germaniyadagi totalitar tuzum o'zining Yevropadaga «Yangi tartibini» namoyish qildi.
Germaniya o'z hududida o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida hammadan ko'proq medallar olishga erishdi. Umuman, medallar quyidagicha taqsimlandi: Germaniya - 89 (33-26-30)ta, AQSH - 56 (24-20-12)ta edi. Germaniyaning akademik eshkak eshish (baydarka va kanoe), og'ir atletika, gimnastika, ot va yelkan sporti, boks, besh kurash kabi turlari ustunligi bor edi.
1936 yilgi qishki Olimpiyadada tog' chang'isi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi musobaqalarda Germaniyaga teng keladigan raqiblar ham yo'q edi.
Adabiyotlar



  1. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Darslik. T.: 2008

  2. Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. Uslubiy qo’llanma. T: 2013.

  3. Olimpiya bilimlari asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: «Sharq», 2002.

  4. Niyozov I. Olimpiya sport o‘yinlari. Uslubiy qo‘llanma. T., 2006.

  5. Энциклопедия Олимпийского спорта. Под редакцией В.Н.Платонова. Киев: Олимпийская литертура, 2004.

  6. Нормуродов А., Моргунова И. Олимпийские игры. Учебное пособие.Т.: 2011.

Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: 2017.
Download 109.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling