Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha
De Gollchilar Fransiyasining tashqi siyosati
Download 1 Mb.
|
Йилларда франция-fayllar.org (2)
3. De Gollchilar Fransiyasining tashqi siyosati.
De Goll atlantik birdamlik g‘oyasidan voz kechdi va dunyoni ikkita markazga bo‘lib boshqarish tizimiga qat’iy tarzda qarshi chiqdi. Fransiya G‘arb va Sharq o‘rtasidagi muzokaralarda tayanch bo‘la oladigan mamlakat sifatida o‘zini namoyon qiloldi. Bu Fransiya - sobiq SSSR munosabatlarining yaxshilanishiga olib keldi. 1958-1959 yillarda hukumatlararo munosabatlar yangidan faollashdi va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada kengaydi. 1960 yilda N.Xrushevning Fransiyaga qilgan tashrifidan so‘ng, bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda keskin burilish yuzaga keldi. 1966 yilda de Gollning SSSRga uyushtirgan rasmiy tashrifi, Fransiyaning NATO harbiy strukturasidan chiqish vaqti bilan to‘g‘ri kelishi katta siyosiy shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. 1959 yilda tashkil etilgan “Fransiya-Sharqiy Yevropa” qo‘mitasi boshchiligida Fransiya va Sharqiy Yevropa sotsialistik mamlakatlari o‘rtasidagi birinchilardan bo‘lib, GDRning mavjudligini tan oldi. De Goll kommunistik rejim bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularda demokratiyalashtirishni amalga oshirish uchun eng samaradorli usul deb hisobladi. 60-yillarda Fransiyaning AQSH bilan munosabatlari ko‘zga ko‘rinarli darajada keskinlashdi. De Goll Fransiyaning milliy xavfsizligi sohasida to‘la mustaqillikka erishishini ta’minlash uchun qilayotgan sa’y-harakatlari eng muhim masalalardan hisoblanar edi. Dastlabki vaqtda de Goll NATO bo‘yicha ittifoqchilari bilan qarama-qarshiliklarga berishni istamagan edi. Fransuz diplomatiyasining NATO tarkibida “triumvirat” - AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning yetakchilik guruhini tashkil etish g‘oyasiga qiziqishi namoyon bo‘ldi. Parij amerikaliklardan NATO dagi yadroviy kuchlariga yagona nazorat o‘rnatish fikrlaridan voz kechishni talab qildi. 60-yillar boshlarida Karib va Berlin inqirozlari tufayli xalqaro vaziyatning keskinlashishi, siyosiy tashabbuslarning muvaffaqiyatsizliklarga uchrashi de Gollga mustaqil milliy xavfsizlikni tashkil etishni kuchaytirishga majbur qildi. 1962 yilda yadroviy qurollar tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan anglo-fransuz va anglo-amerika muzokaralari chegaraviy ahamiyatga ega bo‘ldi. Buyuk Britaniya fransiyaliklarning birgalikda milliy yadroviy kuchlarni tuzish haqidagi loyihani rad etdi va aksincha, NATO tarkibida “ko‘p tomonlama yadroviy kuchlarni tuzish masalasi bo‘yicha amerikaliklarning loyihasini qo‘llab quvvatladi. ” 1963 yilda Fransiya “atlantik birdamlik” yo‘nalishidan batamom voz kechdi va mustaqil “yadroviy kuchni” tuzish uchun harakat qila boshladi. Suvosti atom kemalari va 3 ming km radiusgacha harakat qila oladigan “yer-yer” tipidagi yadroviy raketalarni olib ucha oladigan “Mirast-1U-2” samolyotlarini qurish ishlari boshlanib ketdi. 1964 yil iyulda bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida de Goll Fransiyaning yadroviy mamlakatga aylanayotganligi haqida tantanali bayonot berdi. Keyingi yildan Fransiya AQSH nazorati ostida bo‘lgan harbiy siyosiy tizimlardan asta-sekinlik bilan chiqib keta boshladi. 1965 yilda Fransiya SEATO Kengashi yig‘ilishlarida qatnashishni to‘xtatdi. Bu esa o‘z navbatida Fransiyaning SEATOdan chiqqanligini anglatar edi. 1966 yil martida fransuz hukumati NATOning harbiy tashkilotidan chiqishi to‘g‘risida bayonot berdi. Bu qaror xalqaro vaziyatning o‘zgarganligi G‘arb uchun real xavf xatarning yo‘qligi, milliy yadroviy kuchlarning ko‘p millatli qurolli kuchlar bilan yaxlit holga keltirishning imkoniyati yo‘qligi kabi dalillar bilan asoslandi. NATO rahbariyatiga qisqa muddatlarda Fransiya hududlarida joylashtirilgan 40 minglik AQSH va Kanada harbiylarini Yevropaning boshqa mamlakatlari hududlariga joylashtirishni taklif qildi. Fransiya hududida NATOning infrastrukturasi uchun amerikaliklar so‘ragan 2,5 mlyard doll konsepsiyasini to‘lashdan bosh tortdi. Bu infrastruktura o‘z ichiga 46 ta aerodrom, 100 lab km neft quvurlari, telegraf va radioaloqa tizimini, shuningdek dengizdoklari va omborxonalarini ham kiritgan edi. 1967 yilda Fransiya qurolli kuchlari Bosh shtabining boshlig‘i general Sh.Ayyere tomonidan mamlakatning yangi harbiy doktrinasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra yadroviy kuchlar milliy xavfsizlikning tayanchi hisoblandi. Bu qurolni urush boshlash uchun emas, balki uni to‘xtatish uchun ishlatish ko‘zda tutildi. Bu doktrina “barcha azimutlar bo‘yicha mudofaa” degan nomni oldi, chunki dushman sifatida endi faqatgina sovet bloki ko‘zda tutilmayotgan edi. Suveren Fransiyadan tashqari, “uchinchi kuch”ga birlashgan Yevropa kiritilar edi. 60-yillarda Fransiya qat’iy ravishda integratsion jarayondagi yetakchi mavqeini qaytarib oldi. De Goll YEIHning millatlarini boshqaruvchi tashkilotga aylanishiga qarshi chiqdi va “Yevropa yagona-Vatan ” shiorini ilgari surib, mustaqil davlatlar hamdo‘stligini tuzishni yoqladi, “Yevropa” tushunchasiga Atlantikadan Uralgacha bo‘lgan hududni kiritishni taklif etdi. “ Yevropa yagona-Vatan ” konsepsiyasini taraqqiy ettirish davomida fransuz diplomatiyasi 1960 yilda “Fushe plani” loyihasini ilgari surdi. Unga ko‘ra, Yevropadagi “oltilik” davlatlar NATOga bo‘ysunmagan holda Yevropaning xavfsizlik tizimini ishlab chiqishi, tashqi siyosatni koordinatsiya qilishi, iqtisodiy jihatdan rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish orqali integratsion jarayonlarni chuqurlashtirish ko‘zda tutilgan edi. “Fushe plani ”ga ko‘ra, kelgusida Yevropa davlatlarining Ittifoqini tuzish istiqboli bor edi. Bu ittifoqning a’zolari o‘z mustaqilliklarini saqlagani holda, jahon sahnasida yagona kuch sifatida namoyon bo‘lishlari lozim edi. Ammo, Fransiyaning YEH ligidagi sheriklari NATOga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bu loyihani rad etdilar. “Fushe rejasi” barbod bo‘lgach, de Goll Yevropadagi tizimini davlatlar ustidan nazoratining kuchayishiga qarshi kurashdi. 1965 yilda de Goll Yevropa komissiyasining raisi V.Xolshteyning Yehning vakolatlarini oshirishi haqidagi rejasini qattiq qoralab chiqdi. Yevropa hamdo‘stligidagi sheriklari ichida de Goll GFR kansleri K.Adenauerning tutgan pozitsiyasini yuqori baholar edi. Fransiya diplomatiyasi tomonidan “Parij-Bonn” o‘qi dunyo siyosatida, ayniqsa, yayevropada eng asosiy kuch sifatida qoralar edi. 1963 yilda fransuz-nemislar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikkala davlatning yaqinlashishi natijasi bo‘ldi. Ammo, GFRda kansler lavozimiga L.Erxardning kelishi va tashqi siyosatda atlantik yo‘nalishning kuchayishi oqibatida har ikkala davlat o‘rtasidagi aloqalar zaiflashib ketdi. De Gollning hokimiyat tepasiga kelishida yuzaga kelgan vaziyatga qaramasdan, uning tashqi siyosatida mustamlakachilik masalasi birinchi o‘rinda turmas edi. Mustamlakachi imperiyasidagi boshqaruv yo‘llarining o‘zgarishi masalasi, mamlakat uchun katta ahamiyatga ega edi. Prezidentning ko‘pgina safdoshlari, unga Jazoir muammosiga barham bera oladigan, imperiyaning parchalanib ketishini to‘xtatib qoladigan qattiqqo‘l kishi sifatida qarardi. Ammo, de Goll,endi an’anaviy kalonializm davribarham topganiga ishonchi komil edi. U uchinchi dunyo mamlakatlari bilan bo‘ladigan aloqalarning asosida o‘zaro foydali iqtisodiy hamkorlik va Fransiyaning har qanday davlatning o‘z taqdirini o‘zi belgilashiga befarq qaramaydigan va yordam beradigan davlat sifatida obro‘-e’tibori oshishini istar edi. Gollizm fransuzlarga neokoalonial siyosatini ishlab chiqdi. 1958 yil konstitutsiyasiga ko‘ra Fransiya Ittifoqi Xamdo‘stlik deb qayta o‘zgartirildi. Hamdo‘stlik suveren davlatlardan tashkil topib unga ko‘ra, har bir a’zo davlat to‘la mustaqillik olishi va tashkilotdan erkin chiqib ketishi huquqiga ega bo‘ldi. Ittifoqqa a’zo hisoblangan davlatlar o‘tkazilgan referendumlar asosida o‘zlarining hamdo‘stlikdagi ishtiroki formulasini aniqlab olishga harakat qildilar. Faqatgina Gveniya unga a’zo bo‘lishdan voz kechdi va 1958 yil 1 oktabrida mustaqil davlat bo‘ldi. Tez orada, tashkilotga a’zo davlatlar hamdo‘stlik safidan birin-ketin chiqib keta boshladi. 1960 yil yanvarida Kamerun sal keyinroq, Gogo, G‘arbiy Afrika va Ekvatorial Fransiya tarkibiga kiruvchi boshqa davlatlar ham mustaqillikka erishdi. “Afrika yili” sifatida tarixga kirgan 1960 yilda, Fransiyaning Afrikdagi mustamlakalaridan 14 tasi mustaqil davlatlarga aylandi. Ammo, gollchilar hukumatining tabirkor va puxta siyosati tufayli, Fransiya bu hududlarda o‘zining iqtisodiy va siyosiy nufuzini nafaqat saqlab qoldi, balki yanada mustahkamladi. Konstitutsiyadagi “Hamdo‘stlik” to‘g‘risidagi nizom (qonun) 1995 yilga kelib tamomila bekor qilindi. Fransiyaning uchinchi dunyo mamlakatlari bilan munosabatlarining shakllanishida Jazoirdagi nizoning barham topishi muhim ahamiyat kasb etdi. Goh Jazoir millatchilari, goh “ultra” tomonidan amalga oshirilayotgan har qanday ekstremistik harakatlarni tugatish uchun qattiqlik bilan kurashayotgan de Goll bu masalani huquqiy yo‘l bilan yechishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 1959 yilning oktabridayoq prezident “Jazoir muammosini” jazoirliklarning o‘z taqdirini o‘zlari belgilash yo‘li bilan yechishga erishmoqchi ekanligi to‘g‘risida bayonot berdi. Bunga qarshi “Ultra” yangi ekstremistik va zulmkorlik harakatlari bilan javob berdi. 1960 yil yanvar oyida Jazoir poytaxtida “barrikadalar haftasi” nomini olgan fitnaga urinish bo‘lib o‘tdi. Bu voqealar gollchilar harakatining zaiflashuviga va undan radikal qanotning ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. 1961 yil 8 yanvarda Fransiya hukumati “Jazoir o‘z taqdirini o‘zi belgilash to‘g‘risidagi” huquqini berish haqida referendum tashkil etdi. Bu loyihani qo‘llab-quvvatlash 75% saylovchi ovoz berdi. Bu voqelar tufayli “ultra” davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinib ko‘rdi. Ular 22 aprelda Jazoirda dislokatsiya qilingan harbiy qo‘shilmalar yordamida, poytaxtdagi hokimiyatni egallab olishdi va Fransiya prezidentining ag‘darilganini e’lon qilishdi. Fitnaga Salan, Jou, Shal va Ziller kabi generallar boshchilik qildi. Hattoki, metrologiya aerodroilarida Jazoirdagi harbiy qismlardan parashyutchilar tashlash xavfi ham paydo bo‘lib qoldi. Bunday keskin harakatlar qilishga isyonchilarning yuragi dov bermadi. Hukumatga sodiq bo‘lgan harbiy kuchlarning Jazoirga qayta dislokatsiya qilganidan so‘ng fitna bostirildi. “Ultra”ning radikal guruhlari. Maxfiy armiya tashkiloti nomli terroristik tashkil etdilar va yashirin (neolegal) faoliyat ko‘rsata boshladilar. Deyarli bir yil mobaynida olib borilgan muzokaralardan so‘ng, 1962 yil 18 martida fransuz hukumati va Jazoir Milliy Ozodlik harakati o‘rtasida Evian bitimi imzolandi. Unga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish, Jazoirning o‘z taqdirini o‘zi belgilash shartlari va kelajakda Fransiya-Jazoir o‘rtasidagi munosabatlarning qonun-qoidalari ishlab chiqildi. 1962 yil 1 iyulda Jazoirda o‘tkazilgan referendumdan so‘ng, fransuz hukumati bu mamlakatning mustaqilligini rasman tan olganligi haqida e’lon qildi. Jazoirdagi inqirozning barham topishi, Fransiyaning arab mamlakatlari bilan aloqalarining kengayishiga turtki bo‘ldi. 60-yillarning ikkinchi yarmida Fransiyaning uchinchi dunyo siyosatida bu yo‘nalish ustivor bo‘ldi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling