Engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining katta ulushini turli tolalardan tayyorlangan iplardan to' qilgan gazlamalar tashkil etadi


жадвал Тўқишда ипининг ўтиш қобилиятига эритма таркибининг таъсири


Download 405.98 Kb.
bet12/12
Sana18.06.2023
Hajmi405.98 Kb.
#1583429
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Javlonbek-BMI

жадвал

Полимер ва унинг концентрацияси, %



Сабабларга кўра узилиш, дона/кг

Нуқсон, %



Умумий

Ипнинг синиши

Синмаган қисм

Қалин ёки юқалашган

Бошқа сабаблар

Дастлабки ишлов

0,62

0,10

0,20

0,15

0,17

8,8

Модификация
1,0-1.5
2,5

0,54
0,50



0,10
0,10



0,15
0,10



0,14
0,12



0,15
0,18



7,2
6,1



Модификация
1,5-2.5



0,56
0,58



0,11
0,13



0,14
0,16



0,12
0,15



0,19
0,14



7,3
7,5



Трикотаж матосини тўқишда жун толаси ипининг физик-механик хоссалари ва айниқса, ўтувчанлигининг яхшиланиши кузатилaди

Хулоса
O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan ko‘p asrlik tarixga ega: paxta tolasi, ipak, terichilik, kaolin kabilar mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi. Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston orqali o‘tishi, bu yerda ishlangan paxta va ipakli matolar hunarmandchiligi, o‘ziga xos xushbichim milliy ust-bosh va oyoq kiyimlar, suratlar chizilgan sopol idishlar dunyoning ko‘plab davlatlariga mashhur bo‘lgan. Hozirgi vaqtga kelib, dunyoda eksportni amalga oshiruvchi yengil sanoat tarmoqlar orasida yuqori reytingga ega bo‘lib turibdi. Bu soha eksport tovarlar nomenklaturasida yigirilgan ip-kalavadan tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan keng tarmoqni o‘z ichiga olgan. Shu nuqtayi nazardan sohaning eksport potensiali salmoqli o‘ringa ega bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishi mavjud strategik investor, jahon bozoridagi tovarlar konyunkturasi, biznes rejaning samaradorligi, kadrlarning eksport ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishiga bog‘liqdir.


To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, zamonaviy yuqori
texnologiyalardan foydalanish va bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud xomashyolardan foydalanib, raqobatbardosh sifatli yangi turdagi to‘qimalarni ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Iplarni to‘quvchilikka tayyorlash ip va to‘qima ishlab chiqarish jarayoni o‘rtasidagi bog‘lovchi texnologik zveno bo‘lib hisoblanadi.
To‘quvchilik ishlab chiqarish texnologik jarayoni asosan quyidagilardan: ishlab chiqarilayotgan to‘qimalar assortimenti, xomashyo va to‘qimalarning tuzilishidan tashkil topadi.
Mahsulotning fizik-mexanik xususiyatlarini saqlagan holda ularni tannarxining kamaytirish to‘qimachilik mutaxassislarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham turli xil to‘qimachilik iplarini ishlab chiqarishga jorish etish masalasiga katta e’tibor qaratiladi.
Kimyoviy iplardan foydalanish darajasining ortib borishi, ularning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari nafaqat tabiiy tolalardan qolishmaydi, balki ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ulardan yuqoriroq hamdir. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarishda materiallar va mehnat xarajatlarini kamaytirish, xomashyoning arzonligi va uzluksiz ta’minlanishi katta rol o‘ynaydi.
Tanda va arqoq iplarining fizik-mexanik xususiyatlari mashina va to‘quv dastgohlarining yuqori unumdorlikda ishlashini, ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini va to‘qimaga qo‘yilgan funksional talablarni ta’minlashi kerak bo‘ladi. Bunday talablarni bajarish uchun to‘quv dastgohida qayta ishlashni ta’minlovchi tanda va arqoq iplarini tayyorlash talab etiladi.
To‘quv ishlab chiqarish korxonasiga tanda iplari xomashyo yigirish tuftagida, g‘altakchalarda, kalavada va bobinalarda keltiriladi. Qayta o‘rash jarayonida iplar yigirish tuftagidan konussimon yoki silindrsimon bobinaga o‘raladi. Bobinalarga o‘ralgan iplar kerakli uzunlikda keyingi tandalash jarayonining muqobil kechishini ta’minlashi uchun o‘raladi. Kimyoviy iplar asosan bobinalarda keltiriladi.
Iplarni to‘quvchilikka tayyorlashning ko‘pgina texnologik jarayonlari murakkab kategoriyaga mansub bo‘lib, ular bir-biriga o‘zaro bog‘liq ko‘plab texnologik omillar bilan tavsiflanadi. Uskuna va dastgohlarning yuqori unumdorligini, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining talab darajasida bo‘lishi bevosita muqobil tanlangan va o‘rnatilgan texnologik omillarga bog‘liq bo‘ladi.







Download 405.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling