Ёниш учун зарур шароитлар


Ishlab chiqarishni portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari


Download 190 Kb.
bet7/12
Sana15.02.2023
Hajmi190 Kb.
#1199787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Хожиакбар ЁПХА

4. Ishlab chiqarishni portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari.
Har bir korxona uning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatadigan xom ashyosi, chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasiga ko‘ra yong‘in chiqishiga, portlashga va yong‘in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek yong‘inning asoratiga asoslangan holda yong‘inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.
Albatta, har bir korxonada yong‘in xavfi, birinchi navbatda, u erda ishlatilayotgan xom ashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong‘inga xavfliligi darajasi bilan o‘lchanadi.
Masalan, ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan mahsuloti engil alangalanuvchi suyuqliklar holatida bo‘lsa, albatta yonmaydigan xom ashyo ishlatib yonmaydigan mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong‘in chiqish ehtimoli ko‘p bo‘ladi. Binobarin, bu korxonada yong‘inning tarqalib ketishi osonlashadi va bu korxonada yong‘indan ko‘riladigan zarar miqdori albatta katta bo‘ladi.
Shuning uchun ham korxonalarni toifalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari albatta hisobga olinadi.
Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda Qurilish me’yor va qoidalari (SNiP II-90-81) asosida hamma korxonalari, skladlar yong‘in va portlashga xavfi bo‘yicha beshta toifaga bo‘linadi.
A toifa — yong‘inga va portlashga xavfli ishlab chiqarish korxonalari. Bularga suv, kislorod va bir biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi mumkin bo‘lgan moddalarni ishlatadigan ishlab chiqarish korxonalari; alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarish korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan va bug‘larining alangalanish harorati 28°S gacha bo‘lgan suyuqliklar bilan ish olib boriladigan ishlab chiqarish korxonalari mansub.
Bu toifaga oltingugurtli uglerod, efir, atseton va boshqa shunga o‘xshash moddalar olinadigan ishlab chiqarish korxonalari kiradi.
B toifa — portlash va yong‘inga xavfli toifadir. Bu toifaga quyi alangalanish chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 foizdan ortiq bo‘lgan yonuvchi gazlar bilan ish olib boradigan, shuningdek chaqnash harorati 28 dan 61 °S gacha bo‘lgan suyuqliklar hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash haroratigacha yoki undan ortiq darajada qizdirilgan suyuqliklar bilan ishlaydigan va pastki alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan kichik bo‘lgan chang va tolalar bo‘lgan va mazkur gazlar, suyuqliklar va changlar xona hajmining 5 foizdan ko‘proq miqdorda to‘planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari kiradi.
Mana shunday ishlab chiqarish korxonalari sirasiga ammiak haydovchi kompressor stansiyalari, detallarni kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari mansubdir.
V toifa — yong‘inga xavfli toifa. Bu toifaga bug‘larning chaqnash harorati 61 °S dan yuqori bo‘lgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan ortiq bo‘lgan yonuvchi changlar va tolalar, shuningdek, bir-biri bilan, havodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boriladigan ishlab chiqarish korxonalari kiradi.
Ko‘mir kukuni hosil qilish va yog‘ochsozlik ishlab chiqarish korxonalari shular jumlasidandir.
G toifa — yong‘inga xavfli toifa. Bu toifaga yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho‘g‘lantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov berish davomida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqishi mumkin bo‘lgan, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan ishlab chiqarish korxonalari kiradi.
Qozonxonalar, eritish va quyish sexlari, marten sexlari shu toifadagi korxonalardandir.
D toifa — yong‘inga xavfsiz toifa. Bunga yonmaydigan jismlar va materiallarga sovuq ishlov beradigan korxonalar kiradi.
Mashinasozlik ishlab chiqarish korxonalari, qurilish ishlab chiqarish korxonalari shular sirasiga kiradi.
Omborlar va tashqariga o‘rnatilgan ba’zi hajmli idishlarning yong‘inga va portlashga xavflilik toifalarini ularda saqlanayotgan moddalar turiga qarab u yoki bu toifaga kiritish mumkin. Odatda, omborlarning yong‘inga va portlashga xavflilik darajasi uni loyihalash va ishga qabul qilish vaqtida har bir vazirlik tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha aniqlanadi



Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling