Ёниш учун зарур шароитлар


Yong‘in xavfsizligiga doir asosiy talablar va qoidalar


Download 190 Kb.
bet5/12
Sana15.02.2023
Hajmi190 Kb.
#1199787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Хожиакбар ЁПХА

Yong‘in xavfsizligiga doir asosiy talablar va qoidalar

Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inni oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  • tashkiliy (ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi drujinalari yoki yong‘indan muhofazalash drujinalari tuzish, omma orasida tushuntirish ishlari olib borish);

  • texnikaviy tadbirlar ishlab chiqish ( yong‘in yoki portlash jihatidan xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektr jixozlar o‘rnatish, nosoz pechlar, mashinalar, elektr jixozlardan, shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni taqiqlab qo‘yish, yashin kaytargichlar o‘rnatish);

  • chiqqan yong‘inning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ob’ektlarni o‘tga chidamli materiallardan qurish;

  • binolar orasida yong‘inga qarshi masofalar talabiga rioya qilish;

  • yonayotgan binolardan odamlar, hayvonlar va moddiy boyliklarni tezkor ravishda ko‘chirishga imkon beradigan choralarni ko‘rish (kerakli miqdorda eshiklar, zarur kenglikda yo‘laklar qurish va ularni to‘sib ko‘yishni man etish);

Yong‘inni o‘chirishni osonlashtiradigan tadbirlarni joriy qilish (yong‘inni o‘chirish, narvonlar, yong‘in kuzatish minoralari, suv havzalari va binolarga kelish yo‘llari qurish, yong‘inga qarshi avtomatlashtirilgan o‘chirish vositalarini hamda signalizatsiyasini o‘rnatish).
3. Yong‘in xavfsizligi sistemasiga talablar
Yong‘inni oldini olish sistemasi - yong‘in sodir bo‘lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda iloji boricha yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan foydalanish texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘in xavfi bo‘lgan qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqa xonalardan ajratish yoki bunday qurilmalarni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosining tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘gri foydalanish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Har qanday ishlab chiqarishda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bo‘lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to‘lik rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o‘z-o‘zidan alanganlanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi gadbirlarni to‘lik amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling