Enologiyada yangi konsepsiyalar


AQSHda etnografiya fani taraqqiyoti


Download 37.9 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi37.9 Kb.
#1394091
1   2   3   4
Bog'liq
ENOLOGIYADA YANGI KONSEPSIYALAR

AQSHda etnografiya fani taraqqiyoti. Amerikada dasstlabki etnologlar jamiyati 1842 yilda tuzilgan bo‘lsa-da Evropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda AQSHda etnografiya maktablari amalda bu minta=ada mazkur fan birmuncha kechroq shakllangan. Negaki, Amerika aholisining etnik rang-barangligi va uzoq yillar
mobaynida mazkur qit’ada davom etgan irqchilik siyosati natijasida Amerikada jismoniy antropologiyaning irqiy va madaniy farqlarigina tadqiq qilinadi. O‘z o‘rnida shuni ham aytib o‘tish kerakki, mazkur yo‘nalishga mashhur olim Genri Lyus Morgan tomonidan asos solingan bo‘lsa-da uning ibtidoiy jamiyatda urug‘chilik, oila-nikoh munosabatlari tiplari tasnifi, insoniyat tarixini davrlashtirish kabi mavzulardagi sodda tadqiqotlari bir necha o‘n yillar mobaynida Amerika etnologlari uchun muhim tadqiqot mavzulari bo‘lib xizmat qilgan. XX asrning o‘rtalarida Frans Baosning sa’y-harakati bilan Amerika olimlari o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlarini birmuncha chuqurlashtirgan va tadqiqotchilar tomonidan xalqlarning madaniyatidagi farqli xususiyatlarga jiddiy e’tibor =aratila boshlangan. Frans Baos tomonidan bu yo‘nalishga «madaniy antropologiya» (keyinchalik esa mazkur yo‘nalish har qanday etnologik tadqiqotlarga nisbatan qo‘llanila boshlandi, yoki boshqacha qilib aytganda, «etnografiya»ning amerikacha nomlanishi bo‘ldi A.A.) nomi berilgan.
Rossiya etnografiya maktabining shakllanishi. Rossiyada etnografiya yo‘nalishidagi dastlabki tadqiqotlarga 1846 yili Rus geografiya jamiyatining tuzilishi natijasida asos solingan. Ushbu jamiyatning asosiy maqsadlaridan biri Rossiyaning mustamlaka mintaqalari tabiati, tabiiy boyliklari, o‘tmish tarixini tadqiq etish bilan birga mazkur mintaqalarda yashovchi xalqlarning etnik xususiyatlarini, milliy qadriyatlarini o‘rganishni taqozo qilgan. Ayniqsa, CHor Rossiyasi ma’murlarining Sibir, O‘rta Osiyo, Kavkazga bo‘lgan qiziqishlari natijasida mazkur hududlarni o‘rganish uchun tashkil etilgan qator kompleks ekspeditsiyalarga hukumat tomonidan moliyaviy ko‘mak berilishi mustamlaka xalqlar turmush-tarzi, milliy an’analari va etnografiyasiga oid ayrim muhim ma’lumotlarni yig‘ilishiga sabab bo‘lgan.
Rus etnografiyasi maktabining shakllanishida mashhur sayyoh va tadqiqotchi Mikluxa Maklayning xizmati beqiyosdir. U butun insoniyatning ajdodlari bir ekanligi turli irqlar va xalqlar orasida jismoniy hamda psixologik farq mavjud emasligini isbotlashga harakat qilgan olimlardan biri hisoblanadi. Olimning yozishicha, xalqlar orasidagi farq ularning tabiiy va ijtimoiy sharoitlari bilangina bog‘liqdir. Mikluxa Maklay o‘z hayotining ko‘p davrini YAngi Gvineya papauslari va Okeaniya xalqlari orasida o‘tkazib ularning turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganish orqali irqchilik nazariyasiga qarshi ishonarli ma’lumotlar yig‘ishga muyassar bo‘lgan.
Sobiq sovetlar davrida mazkur fan asosan tavsifiy xarakterga ega bo‘lganligi bois etnografiya deb yuritilgan. Qolaversa, bu fan ham boshqa qator ijtimoiy-gumanitar fanlar singari sovetlar mafkurasi uchun xizmat qilgan. Mamlakatda asosan yagona sovet xalqi yaratish to‘g‘risidagi g‘oya ustun bo‘lganligi bois etnograf olimlar ham o‘zlarining tadqiqotlarida ko‘proq sovetlar davri odamlari etnografiyasini o‘rganishga qaratganlar. Umuman olganda, bu davrdagi ko‘plab tadqiqotlar maxsus siyosiy buyurtmalar xarakterida bo‘lib, etnik rivojlanishning barcha jarayonlarini yoritib bera olmas edi. Ayniqsa, bu davrda etnik tarix, etnik ong, etnik o‘zlikni anglash, etnomilliy qadriyatlar, etnomadaniyat, etnoslararo jarayonlar kabi etnografiyaning asosiy muammolarini tadqiq qilish ma’lum ma’noda cheklangan edi. Lekin o‘z o‘rnida shuni ham e’tirof etish kerakki Mikluxa Maklay nomidagi Etnografiya (hozirgi Etnografiya va antropologiya) instituti nafaqat sobiq ittifoq miqyosida balki dunyo miqyosida ham mazkur yo‘nalishda tadqiqotlar olib borgan va olib borayotgan ilmiy markazlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston hududidagi dastlabki etnografik tadqiqotlar. O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek xalqining etnografiyasi haqidagi ilk ma’lumotlar arxeologik yodgorliklar hamda turli qadimiy manbalardan ma’lum. Qadimgi davrlarda va o‘rta asrlarda Amudaryo va Sirdaryo bo‘ylarida yashagan xalqlar etnografiyasini o‘rganishda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi – «Avesto», qadimgi turkiy bitiklar va sug‘diy yozuvlar, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ati-t - turk», Abu Bakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi», SHarofiddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma» hamda «Nasabnomai o‘zbek», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma», Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma», Abulg‘oziy Bahodirxonning «SHajarai turk», Muhammad Solihning «SHayboniynoma» kabi asarlari katta ahamiyatga ega.

Download 37.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling