Enologiyada yangi konsepsiyalar
Chor Rossiyasi mustamlakasi va sovetlar davrida mamlakatimiz xududida olib borilgan etnografik tadqiqotlar
Download 37.9 Kb.
|
ENOLOGIYADA YANGI KONSEPSIYALAR
Chor Rossiyasi mustamlakasi va sovetlar davrida mamlakatimiz xududida olib borilgan etnografik tadqiqotlar. XIX asrning 70-80 -yillariga kelib O‘rta Osiyo xalqlarining antropologiyasi, milliy-etnik tuzilishi, an’anaviy xo‘jalik faoliyati, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganish borasida ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha aniq dastur ishlab chiqilgan.
1870 yilda Samarqand, Buxoro, Urganch bo‘yicha uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya (N.N.Karazin, N.E.Simanov)lar o‘z davrida etnografik ma’lumotlarni to‘plash imkonini bergan. O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, o‘zbek xalqi etnografiyasini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, 1895 yilda Toshkentda Arxeologiya havaskorlari Turkiston to‘garagining tashkil etilishi natijasida o‘zbek xalqining etnografiyasiga oid ilmiy materiallar yig‘ila boshlandi. SHuningdek, Sattorxon Abdug‘afforov, Mirzo Barot, Mulla Qosimov, Muhammad Vafo, G.Arandrenko, L.S.Berg, V.L. Vyatkin, M.F.Gavrilov, A.D.Grebenkin, A.A.Divaev, I.I.Ibrahimov, A.V. Kaulbars, P.E. Kuznetsov, D.N. Logofet, N.A.Maev, A.E.Snesarev, M.S. Andreev, A.A. Semenov, A.F.Petrovskiy, A.P.Shishov, V.N.Nalivkin, N.P.Malitskiy kabilarning tadqiqotlarida o‘zbek xalqining etnik tarixi, ijtimoiy–iqtisodiy hayoti, geopolitik joylashuvi, o‘zaro ichki va tashqi aloqalari, an’anaviy turmush tarzi va madaniyati hamda qator marosimlari va urf-odatlariga oid ko‘plab ilmiy materiallar to‘plangan. XX asrning birinchi choragida Respublikamiz hududida etnografik tadqiqotlarni o‘tkazishda yosh Turkiston Respublikasining fan va maorif tashkilotlari ancha jonkuyarlik ko‘rsatgan. 1921 yilda mahalliy hokimiyat tomonidan o‘z davrining mashhur etnograf olimlardan tashkil topgan «Turkiston tub aholisining maishiy turmushini o‘rganish ilmiy komissiyasi» o‘zbek etnografiya rivojida muhim amaliy tadqiqotlarni olib borgan bo‘lib, bu borada mashhur elshunos tadqiqotchi olim A.A.Divaev rahbarligida Sirdaryo viloyatini va O‘rta Osiyo xalqlari etnografiyasining bilimdonlaridan biri M.S.Andreev boshchiligida Samarqand viloyati hududida yashovchi el-uluslar etnografiyasi va boy folklor na’munalarini o‘rganish borasida etnofolkloristik ekspeditsiyalar uyushtirilgan. 1928-30 yillarda yirik o‘zbek folklorshunoslari G‘ozi Olim YUnusov va Hodi Zaripovlar hamda mashhur rus etnografi L.P. Potapovlar tomonidan O‘zbekiston madaniyati, etnografiyasi va folklorini o‘rganish borasida uyushtirilgan maxsus ekspeditsiyalar jarayonida ham o‘zbeklar etnografiyasi bo‘yicha ham juda boy materiallar yig‘ilgan. Shubhasiz mazkur muammolarning aksariyati oxirgi o‘n yilliklardagina etnolog tadqiqotchilarning tadqiqot muammosiga aylandi deb aytish mumkin. Bu borada ayniqsa Farb mamlakatlarida so‘nggi o‘n yilliklarda etnografiya fani «postmodernizm» falsafasiga asoslangan bo‘lib, bunda bevosita ijtimoiy guruhlar orasidagi etnoslararo jaraYonlarni tadqiq qilish asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, lokal va global jaraYonlarni tadqiq qilishda tadqiqotchilar tomonidan tadqiqiy tanlanish, ya’ni jamiyat haYotidagi barcha jaraYonlarni emas, balki etnos va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda eng muhim deb hisoblangan qarashlargina tadqiq qilinmoqda. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, bajarilaYotgan so‘nggi tadqiqotlarda asosiy e’tibor insoniyatning rivojlanish bosqichlari, ya’ni uning erda paydo bo‘lgandan to hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy Yo‘linining global miqYosdagi tavsifiga emas, balki muammoviy tanlanish asosidagi tadqiqotlarga qaratilmoqda. Zero, bugungi kun rivojlangan mamlakatlarda etnografiya Yo‘nalishida bajarilaYotgan ilmiy tadqiqotlarning aksariyati jamiyat haYotida aynan muhim va dolzarb deb e’tirof etilgan ijtimoiy muammolar doirasida amalga oshirilmoqda. Dunyo miqyosida olib borilayotgan etnologik tadqiqotlar orasida Rossiya etnografiya maktabi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Rossiyada XX asrning 90-yillaridan boshlab etnos nazariyasi rad etilib, etniklik va madaniy antropologiya Yo‘nalishidagi tadqiqotlar bajarilmoqda. Rossiyaning markaziy shaharlarida, xususan, Sankt-Peterburg universitetida madaniy antropologiya va etnik sotsiologiya kafedrasi tashkil etilib, Evropa va AQsh olimlarining asarlari tarjima qilina boshlandi. Antropologiya va etnografiyaga oid qator o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy asarlar chop etiladi va hatto ushbu fan sohasida Rossiyadagi eng yirik ilmiy markazlardan biri Mikluxa Maklay nomidagi Etnografiya instituti ham Etnografiya va antropologiya instituti deb o‘zgartirildi hamda olib boriladigan tadqiqot mavzulari ham mazkur Yo‘nalishlarga moslashtirildi. Yurtimizda esa mustaqillikdan keyin Respublikamizning turli tarixiy - etnografik mintaqalari, jumladan, Farg‘ona vodiysi, Janubiy O‘zbekiston, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy-etnografik mintaqalari etnografiyasi va bu mintaqalarda yashovchi aholining o‘ziga xos etnomadaniyatidagi lokal xususiyatlar, moddiy va ma’naviy madaniyatdagi transfarmatsion jaraYonlar, etnoslararo jaraYonlar, mamlakatimiz Bugungi kunda zamonaviy etnografiyada o‘ziga xos etnologik tadqiqot metodlari majmui shakllangan bo‘lib, ularga dala tadqiqotlari, Yozma manbalarni o‘rganish, xalq og‘zaki ijod namunalarini to‘plash statistik materiallar (avvalo turli davrlarda bajarilgan aholini ro‘yxatga olish materiallari)ni tahlil qilish kiradi. Download 37.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling