"Entomologiya" fanidan o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tizimida fanlardan


Download 38.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi38.85 Kb.
#1757452
1   2   3   4
Bog'liq
Entomologiya fanidan o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tizimid

 


 
1-MAVZU: 
Kirish. Hasharotlar ahamiyati.
 
 
Entomologiya fani hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishini, ko‘payishini, kelib chiqishini, 
yer sharida tarqalishini, sistematikasini, biologiyasini, inson va tabiat uchun foydasi va zararini 
o‘rganadigan fan hisoblanadi. 
Ayni paytda hasharotlarning 2 mln. ga yaqin turlari ma’lum bo‘lib, entomologiya 
biologiyaning eng tez su’ratlar bilan rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. 
Entomologiya fani 2 ta bo‘limga bo‘linadi: 
1. Umumiy entomologiya. Bu bo‘lim (fan) hasharotlar uchun umumiy bo‘lgan 
qonuniyatlarni o‘rganadi va bir qancha tarmoqlarga bo‘linadi:
a) hasharotlar morfologiyasi- hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishini o‘rganadi;
b) hasharotlar fiziologiyasi- hasharotlar organizmida sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarni 
o‘rganadi; 
v) hasharotlar biologiyaci- hasharotlarni individual taraqqiyotini o‘rganadi; 
g) hasharotlar ekologiyasi- hasharotlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan aloqasini o‘rganadi; 
d) hasharotlar geografiyasi- hasharotlarning yer sharida tarqalishini o‘rganadi; 
ye) Hasharotlar sistematikasi- hasharotlarning sistematik taksonlarga joylashtirilgan holda 
o‘rganadi. 
2. Xususiy entomologiya. Bu bo‘lim hasharotlarni ma’lum yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganadi. 
Jumladan; 
a) Qishloq xo‘jaligi entomologiyasi- qishloq xo‘jaligi ekinlarida uchraydigan parazit va 
zarakunanda hasharotlarni o‘rganadi; 
b) O‘rmon xo‘jaligi entomologiyasi - o‘rmon o‘simliklarida parazitlik yoki zararkunandalik 
qiladigan hasharotlarni o‘rganadigan soha; 
v) Meditsina entomologiyasi- odamlar organizimida parazitlik qiladigan va zarar 
yetkazuvchi hasharotlarni o‘rganadi; 
g) Veterenariya entomologiyasi- qishloq xo‘jaligi hayvonlarida parazitlik qiluvchi va zarar 
yetkazuvchi hasharotlarni o‘rganadi. 
Hasharotlarning tabiat va inson uchun ahamiyati juda katta. 
1. Hasharotlar mahsulotlaridan oziq-ovqat, kiyim-kechak sifatida foydalaniladi. Masalan, 
asalari, tut ipak qurti mahsulotlari. 
2. Hasharotlar o‘simliklarni chetdan changlantiradi.
3. Hasharotlar tabiatning sanitarlari hisoblanadi. Jumladan, biror hayvon o‘lsa hasharotlar 
tezda kelib u bilan oziqlanadi va o‘limtikni yo‘q qiladi.
4. Hasharotlar dekorativ, ya’ni chiroyli hayvonlar ham hisoblanadi. 
Hasharotlarning tabiat va inson uchun zararli tomonlari ham bor: 
1. Ko‘plab hasharotlar parazit bo‘lib, odam, hayvon va o‘simlik organizmiga juda katta zarar 
yetkazadi; 
2. Ko‘plab hasharotlar zararkunanda hisoblanadi. Jumladan, chigirtkalar o‘simlikning 
hamma organlari bilan oziqlanib ularni nobud qiladi
3. Ba’zi hasharotlar xar hil kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni odam, hayvon, 
o‘simlik organizmiga o‘tishida vositachi hisoblanadi. Masalan, bezgak chivini bezgakni odam 
organizmiga o‘tkazadi. Uy chivini askarida tuxumini idish-tovoqqa, undan odam organizmiga 
o‘tishida vositachi hisoblanadi. 

Download 38.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling